$
12029.20 UZS
-43.76
160.26 UZS
-0.91
14065.74 UZS
-111.54
31° Kechasi 18°

Sayyoramizning eng kichik davlatlari

10:13 / 07.11.2019

Yer yuzidagi davlatlar hududi, aholisi va iqtisodi jihatidan bir-biridan farq qiladi. Katta davlatlar, albatta har tomonlama o‘z o‘rniga ega, biroq maydoni va aholi sonining kichikligiga qaramasdan sayyohlarni o‘ziga jalb qilib kelayotgan va mustaqil deb tan olingan davlatlar mavjud. Lateran kelishuvlariga muvofiq, 1929-yilda Vatikan mustaqil davlat sifatida tan olingan. U haqida va dunyodagi eng kichik 9 ta mamlakat haqida quyidagi ma’lumotlar orqali bilib olishingiz mumkin.

1. Maldiv

Juda ko‘p orollarni o‘z ichiga olgan Maldiv Respublikasi Hind okeanida joylashgan bo‘lib, maydoni jihatidan Osiyodagi eng kichik mamlakat hisoblanadi. Uning maydoni 298 kvadrat kilometrni tashkil qiladi va 396 ming aholiga ega. Mamlakat poytaxti – Male shahri. Aholisi asosan baliqchilik bilan shug‘ullanadi. Avval quritilgan orkinos, kauri mollyuskasi va Hindiston yong‘og‘ining eksporti tufayli rivojlangan davlat hozirda turizm sohasidan katta daromad olmoqda.

2. Seyshel orollari

Seyshel orollari 455 kvadrat kilometr maydonni egallaydi va u yerda 84 ming aholi istiqomat qiladi. Arxipelag Madagaskarning shimolida joylashgan va Hind okeanining 115 orolidan iborat. Hindiston yong‘og‘i va dolchin eksporti tufayli orollar rivojlangan. Ammo 1976-yilda mamlakat mustaqillikka erishgandan so‘ng turizm asosiy daromad manbaiga aylangan.

3. Lixtenshteyn

Ushbu davlatning dengizga chiqish imkoniyati yo‘q. Mamlakatning maydoni 160,4 kvadrat kilometrni tashkil qiladi. Lixtenshteyn Shveytsariya va Avstriya bilan chegaradosh bo‘lib, eng boy davlatlardan biri hisoblanadi. U yerda aholi turmush darajasi ancha yuqori.

4. Nauru

Nauru Tinch okeanining janubiy qismida, Mikroneziyada joylashgan. Shtatning maydoni 21,3 kvadrat kilometrni tashkil qiladi. Nauru Respublikasi dunyodagi eng kichik orol davlatidir. Bugungi kunda mamlakat aholisi qariyb 10 ming kishini tashkil etadi. Nauru shtatida qurolli kuchlar mavjud emas va mamlakatning rasmiy poytaxti ham yo‘q.

5. Vatikan

Vatikan Rim mintaqasida joylashgan va 44 gektar maydonni egallagan yopiq shahar-davlatdir. U 1929-yilda tashkil topgan va Rim papasi tomonidan boshqariladi. Hududi juda kichik bo‘lishiga qaramay, mamlakatning yarmini Vatikan bog‘lari egallaydi. Davlatning rasmiy fuqarolari taxminan 800 kishini tashkil qiladi. Har kuni bir necha ming italiyaliklar bu yerga ishlash uchun kelishadi.

6. Monako

Monako – eng kichik mamlakatlar qatorida ikkinchi o‘rinda turadi. Davlat aholisi 39 ming kishidan iborat. So‘nggi 20 yil ichida hududi ancha kengayib, hozirda u 20 kvadrat kilometrni tashkil qiladi. Turizm asosiy daromad manbai hisoblanadi.

7. Sent-Kits va Nevis federatsiyasi

Sent-Kits va Nevis davlati Karib dengizi sharqida joylashgan. 50 mingga yaqin aholi istiqomat qiladigan bu davlatning poytaxti Baster shahridir. Federatsiya ko‘rinishidagi Sent-Kits va Nevis mamlakati ikkita oroldan tashkil topgan. Iqlimi tropik bo‘lib flora va faunasi juda ham boy. Turizm rivojlangan, ammo qishloq xo‘jaligi va moliya tizimini taraqqiy etgan deb bo‘lmaydi.

