Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan Sirdaryo, Toshkent viloyati, Andijon, Surxondaryo, Jizzax va Toshkent shahrida o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq qator holatlar aniqlandi.
Qayd etilishicha, ayrim fermer xo‘jaliklari, korxonalar va fuqarolar elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanib yoki hisoblagichlarga tashqi ta’sir ko‘rsatib, milliardlab so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Aniqlangan holatlar bo‘yicha yetkazilgan zarar miqdori 100 million so‘mdan 1,7 milliard so‘mgacha yetadi.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!