$
12130.01 UZS
32.08
153.04 UZS
1.27
14245.48 UZS
50.98
31° Kechasi 18°

Kun tarixi: 28-may – BMTda kuzatuvchi maqomiga ega bo‘lgan Falastin Ozodlik Tashkilotiga asos solingan kun

11:33 / 28.05.2020

Falastin Ozodlik Tashkiloti – Isroil urushi davrida yashagan arablarning manfaatlarini ifoda etishni da’vo qiladigan siyosiy tashkilot. U 1964-yil 28-mayda “Falastinni ozod qilish” va “Falastinning arab aholisiga qonuniy huquqlar berish” maqsadida tashkil etilgan. FOT (Falastin Ozodlik Tashkiloti) ijroiya qo‘mitasining ilk raisi etib Ahmad Shukeyri saylangan. Keyingi raislari Yosir Arofat (1965-2004) va Mahmud Abbos (2004-yildan) bo‘lgan. FOTning asosiy maqsadi “demokratik va dunyoviy Falastin” davlatini tuzishdir.

Falastin Ozodlik Tashkiloti terrorchimidi?

FOT tarkibiga kiruvchi Falastin arablarining harbiy-siyosiy tashkilotlari ko‘plab isroilliklar va boshqa davlatlar fuqarolarining o‘ldirilishi uchun javobgar hisoblangan va bir necha davlatlar tomonidan terrorchi deb tan olingan. 

1993-yilda Oslo kelishuvlari qarorlari tayyorlangandan so‘ng, FOT BMT Xavfsizlik Kengashining 242- va 338-sonli rezolyutsiyalarini rasman tan oldi va Isroilni yo‘q qilish istagi hamda terrorizm usullarini rad etganligini rasman e’lon qildi. Isroil ham FOTni muzokaralar bo‘yicha sherik sifatida tan oldi.

Hozirgi vaqtda FOT qonuniy ravishda ishlaydi va BMTda kuzatuvchi maqomiga ega. Dunyoning biron mamlakatida, shu jumladan Isroilda, FOT rasmiy ravishda terrorchi deb e’lon qilinmagan. FOTda 1965-yildan to vafotiga qadar rahbar lavozimida faoliyat ko‘rsatgan Yosir Arofatning o‘rni alohida e’tirofga loyiq.

Yosir Arofat

• Yosir Arofat 1929-yil 24-avgustda Misr poytaxti Qohira shahrida dunyoga kelgan. Otasi tadbirkor-sarmoyador kishi edi, onasi esa farzandi to‘rt yoshga yetganida vafot etgandi.

• Arofat yoshligidan Quddusda yashaydigan amakisining uyida ulg‘aygan. Arablar va yahudiylar o‘rtasida kechayotgan shafqatsiz kurashlar, qirg‘inlarga u ilk bor shu yerda guvoh bo‘lgan.

• Arofat Qohira universitetida o‘qish uchun hujjatlarini topshiradi. Eng qizig‘i, Arofat universitetda siyosat yoki iqtisod kabi nufuzli fakultetlarda emas, muhandislik yo‘nalishida o‘qiydi. Keyinchalik esa, o‘z tarafdorlari bilan Falastinni ozod qilish bayrog‘i ostida Fanlar Akademiyasi harakatiga asos soladi.

• 1988-yili Falastin tarixida katta siyosiy voqea ro‘y berdi va bu hodisa sababchisi ham aynan Arofat edi. Ozodlik tashkiloti vа harakаti rahbari Iordan dаryosining g‘arbiy hududi hamda G‘azo sektorida Falastin davlati tashkil topgаnini e’lon qildi. Yil oxiriga borib, yangi davlat dunyoning 70 mamlakati hukumatlari tomonidan tаn olindi. 1993-yili Norvegiya poytaxti Oslo shahrida esa Isroil bosh vaziri Isxoq Rаbin va Yosir Arofat ishtirokidа tarixiy tinchlik shartnomasi imzolanadi.

Guljahon Sanjarbekova tayyorladi


Bu ham qiziq

"Inson taqdiri statistikadan ming karra muhimroq" - Saida Mirziyoyeva

"Inson taqdiri statistikadan ming karra muhimroq" - Saida Mirziyoyeva

Biz oilaviy zo‘ravonlikka qarshi qonun qabul qilgan Markaziy Osiyodagi birinchi davlatmiz. Bolalarga nisbatan sodir etilgan …
22:01 / 15.12.2025
Kim Chen In Rossiyadan qaytgan koreyalik askarlarni tantanali kutib oldi

Kim Chen In Rossiyadan qaytgan koreyalik askarlarni tantanali kutib oldi

“Juma kuni “xorijdagi operatsiya zonasi”da “harbiy topshiriq”ni bajargan muhandis-sapyorlar bo‘linmasi KXDRga qaytdi”, – dey…
17:12 / 13.12.2025
Yoshlar Para Osiyo o‘yinlari–2025. O‘zbekiston umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi

Yoshlar Para Osiyo o‘yinlari–2025. O‘zbekiston umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi

BAAning Dubay shahri mezbonlik qilgan 2025-yilgi yoshlar Para Osiyo o‘yinlari yakunlandi. Musobaqa O‘zbekiston terma jamoasi…
11:09 / 14.12.2025
Hasanboy Do‘stmatov Jahon chempionatining eng yaxshi bokschisi deb topildi

Hasanboy Do‘stmatov Jahon chempionatining eng yaxshi bokschisi deb topildi

Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) tomonidan tashkil etilgan nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi safida 13 nafar bo…
17:03 / 14.12.2025
O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari hajmi 11 oyda 17,3 mlrd dollarga yetdi

O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari hajmi 11 oyda 17,3 mlrd dollarga yetdi

Markaziy bankning Ichki valyuta bozori sharhida ma’lum qilinishicha, ushbu ko‘rsatgich o‘tgan yilning yanvar—noyabr oylariga…
12:32 / 14.12.2025
Isroil tomonidan XAMASning yuqori martabali rahbari yo‘q qilindi

Isroil tomonidan XAMASning yuqori martabali rahbari yo‘q qilindi

Isroil Mudofaa kuchlari bayonotiga ko‘ra, 13-dekabr kuni Isroil kuchlari XAMASning qurol-yarog‘ ishlab chiqarish shtabi rahb…
10:36 / 14.12.2025
O‘zbekistonda 318,3 mingta MChJ faoliyat yuritmoqda

O‘zbekistonda 318,3 mingta MChJ faoliyat yuritmoqda

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-dekabr holatiga O‘zbekistonda 405,5 mingta tijorat tashkilo…
16:40 / 14.12.2025
AQShdagi otishmada o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi

AQShdagi otishmada o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi

Bu haqda dastlab GoFundMe bergan xabarni O‘zbekiston TIV matbuot kotibi ham tasdiqladi.
09:08 / 15.12.2025
Zelenskiy Trampning tinchlik rejasini Ukrainaga moslab qayta ko‘rib chiqmoqda

Zelenskiy Trampning tinchlik rejasini Ukrainaga moslab qayta ko‘rib chiqmoqda

WSJ gazetasining yozishicha, Zelenskiy o‘z xalqi ishonchini yo‘qotmagan holda Oq uyning taklifiga konstruktiv yondashmoqchi …
08:34 / 15.12.2025
Zelenskiy Berlinda AQSh va Yevropa vakillari bilan uchrashadi

Zelenskiy Berlinda AQSh va Yevropa vakillari bilan uchrashadi

Associated Press agentligining xabar berishicha, AQSh prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff hamda kuyovi Ja…
16:29 / 14.12.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!