$
12149.84 UZS
7.74
151.10 UZS
0.57
14003.91 UZS
-76.07
31° Kechasi 18°

Toshkentda “Umid” jamg‘armasining birinchi xalqaro konferensiyasi o‘tkazildi

20:40 / 03.01.2020

Bugun Toshkent shahrida “Umid” jamg‘armasi bitiruvchilarining “Yangilanayotgan O‘zbekistonga yangi avlod kadrlari” mavzusidagi birinchi xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati Xabardor.uz’ga ma’lum qildi. 

Tadbirda 300 nafar sobiq “Umid” jamg‘armasi stipendiyalari sovrindorlari, shu jumladan, 90 dan ortiq xorijda istiqomat qilayotgan, zamonaviy bilim va qimmatli tajribaga ega bo‘lgan vatandoshlarimizning ishtirok etishmoqda. 

Konferensiyaning birinchi qismida “Umid” jamg‘armasi orqali xorijda tahsil olib, hozirda rahbar lavozimlarida faoliyat yuritib kelayotgan vatandoshlarimiz chiqish qildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Sherzod Kudbiyev, Adliya vaziri Ruslan Davletov, Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov, Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov, Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov, Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev xorijdagi o‘qishlari va faoliyatlari, O‘zbekistonda erishgan yutuqlari, hozirda amalga oshirayotgan ishlari to‘g‘risida so‘zladi.

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga asosan 1997-yil 7-yanvarda iste’dodli yigit-qizlarning chet elda ta’lim olishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Umid” jamg‘armasi tuzilgan edi.

Xabardor.uz


Bu ham qiziq

4-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

4-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
16:12 / 03.04.2026
Tojikistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

Tojikistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
15:36 / 03.04.2026
Eron AQShning sulh taklifini rad etdi

Eron AQShning sulh taklifini rad etdi

Eron AQShning 48 soatlik sulh taklifini rad etdi. Bu haqda, Fas axborot agentligi xabar berdi.
14:45 / 04.04.2026
Kogon tumanida yiliga 80 mingta elektr va gibrid avtomobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Kogon tumanida yiliga 80 mingta elektr va gibrid avtomobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi, hududning iqtisodiy salohiyat…
16:47 / 02.04.2026
Samarqanddagi maktabda direktor o‘rinbosari va o‘quvchi o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi

Samarqanddagi maktabda direktor o‘rinbosari va o‘quvchi o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi

Mazkur holat bugun, 2-aprel kuni darsdan so‘ng maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari hamda 9-sin…
16:09 / 02.04.2026
Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlanadi

Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlanadi

“Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari…
14:32 / 04.04.2026
NASA Yerning yangi suratlarini e’lon qildi

NASA Yerning yangi suratlarini e’lon qildi

Oyga so‘nggi boshqariladigan missiya 1972-yil dekabr oyida Amerikaning "Apollon-17" ekspeditsiyasi doirasida amalga oshirilg…
14:18 / 04.04.2026
Shavkat Mirziyoyev “BMT Turizm” rahbari bilan sayyohlik sohasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev “BMT Turizm” rahbari bilan sayyohlik sohasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev bugun, 1-aprel kuni mamlakatimizda tashrif bilan bo‘lib turgan “BMT Turizm” bosh kotibi Shayxa Nosir Al N…
17:51 / 01.04.2026
Rossiya Kubaga yana neft yubormoqchi

Rossiya Kubaga yana neft yubormoqchi

Avvalroq Rossiyaning “Anatoliy Kolodkin” tankeri 100 ming tonna xom neft bilan Kubaga yetib borgan edi.
16:57 / 02.04.2026
Sindarov Nomzodlar turnirida peshqadamlik qilmoqda

Sindarov Nomzodlar turnirida peshqadamlik qilmoqda

Kiprning Pafos shahrida o‘tkazilayotgan mukofot jamg‘armasi 1 million yevroni tashkil etuvchi Nomzodlar turnirida 1 ochkolik…
17:50 / 02.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!