$
12042.49 UZS
-18.06
160.55 UZS
-0.77
14147.52 UZS
-35.69
31° Kechasi 18°

Kun tarixi: Bugun bizda til bayrami, boshqalardachi?

12:06 / 21.10.2019

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligiga bugun 30 yil to‘ldi. Bunday yutuqqa erishishimiz uchun tarixda qanday harakatlar bo‘lganini esalab o‘tish joiz. 
 
Sho‘rolar davrida rus tili Ittifoq tili sifatida rivojlantirildi. U jahon tillari darajasiga ko‘tarildi. Ko‘p ming asrlik tarixga ega bo‘lgan turkiy xalqlar ham o‘z ona tillari dunyodagi hech bir xalqning tilidan kam emasligini yoqlab chiqdi. Bu yo‘ldagi sun’iy to‘siqlarni pisand etmadi. Mustaqillik arafasida oilaviy va bozor tili darajasiga tushib qolgan o‘zbek tiliga davlat tili maqomini berish haqidagi taklif va kurashlar samarasiz ketmadi, albatta. O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Davlat hujjatlari, davriy nashrlar, darsliklar ona tilimizda yozila boshlandi. Bu xalqimiz ruhini ko‘tardi. Sho‘rolar davrida ham o‘zbek tilini tiklashga, uni Davlat tiliga aylantirishga intilish kuchli bo‘lgan.

Картинки по запросу til bayrami

Ilk bora 1988-yil matbuotida yangi bayram – til bayrami haqidagi ma’lumotlar paydo bo‘la boshlagan. Bunday bayram Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Boltiqbo‘yi va Kavkazorti Respublikalarida va mamlakatimiz poytaxtida ham o‘tkazilgani haqida gazetalarda maqolalar bosilgan.


Bu bayramlarning asosiy maqsadi – ona tilini e’zozlash, ona tili bilan birga boshqa tillarni ham chuqurroq o‘rganishga da’vat qilish bo‘lgan. O‘zbekistonda ilk bor til bayrami 1988-yil 3-dekabrda Toshkentning talabalar shaharchasida – hozirgi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining o‘zbek filologiyasi, tarix fakulteti, shuningdek, Toshkent davlat texnika instituti va boshqa o‘quv yurti talabalari tomonidan o‘tkazilgan. Talabalarning “O‘zbek tili bayrami” deb nomlangan bu tadbiri ko‘proq miting-namoyishga o‘xshab ketardi. Davraga notiqlar chiqib, ular ona tuproq, ona yurt, xalq, til haqida so‘zlab, she’rlar o‘qib, ularni asrashga da’vat qilishgan. Yig‘ilganlar “Til – xalq boyligi”, “O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilsin!”, “Tilga hurmat – elga hurmat” kabi rang-barang shiorlarni ko‘tarib olishgandi. Til bayramida xonandalar xalqni, millatni, tilni ulug‘lovchi qo‘shiqlar kuylashgan.

Похожее изображение

Mana 30 yildirki, 21-oktabrni o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun sifatida nishonlab kelmoqdamiz. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 1996-yil 10-sentabrdagi 311-qaroriga binoan «Davlat tili haqida»gi qonun qabul qilingan. 

(Manba: O‘zbek xalq bayramlari. “Sharq”. T.2002.)

1989-yil 21-oktabrda rasman o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Biz til bayramini nishonlaydigan kunda butun dunyo aholisi nimalarni bayram qiladi?

Masalan:
 
21-oktabrda Angliyada olmalar kuni o‘tkazilar ekan. 1990-yildan buyon “Common Ground” hayriya tashkilot tashabbusi bilan nishonlanadigan ushbu bayram o‘z atrofiga bog‘bonlarni, olmalarning turli navlarini namoyish qiluvchi mutaxassislarni yig‘adi. Tashkilotchilarning fikricha, olmalar kunini o‘tkazish orqali tabiatning mo‘jizakorligini, qolaversa, atrof-muhitdagi o‘zgarishlarni kuzatishga yana bir imkon yaratilayotganligini namoyish qilishdan iborat.