8. Marshall orollari

Tinch okeanining markazidagi bu shtat asosan marjon orollaridan iborat. Mamlakatning maydoni 181 kvadrat kilometrni tashkil qiladi. Aholisi – 62 ming kishi. 1986-yilda orollar Amerika Qo‘shma Shtatlaridan mustaqil ajralib chiqqan. Mamlakat tabiiy resurslarga ega emas va mahsulotlar importi eksport hajmidan ancha yuqori.

9. San-Marino

San-Marino 61 kvadrat kilometr maydonni egallaydi. U dunyodagi eng keksa mustaqil davlat bo‘lib, 301-yil 3-sentabrda tashkil etilgan. Bundan tashqari, San-Marino daromadlari xarajatlardan oshadigan dunyodagi eng boy davlatlardan biri hisoblanadi.

10. Tuvalu

Aholisi 11 ming kishidan biroz oshadigan Tuvalu davlatining poytaxti Funafuti shahridir. Bu davlat Tinch okeanidagi atolla va orollardan tashkil topgan. Iqlimi tropik. Mavsumga qarab yog‘ingarchilik va qurg‘oqchilik bo‘lib turadi. Ayrim hollarda orol orqali vayrona keltiruvchi siklonlar o‘tadi. Okeaniyadagi boshqa davlatlar singari Tuvaluning iqtisodiyoti davlat sektoriga tayanadi, ayrim hollarda qishloq xo‘jaligi va baliqchilikka qaratilgan.


Bu ham qiziq

Xorazmda inklyuziv ta’lim va iqtidorli yoshlar qo‘llab-quvvatlanmoqda

Xorazmda inklyuziv ta’lim va iqtidorli yoshlar qo‘llab-quvvatlanmoqda

Ziroat Mirziyoyeva Xorazm viloyatiga tashrifi davomida 96-son zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-inter…
09:36 / 29.04.2026
Saida Mirziyoyeva Xorazmda ijtimoiy obyektlar holatini o‘rgandi

Saida Mirziyoyeva Xorazmda ijtimoiy obyektlar holatini o‘rgandi

Xorazm viloyatida Prezident qarorlari asosida amalga oshirilayotgan ijtimoiy rivojlanish ishlari o‘rganilmoqda.
10:10 / 28.04.2026
Rossiyada migrantlar uchun davlat bojlari oshiriladi

Rossiyada migrantlar uchun davlat bojlari oshiriladi

Rossiyada migrantlar uchun migratsiya va fuqarolikka oid davlat bojlari oshirilishi rejalashtirilgan. Mazkur taklif Moliya v…
16:00 / 28.04.2026
Gulnora Karimova ishi. Shveysariya sudi jarayonni to‘xtatdi

Gulnora Karimova ishi. Shveysariya sudi jarayonni to‘xtatdi

Shveysariya Federal jinoiy sudi Gulnora Karimovaga nisbatan pul yuvish ayblovi bo‘yicha sud jarayonini to‘xtatdi.
16:21 / 28.04.2026
Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

Markaziy bank boshqaruvi 2026-yil 29-aprel kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz s…
11:29 / 29.04.2026
Maktablar bir smenali tizimga o‘tkaziladi

Maktablar bir smenali tizimga o‘tkaziladi

O‘zbekistonda barcha umumta’lim maktablarini bosqichma-bosqich bir smenali tizimga o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Ma…
16:58 / 28.04.2026
O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 6,8 mln so‘mni tashkil etdi

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 6,8 mln so‘mni tashkil etdi

2026-yil yanvar–mart oylarida mamlakat bo‘yicha o‘rtacha oylik nominal ish haqi 6 825,9 ming so‘m bo‘lib, bu o‘tgan yilning …
11:32 / 28.04.2026
Samarqandda Media haftalikka start berildi

Samarqandda Media haftalikka start berildi

Samarqandda Media haftalik rasman boshlandi. Loyihaning beshinchi hududi sifatida tanlangan shaharda tadbir yuqori saviyada …
09:15 / 28.04.2026
Zelenskiyning ta’kidlashicha, Isroil Rossiyaning yangi hududlaridan don import qilgan

Zelenskiyning ta’kidlashicha, Isroil Rossiyaning yangi hududlaridan don import qilgan

Shu sababli Ukraina prezidenti ularga sanksiyalar bilan tahdid qildi.
17:32 / 28.04.2026
Ohangaronda PPX xodimi 14 yoshli qizlarga tegajog‘likda gumon qilinmoqda

Ohangaronda PPX xodimi 14 yoshli qizlarga tegajog‘likda gumon qilinmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Ohangaron shahrida patrul-post xizmati (PPX) xodimi ikki nafar voyaga yetmagan qizga nisbatan noqonuniy…
10:49 / 29.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!