$
12023.46 UZS
-42.76
₽
149.44 UZS
-0.3
€
13461.47 UZS
17.29
31° Kechasi 18°

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Milliy muzeyining qurilishiga tamal toshi qo‘ydi

18:30 / 27.08.2025

Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-avgust kuni O‘zbekiston Milliy muzeyi qurilishiga tamal toshi qo‘ydi.

Davlatimiz mustaqilligi milliy o‘zligimizni yuzaga chiqarib, ezgu sa’y-harakatlarga asos bo‘lib kelmoqda. Har yilgidek, bu galgi istiqlol bayrami ham yaxshi yangiliklarga vasila bo‘lmoqda. Shunday tarixiy voqealardan biri yangi Milliy muzeyga asos solinishidir.

Tashrif chog‘ida davlatimiz rahbariga ushbu inshoot loyihasi va xususiyatlari, qurilish bosqichlari haqida axborot berildi.

Muzey Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi shafeligida Yaponiyaning “Tadao Ando Architect & Associates” arxitektura byurosi hamda Germaniyaning “Atelier Brückner” kompaniyasi tomonidan loyihalashtirilgan. Uning tashqi qiyofasi aylana, to‘rt burchak va uch burchak shaklida bo‘lib, Sharq va G‘arb madaniyatini o‘zida uyg‘unlashtiradi. Majmua 3 qavatli muzey, 2 qavatli yerto‘la hamda yordamchi binolardan iborat bo‘ladi. Xitoyning “CSCEC International Construction” kompaniyasi tomonidan quriladi.

Poytaxtimizda ushbu muzey qurilishiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Milliy bog‘i yaqinidagi maydonga madaniyat va san’at namoyandalari, olimlar va adiblar, nuroniylar, jamoatchilik vakillari yig‘ildi.

“Hamma sohada rivojlanish bilan birga qadriyatlarimizni tiklashga harakat qilyapmiz. Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy majmuasi, Olimpiya shaharchasi kabi ulkan inshootlar quryapmiz. Buning zamiridagi asosiy maqsad shuki, bu binolar xalqimizga mulk bo‘lib qolishi kerak. Mana endi yana bir tarixiy majmua – O‘zbekiston Milliy muzeyi qurilishini boshlayapmiz. Bu muzey uch ming yillik boy tariximizni odamlarga, dunyo hamjamiyatiga va kelajak avlodga yetkazadigan ilm-ma’rifat va madaniyat joyi bo‘ladi” - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Qayd etilganidek, hozir birgina Toshkentdagi 30 ta muzeyda 1 milliondan ziyod eksponat bor. Ularning 100 mingi Davlat san’at muzeyida bo‘lib, shundan bor-yo‘g‘i 2 ming 400 tasi namoyishga qo‘yilgan. Ko‘rgazma zallari yetarli bo‘lmagani sababli 97 mingdan ziyodi omborda saqlanmoqda.

“Markaziy Osiyo, Xitoy, Yaponiya, Hindiston va Yevropa davlatlari madaniyatini o‘zida aks ettirgan bu noyob san’at asarlari nafaqat bizning, balki butun insoniyatning beqiyos boyligi. Ularni asrab-avaylab, kelgusi avlodlar uchun beshikast yetkazish, dunyo ommasiga namoyish qilish orqali mamlakatimizning boy tarixi va madaniyatini tarannum etish barchamizning muqaddas burchimiz” - deya ta’kidladi Prezident.

Bunday mahobatli muzey yurtimiz tarixida ilk bor barpo etilmoqda. Uning umumiy maydoni 40 ming kvadrat metr bo‘ladi. Ko‘rgazma zallari, kutubxona, restavratsiya laboratoriyalari va eksponatlarni saqlash xonalarida eng zamonaviy qulayliklar tashkil etiladi.

Bu orqali hozirda poytaxtimizning turli muzeylarida tarqoq joylashgan tarixiy ashyolar, ko‘hna va zamonaviy san’at asarlarini yaxlit ko‘rish mumkin bo‘ladi. Umuman, muzeyda bir vaqtning o‘zida 10 mingga yaqin eksponatni namoyish qilish imkoniyati yaratiladi.

Bundan tashqari, 4 ming kvadrat metr maydonda konferensiya zallari, auditoriya va restoranlar, bolalar maydonchalari joylashadi.

