Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Ichki ishlar va Bojxona organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida 6 mingdan ortiq “Regapen” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari noqonuniy muomaladan chiqarildi.
Xususan, Farg‘ona shahrida yashovchi 1974-yilda tug‘ilgan fuqaroning xonadonida sotish maqsadida saqlanayotgan 3580 dona “Regapen” dori vositasi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi.
Shuningdek, “Qo‘qon – Toshkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan “Lasetti” avtomashinasi tekshirilganda, salon qismiga yashirilgan 2520 dona “Regapen” dori vositasi borligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda har ikki holat bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Giyohvandlik vositalari yoki kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy savdosiga oid ma’lumotlarga duch kelsangiz, DXXning 1520 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!