Samarqandda Media haftalik rasman boshlandi. Loyihaning beshinchi hududi sifatida tanlangan shaharda tadbir yuqori saviyada start oldi.
Tadbir Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida o‘tkazilmoqda. Mazkur maskan bugun ommaviy axborot vositalari va media sohasi vakillari uchun ochiq muloqot hamda muhokamalar maydoniga aylandi.
Hududlararo muloqotni kuchaytirishga qaratilgan ushbu loyiha doirasida ishtirokchilar dolzarb masalalarni muhokama qilib, o‘z fikr va takliflarini ilgari surmoqda. Asosiy e’tibor muammolarni ochiq ko‘tarish va ularning yechimlarini birgalikda izlashga qaratilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!