Muzey ishga tushsa, atrofidagi Abulqosim madrasasi, Xalqlar do‘stligi saroyi va O‘zbekiston Milliy bog‘i bilan bir joyda yaxlit me’moriy kompozitsiyaga aylanadi. Yurtdoshlarimiz va xorijiy sayyohlar tashrif buyuradigan tematik turizm lokatsiyasi bo‘ladi.

Kelajakda ushbu muzey dunyoga mashhur Luvr, Metropolitan va Britaniya muzeylari bilan yaqindan hamkorlik o‘rnatib, noyob eksponatlar olib kelinadi va ko‘rgazmalar tashkil qilinadi.

“Ishonchim komil, yangi barpo etiladigan majmua mamlakatimizning jahon tarixi va taraqqiyotida tutgan o‘rnini yanada yorqinroq ko‘rsatadi. Bir yil emas, o‘n yil emas, ko‘p yillar davomida xalqimizga xizmat qiladi” - dedi Shavkat Mirziyoyev so‘zining yakunida.

Shundan so‘ng davlat rahbari majmua poydevoriga kapsula qo‘yib, qurilishni boshlab berdi.


O‘zbekiston


														
														“Zakovat-Gambit” şaxmat turniri ğoliblari taqdirlandi

“Zakovat-Gambit” şaxmat turniri ğoliblari taqdirlandi

Mamlakatning intellektual salohiyati nafaqat iste’dod egalarining yutuqlari, balki har bir insonning qobiliyatini yuzaga çiq…
14:29 / 31.10.2026

														
														Ziroat Mirziyoyeva TDT Oila va xotin-qizlar kengaşining ilk yiğilişida iştirok etdi

Ziroat Mirziyoyeva TDT Oila va xotin-qizlar kengaşining ilk yiğilişida iştirok etdi

Özbekiston Birinçi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Anqarada Turkiy davlatlar taşkiloti Oila va xotin-qizlar kengaşining birinçi yi…
09:32 / 31.10.2026

														
														Google Özbekistondagi islohotlarni Google Pay misolida yuqori baholadi

Google Özbekistondagi islohotlarni Google Pay misolida yuqori baholadi

Google’ning rivojlanayotgan bozorlar böyiça davlat siyosati vitse-prezidenti Doron Avni Özbekistonda şaxsiy ma’lumotlarni hi…
09:27 / 31.10.2026

														
														Surxondaryoda işga oliş uçun 4,5 mln söm pora olgan direktor 2 yilga qamaldi

Surxondaryoda işga oliş uçun 4,5 mln söm pora olgan direktor 2 yilga qamaldi

Surxondaryo viloyati Qumqörğon tumanida matematika öqituvçisini işga qabul qiliş va unga dars soatlari ajratiş evaziga 4,5 m…
23:17 / 30.10.2026

														
														Namangan şahrida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Energosavdo” filiali bölimi boşliği va ustasi uşlandi

Namangan şahrida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Energosavdo” filiali bölimi boşliği va ustasi uşlandi

Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan şahri bölimi xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda “Hududiy ele…
22:50 / 30.10.2026

														
														31-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

31-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Respublika böylab havo özgaruvçan böladi, yoğingarçilik kuzatilmaydi.
17:44 / 30.10.2026

														
														Toşkent şahrida yaşirin pivo işlab çiqariş sexi foş etildi

Toşkent şahrida yaşirin pivo işlab çiqariş sexi foş etildi

Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Toşkent şahar boşqarmasi va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari hamkor…
12:11 / 30.10.2026

														
														Kamilla Rahimova Tokiodagi turnir yarim finaliga yöl oldi

Kamilla Rahimova Tokiodagi turnir yarim finaliga yöl oldi

Bugun, 29-oktabr kuni dunyo reytingida 66-örinni egallab turgan özbekistonlik tennisçi Kamilla Rahimova Yaponiyaning Tokio ş…
12:01 / 30.10.2026

														
														Samarqandda öqituvçi 8-sinf öquvçisini sinfdoşlari oldida kaltaklagani aytildi

Samarqandda öqituvçi 8-sinf öquvçisini sinfdoşlari oldida kaltaklagani aytildi

Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi 18-sonli umumta’lim maktabida öqituvçi 8-sinf öquvçi qizini sinfdoşlari oldida kaltakla…
10:58 / 30.10.2026