Картинки по запросу apple day

 21-oktyabr – Xitoy Respublikasida, Tayvan nomi bilan tanilgan, dengiz ortidan kelgan xitoylik (xuatsyao)lar kuni nishonlanadi. Dengiz ortidan kelgan xitoylik (xuatsyao)lar Xitoydan chiqqan hozirda boshqa davlatlarda yashayotganlar qatoriga kiruvchilarga nisbatan aytiladi. Agar “xuatsyao” so‘zi  tarjima  qilinsa, xitoy tilidan, taxminan, “xitoylik  muhojir”  ma’nosini anglatadi. Ammo Xitoy adabiyotida “dengiz ortidagi xitoylik” atamasi qo‘llaniladi. Xuatsyaolarga chegara orti mamlakatlarda yashovchi Xitoy va Tayvan aholisi va ularning avlodlari kiradi. 

Bundan tashqari, bugun dunyo tarixida qiziqarli muhim voqealar sodir bo‘lgan. 

1879-yil 21-oktabr kuni amerikalik ixtirochi Tomas Alva Edison o‘zining birinchi lampa chirog‘ini sinab ko‘rgan. 

Похожее изображение

1968-yilning xuddi shu kuni Toshkentda Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi bilan birga o‘tkazilgan I Xalqaro kinofestival ochiladi.


BMT Bosh assambleyasi Tibetda diniy va fuqarolik erkinliklarini tiklash to‘g‘risida rezolyutsiya qabul qilgan.


Bu ham qiziq

Mirzo Ulugʻbek tumanida raqamli boshqaruv va xavfsizlikning yangi modeli joriy etilmoqda

Mirzo Ulugʻbek tumanida raqamli boshqaruv va xavfsizlikning yangi modeli joriy etilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev 23-aprel kuni Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumani hokimligiga tashrif buyurdi.
17:39 / 23.04.2026
Ozarbayjon maktablarida ommaviy tekshiruvlar boshlandi

Ozarbayjon maktablarida ommaviy tekshiruvlar boshlandi

Ozarbayjonning bir qator hududlarida yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida ommaviy tekshiruvlar o‘tkazilmoqda. Bu haqda “Minval…
19:13 / 23.04.2026
Ziroat Mirziyoyeva va JSST rahbari bolalar onkologiyasi markaziga tashrif buyurdi

Ziroat Mirziyoyeva va JSST rahbari bolalar onkologiyasi markaziga tashrif buyurdi

JSST rahbari Tedros Gebreyesus Birinchi xonim Ziroat Mirziyoyevani «bolalar saratoniga qarshi kurash va ularning hayotini ya…
16:14 / 22.04.2026
Mirziyoyev Ostona ekologik sammitida milliy pavilyonlar bilan tanishdi

Mirziyoyev Ostona ekologik sammitida milliy pavilyonlar bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga tashrifi doirasida Ostona shahrida o‘tkazilgan Mintaqaviy ekologik sammit (MES-2026) ko‘rga…
12:07 / 22.04.2026
22-aprel kungi ob-havo ma’lumoti

22-aprel kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqi…
17:31 / 21.04.2026
Eron bilan sulh uzaytiriladi, ammo blokada saqlanadi

Eron bilan sulh uzaytiriladi, ammo blokada saqlanadi

AQShning prezidenti Donald Tramp Eron bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan bayonot berib, o‘t ochishni to‘xtatish rejimi uzaytiri…
10:02 / 22.04.2026
Italiya Solovyovning haqoratlari ortidan Rossiya elchisini chaqirtirdi

Italiya Solovyovning haqoratlari ortidan Rossiya elchisini chaqirtirdi

Rossiyaning Rimdagi elchisi Aleksiy Paramonov teleboshlovchi Vladimir Solovyovning Italiya Bosh vaziri Jorja Meloni haqidagi…
11:29 / 22.04.2026
Saida Mirziyoyeva Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuv davomida giyohvandlikka chalinganlarni davolash va reabilitatsiya qilish yo‘nalishida Jahon sog‘liqni saqlash tash…
12:17 / 21.04.2026
Saida Mirziyoyeva Xalqaro narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi Bosh kotibi bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Xalqaro narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi Bosh kotibi bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva shuningdek, Xalqaro narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi Bosh kotibi Stefano Berterame bilan uchrashdi.
15:46 / 21.04.2026
“Ilg‘or ijodkor” Prezident mukofoti joriy etiladi

“Ilg‘or ijodkor” Prezident mukofoti joriy etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-apreldagi 66-sonli Farmoniga muvofiq:
10:21 / 23.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!