$
11997.21 UZS
26.53
161.52 UZS
-1.66
13949.16 UZS
46.41
31° Kechasi 18°

Quyosh batareyasidan foydalanuvchilar uchun ruxsatnoma talab qilinadimi? 

15:25 / 27.05.2020

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi uyida quyosh energiyasidan foydalanuvchi jismoniy shaxslar uchun hech qanday ruxsatnoma talab etilmasligini ma’lum qildi.

Vazirlikning rasmiy veb sahifasidagi mazkur xabar “shaxsiy maqsadlarda quyosh energiyasidan foydalanish uchun (masalan, uyni yoritish uchun quyosh panellaridan foydalanish) siz ruxsat olishingiz va soliq to‘lashingiz kerak, degan mish-mishlar” ortidan paydo bo‘ldi.
 
Vazirlikka ko‘ra, 2019-yil 21-mayda qabul qilingan "Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida"gi qonunida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan elektr energiyasi ishlab chiqarish, shu jumladan shaxsiy manfaatlarda foydalanish tartiblari belgilab qo‘yilgan.

“Qayta tiklanuvchi energiya manbalar (QTEM)dan foydalanib (quyosh, shamol va boshqalar orqali) elektr energiyasi ishlab chiqarish mumkin. Nafaqat o‘zingiz uchun, balki uni sotishingiz ham mumkin. Bunday hollarda, bu tadbirkorlikning eng yangi turi ham hisoblanadi”, deyiladi Vazirlik xabarida.
 
Ta’kidlanishicha, bunday tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, qonun ularga qayta tiklanuvchi energiya manbalardan lokal elektr tarmoqlarini yaratish, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan elektr energiyasini o‘zaro kelishilgan narxlarda sotish bo‘yicha shartnomalar tuzish huquqini beradi.
 
“Tabiiyki, bu yerda qayta tiklanuvchi energiyadan o‘z ehtiyojlari uchun emas, balki tadbirkorlik, ya’ni elektr energiyasini sotish maqsadida foydalanish haqida gap ketganda, amaldagi biznes qonunlari qo‘llaniladi.
 
Va birinchi turdagi ishlab chiqaruvchilar uchun – ya’ni quyosh energiyasini o‘z ehtiyojlari uchun ishlab chiqaradiganlar uchun nafaqat shartnomalar talab etilmasligi, balki ularga rag‘batlantiruvchi imtiyozlar ham mavjud.
 
Agar aholi faqat qayta tiklanuvchi energiyadan foydalangan holda, ya’ni mavjud energiya tarmoqlaridan to‘liq uzilgan taqdirda, ularga jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘idan va yer solig‘idan uch yil muddatga (QTEMdan foydalanish oyidan boshlab) ozod qilinadi”, deyiladi Vazirlik izohida.


Bu ham qiziq

Endi avtobusga chiqishda yo‘l haqini to‘lashingiz shart bo‘ladi

Endi avtobusga chiqishda yo‘l haqini to‘lashingiz shart bo‘ladi

2026-yil 1-sentyabrdan boshlab shahar avtobuslarida yo‘lkira avtobusga chiqish vaqtida to‘lanishi majburiy bo‘ladi.
17:21 / 04.06.2026
6 mingdan ortiq kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari musodara qilindi

6 mingdan ortiq kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari musodara qilindi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Ichki ishlar va Bojxona organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor-qidiruv…
07:14 / 06.06.2026
“O‘zgidromet” sel xavfidan ogohlantirdi

“O‘zgidromet” sel xavfidan ogohlantirdi

“O‘zgidromet” 6–8-iyun kunlari yomg‘ir yog‘ishi kutilayotgani sababli respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv …
17:59 / 05.06.2026
“Navbatdagi sinovga tayyormiz!” – Kannavaro

“Navbatdagi sinovga tayyormiz!” – Kannavaro

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro JCh-2026 oldidan ichidan o‘tayotgan kechinmalari haqida fikr…
18:09 / 05.06.2026
O‘zbekistonning “yashil” islohotlari xalqaro e’tirof etilmoqda

O‘zbekistonning “yashil” islohotlari xalqaro e’tirof etilmoqda

Samarqanddagi Assambleya doirasida BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, UNEP ijrochi direktori Inger Andersen hamda Global ekologik …
14:01 / 05.06.2026
4-iyun kuni O‘zbekistonning ba’zi hududlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

4-iyun kuni O‘zbekistonning ba’zi hududlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi…
12:36 / 03.06.2026
Chirchiqda zamonaviy polimer mahsulotlari ishlab chiqarish kengaymoqda

Chirchiqda zamonaviy polimer mahsulotlari ishlab chiqarish kengaymoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparkidagi “NovoPlast TPE” korxonasi faoliyati bilan tanishdi.
12:50 / 02.06.2026
6-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

6-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
18:25 / 05.06.2026
3-iyun kungi ob-havo ma’lumoti

3-iyun kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi…
17:23 / 02.06.2026
O‘zbekistonda 4 oyda 417,5 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan

O‘zbekistonda 4 oyda 417,5 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan

O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar–aprel oylarida 417,5 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.
12:52 / 03.06.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!