														
														V “Zakovat-Gambit” turniri ğoliblari 620 million sömlik sovrin jamğarmasi uçun kuraşmoqda

V “Zakovat-Gambit” turniri ğoliblari 620 million sömlik sovrin jamğarmasi uçun kuraşmoqda

Poytaxtimizda rekord darajadagi 5831 nafar şaxmatçini özida jamlagan V «Zakovat-Gambit» turnirining hal qiluvçi final öyinla…
09:57 / 30.10.2026

Bu ham qiziq

V “Zakovat-Gambit” turniri ğoliblari 620 million sömlik sovrin jamğarmasi uçun kuraşmoqda

V “Zakovat-Gambit” turniri ğoliblari 620 million sömlik sovrin jamğarmasi uçun kuraşmoqda

Poytaxtimizda rekord darajadagi 5831 nafar şaxmatçini özida jamlagan V «Zakovat-Gambit» turnirining hal qiluvçi final öyinla…
09:57 / 30.10.2026
Namangan şahrida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Energosavdo” filiali bölimi boşliği va ustasi uşlandi

Namangan şahrida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Energosavdo” filiali bölimi boşliği va ustasi uşlandi

Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan şahri bölimi xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda “Hududiy ele…
22:50 / 30.10.2026
Ispaniyada ikkita tezyurar poyezd töqnaşdi: kamida 10 kişi halok böldi

Ispaniyada ikkita tezyurar poyezd töqnaşdi: kamida 10 kişi halok böldi

Ispaniyada 28-oktabr kuni ikkita tezyurar poyezd töqnaşib ketdi. Hodisa oqibatida kamida 10 kişi halok bölgan, qurbonlar son…
16:37 / 28.10.2026
Toşkent şahrida yaşirin pivo işlab çiqariş sexi foş etildi

Toşkent şahrida yaşirin pivo işlab çiqariş sexi foş etildi

Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Toşkent şahar boşqarmasi va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari hamkor…
12:11 / 30.10.2026
31-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

31-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Respublika böylab havo özgaruvçan böladi, yoğingarçilik kuzatilmaydi.
17:44 / 30.10.2026
Google Özbekistondagi islohotlarni Google Pay misolida yuqori baholadi

Google Özbekistondagi islohotlarni Google Pay misolida yuqori baholadi

Google’ning rivojlanayotgan bozorlar böyiça davlat siyosati vitse-prezidenti Doron Avni Özbekistonda şaxsiy ma’lumotlarni hi…
09:27 / 31.10.2026
Ekolog olimlar havo ifloslanişining sabablari böyiça batafsil tuşuntiriş berdi

Ekolog olimlar havo ifloslanişining sabablari böyiça batafsil tuşuntiriş berdi

Sönggi kunlarda havo sifatining keskin yomonlaşuvi yana jamoatçilik e’tibori markazida bölib turibdi.
09:18 / 29.10.2026
Surxondaryoda işga oliş uçun 4,5 mln söm pora olgan direktor 2 yilga qamaldi

Surxondaryoda işga oliş uçun 4,5 mln söm pora olgan direktor 2 yilga qamaldi

Surxondaryo viloyati Qumqörğon tumanida matematika öqituvçisini işga qabul qiliş va unga dars soatlari ajratiş evaziga 4,5 m…
23:17 / 30.10.2026
“Xorazm suv ta’minoti” yuridik inspektori 6 mln söm olayotganda uşlandi

“Xorazm suv ta’minoti” yuridik inspektori 6 mln söm olayotganda uşlandi

“Xorazm suv ta’minoti” AJ yuridik inspektori fuqaroning savdo şoxobçasini içimlik suvi tarmoğiga ulaş uçun texnik şartlarni …
14:55 / 28.10.2026
Özbekistonda bugun ayrim hududlarda yomğir yoğişi kutilmoqda

Özbekistonda bugun ayrim hududlarda yomğir yoğişi kutilmoqda

Bugun Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi, ayrim hududlarda yoğingarçilik kuzatiladi. Kunduzi havo harorati +13…+23 dar…
17:23 / 28.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!