$
12412.98 UZS
58.33
154.28 UZS
0.35
14386.64 UZS
2.12
37° Kechasi 22°

Kun tarixi: Umar Xayyom vafotiga 897 yil bo‘ldi. Nega u o‘zini shoir deb hisoblamagan?

11:01 / 04.12.2019

Umar Xayyom ruboiylari kirib bormagan o‘zbek xonadoni bo‘lmasa kerak. Ammo u o‘zini sira ham shoir deb hisoblamagan. Ilmiy izlanishlardan charchagan paytida ruboiylarini turli daftarlarning hoshiyasiga bitgan. Qismat o‘yinini qarangki, olim o‘z umrining asosiy qismini sarflagan fanning turli sohalaridagi buyuk kashfiyotlari bir chekkada qolib, u ikkinchi darajali hisoblagan ruboiylari Xayyom nomini dunyoga taratdi.
Ulug‘ faylasuf, shoir, munajjim, matematik va tabib bo‘lgan G‘iyosiddin Abulfath Umar ibn Ibrohim Xayyom Nishopuriy Eronning Nishopur shahrida tug‘ilgan. 
Umar Xayyom Nishopur, Balx, Samarqand, Buxoro shaharlarida o‘qiydi. Rivoyatlarga qaraganda Saljuqiylar vaziri Nizomulmulk unga Nishopur hokimligini taklif qiladi. Lekin Umar Xayyom rozi bo‘lmaydi. 1074-yildan boshlab Isfaxon rasadxonasi ishlariga rahbarlik qilib, matematika, astronomiya sohasida tadqiqotlar olib boradi. Uning matematika, falakiyotshunoslik, falsafaga oid bir qancha asarlari va kashfiyotlari ma’lum.

1079-yilda Xayyom yangi isloh qilingan yil taqvimi (kalendar) ishlab chiqaradi. Bu kalendar Yevropada undan 500 yil keyin qabul qilingan va hozirgi vaqtgacha qo‘llanilayotgan Grigorian kalendaridan ham aniqroq bo‘lgan. 

Umar Xayyomni dunyoga mashhur qilgan uning ruboiylaridir. Umar Xayyom shoir bo‘lmagan, lekin hayot haqida ba’zi mulohazalarini 4 qatorlik she’r qilib qog‘ozga tushirib qo‘yavergan. XVIII asrga qadar uning ruboiylari haqida tadqiqotlar olib borilmagan. U haqida dastlab Oksford universiteti professori Tomas Gayd, undan so‘ng Fon Gomer Birgestel va Meme Nikoloslar tadqiqot olib borishgan. 1859-yili ingliz shoiri va tarjimoni Edvard Fitsjerald Umar Xayyomning 70 ruboiysini tarjima qilib e’lon qilgandan so‘ng, bu she’rlar juda mashhur bo‘lib ketgan va ingliz tilidan jahonning boshqa tillariga ham tarjima qilingan.

Xayyom ruboiylarining soni turli ma’lumotlarda 11 tadan 1200 tagacha ekanligi aytiladi. Xayyomga nisbat beriladigan ruboiylarni u yozganligiga ham turli shubhalar mavjud. Ayniqsa, zamondoshlari “katta ilm egasi, mutaffakir, taqvodor zot edi” deb ulug‘lagan shoirning mayxo‘rlik, yengil hayot, aysh-ishrat, kufr, dahriylik mavzularidagi ruboiylari ishonchsizdir. Bunday ruboiylar Islomga qarshi ba’zi toifalar tomonidan ataylab to‘qib chiqarilgan, degan ma’lumotlar bor. Hatto Londonda saqlanayotgan Umar Xayyom ruboiyoti qo‘lyozmasi ham soxta ekanligi aniqlangan.

Avval tafakkurda tug‘ilib, keyin qalb qo‘riga yo‘g‘rilgan Umar Xayyom ruboiylari, bir so‘z bilan aytganda, Olam va Odam haqida. Shoir dunyo evrilishlariga donishmandona bosiqlik, taassuf aralash loqaydlik bilan qaraydi: dunyoni o‘zgartirish qo‘lingdan kelmas ekan, uni deb qayg‘urish behuda. Uning uchun tug‘ilish va o‘lim, yaxshilik va yomonlik, halol va harom — bir xil: hammasi o‘z tabiiy qonuniyatiga asoslanadi.

