Xorazm viloyatida Prezident qarorlari asosida amalga oshirilayotgan ijtimoiy rivojlanish ishlari o‘rganilmoqda.
Qayd etilishicha, hududda yuzdan ortiq muammoli masala qisqa muddatda hal etilgan. Shunga qaramay, obyektlar soni va ko‘lamidan qat’i nazar, barcha muammolarni chuqur va tizimli o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.
Xonqa tumanida kapital ta’mirga muhtoj 2-maktab hamda qarovsiz qolib, avariya holatiga kelgan 49-maktabgacha ta’lim muassasasi ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, Davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali faoliyati bilan ham tanishildi. Hozirda o‘quv auditoriyalari va maktab-internat bir binoda joylashgan bo‘lib, kelgusida qo‘shimcha bino qurish orqali har bir muassasa uchun alohida va to‘liq sharoit yaratish rejalashtirilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!