Dunyoviy falsafa vakili sifatida Xayyom dunyoni aql elagida elaydi — Olam va Odam muammosini umumfalsafa mezoni bilan o‘lchaydi. Shu ma’noda, Xayyom ijodida biz odamdan ham, olamdan ham ustun turadigan — dunyoni qamrab oladigan shafqatsiz falsafaga duch kelamiz. Lekin farang faylasufi Laroshfuko: “Falsafa o‘tmish va kelajak kulfatlari ustidan tantana qiladi, lekin bugunning qayg‘usi falsafa ustidan tantana qiladi”.

Buyuk olim, astronom Umar Xayyom 1122-yilning 4-dekabrida Nishopurda vafot etadi.

Quyida Xayyomning eng sara ruvoiylarini taqdim etamiz.

Dunyoning tilagi, samari ham biz,
Aql ko‘zin qorasi — javhari ham biz.
To‘garak jahonni uzuk deb bilsak,
Shaksiz uning ko‘zi — gavhari ham biz.

***

Sen-mendan oldin ham tun-kun bor edi,
Aylanga falak ham butun bor edi.
Tuproqqa avaylab qadamingni qo‘y,
Bu tuproq qora ko‘z bir nigor edi.

***

Kulol do‘koniga kirdim bir safar,
Dastgohda ishlardi usta ko‘zagar,
Gado qo‘lidan-u, shohning boshidan,
Ko‘zaning bo‘yni-yu dastasin yasar.

***

Bizlar bo‘lmasak ham jahon bo‘lg‘usi,
Bizlardan na nom-u nishon bo‘lg‘usi,
Avval-ku yo‘q edik, yetmovdi halal
Yana bo‘lmasak ham, hamon bo‘lg‘usi.

***

Dilim ilmlardan mahrum bo‘lmabdi,
Bir sir qolmabdiki mavhum bo‘lmabdi,
Tunu kun o‘yladim yetmish ikki yil,
Angladim — hech narsa ma’lum bo‘lmabdi.

Sarvinoz Omonova tayyorladi


Bu ham qiziq

Toshkentdagi yashirin sexda qalbaki dori ishlab chiqarib, sotganlar ushlandi

Toshkentdagi yashirin sexda qalbaki dori ishlab chiqarib, sotganlar ushlandi

Hozirda noqonuniy sex tashkilotchilarining 3 nafariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 186-3-moddasi 2-qismi “b” va “g” bandlari…
09:31 / 27.08.2025
Migratsiya agentligi fuqarolarni Janubiy Koreyaga pul evaziga ishga jo‘natilayotgani haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirdi

Migratsiya agentligi fuqarolarni Janubiy Koreyaga pul evaziga ishga jo‘natilayotgani haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining ayrim xodimlari pul evaziga Koreya Respublikasig…
21:48 / 26.08.2025
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Milliy muzeyining qurilishiga tamal toshi qo‘ydi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Milliy muzeyining qurilishiga tamal toshi qo‘ydi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Milliy muzeyiga asos soldi
18:30 / 27.08.2025
Xorijning og‘ir yukli transportlari O‘zbekiston hududi bo‘ylab yurishi uchun to‘lovlar oshirildi

Xorijning og‘ir yukli transportlari O‘zbekiston hududi bo‘ylab yurishi uchun to‘lovlar oshirildi

Hukumat qarori bilan Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
17:46 / 27.08.2025
Ortiqcha vazn ko‘rkamlik emas!

Ortiqcha vazn ko‘rkamlik emas!

Bu borada mutaxassis fikri bilan tanishamiz
21:03 / 27.08.2025
Qurilish obyektlarida QR-kodli pasport o‘rnatish tartibi belgilandi

Qurilish obyektlarida QR-kodli pasport o‘rnatish tartibi belgilandi

“Qurilish obyektlarida QR-kodli (matrik shtrixli kod) pasport o‘rnatish tartibi to‘g‘risida”gi nizom Adliya vazirligida davl…
17:12 / 27.08.2025
Surxondaryoda daraxt qo‘porgan fuqaroga 20 mln so‘m jarima qo‘llanildi

Surxondaryoda daraxt qo‘porgan fuqaroga 20 mln so‘m jarima qo‘llanildi

Shuningdek, fuqaroning ushbu ehtiyotsizligi oqibatida o‘simlik dunyosiga 9 mln  888 ming so‘m zarar yetkazilganligi hisoblan…
22:23 / 26.08.2025
Futzal. BMB — O‘zbekiston Superkubogi sohibi bo‘ldi

Futzal. BMB — O‘zbekiston Superkubogi sohibi bo‘ldi

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston Superkubogi bahsida BMB klubi yana bir bor g‘alaba qozondi.
20:55 / 26.08.2025
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda bo‘lib turgan Yaponiya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda bo‘lib turgan Yaponiya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti Yaponiya tashqi ishlar vazirini qabul qildi
20:22 / 27.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!