$
12980.16 UZS
44.89
161.63 UZS
1.16
14606.57 UZS
239.37
38° Kechasi 22°

Konservalangan mahsulotlar haqida nimalarni bilamiz? 

21:07 / 24.02.2020

Konservalangan sabzavotlar, mevalar, turli tuzlama va murabbolar – bularning hammasini qishga g‘amlab olib qo‘yishga o‘rganganmiz.  Konservalash ishlarini har qanaqa mukammallikda amalga oshirganimizga qaramasdan, bankadagi mahsulotlar baribir sog‘liq uchun xavf tug‘diradi.  
Biz konservalangan mahsulotlar haqida nimalarni bilamiz?  

Muzlatish

Ma’lumki, termik qayta ishlash – qaynatish, dimlash, qovurish kabi jarayonlar mahsulotlarning ko‘pgina foydali jihatlari yo‘qolib ketadi.  Konservatsiyada odatda tuz, shakar mo‘l ishlatiladi. Hatto, sirka ham qo‘shiladi. Bularning hammasi inson salomatligiga ta’sir qilmay qolmaydi. Ayniqsa, diabet va oshqozon yallig‘lanishi bilan og‘riydiganlar uchun. Shuning uchun, qishga saqlashning eng yaxshi usuli – muzlatishdir. Zamonaviy muzlatgichlarda bu ishni osongina amalga oshirsa bo‘ladi.   

Aspirin

Qishki dasturxonimizda turli tuzlamalar ko‘p bo‘ladi. Biroq, ularni saqlash uchun ko‘pgina bekalar aspirindan foydalanishini bilasizmi? Agar bilsangiz – to‘xtang! Bunday tuzlamalar allergiya paydo qiladi.    

Amigdalin

Bu modda har qanaqa mevaning danagida bo‘ladi. Shuning uchun, konservalangan olchami yoki shaftolimi, danagi bor yoki yo‘qligidan qat’i nazar, qachon yopilgani bilan qiziqib ko‘ring. Ularni 1 yildan ortiq saqlash mumkin emas. Agar bir yildan ortiq vaqt mobaynida saqlanayotgan bo‘lsa, o‘ylab ko‘ring. Amigdalin vaqt o‘tishi bilan ko‘payish xususiyatiga ega. Organizmga tushsa bormi, zaharlanishingiz turgan gap.   
  
Ikki yil

Ikki yil uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotlari uchun xavfsiz sanaladi. Muddati shundan oshsa, konsyentrasiyalana boshlaydi.  Agar bankaning ichida palag‘daga xos zarrachani, g‘alati cho‘kma yoki suvining xiralashganini ko‘rsangiz ham, tavakkal qilmang. Yemasdan tashlab yuboring.

Botulizm

Bu makkor tayoqcha sog‘ligingizni ancha muddatga izdan chiqarib qo‘yishi mumkin. Konservada botulizm rivojlanayotganining birinchi belgisi – shishishdir. Bunday konservalarni iste’mol qilish juda xavfli. Idishining qopqog‘i shishganini ko‘rdingizmi, yoki qopqoqni ochganingizdan keyin g‘alati hidni sezdingizmi, o‘ylab ham o‘tirmang, tashlab yuboring. Sog‘ligingiz bebaho.

Endi yashirin belgilari haqida. Tayyorlanganiga 2 yildan oshgan, ko‘rinishi benuqson konserva mahsulotlarini ovqatga ishlatish mumkinmi? Aytaylik, achchiq-chuchukni: yangi tayyorlangan vaqtda qanday rangda bo‘lsa, o‘shanday turibdi, hech qanaqa cho‘kmasi yo‘q, qopqog‘i ham binoyidek. Nazariy jihatdan hammasi joyidaga o‘xshaydi. Bu borada odamlarning fikri har xil. Bu mavzu muhokamasida quyidagi fikrlarni o‘qish mumkin: 
“Eng yaxshisi, tashlab yuborish. Agar juda ham achinsangiz, pishiriladigan taomlarni tayyorlashga ishlatib yuborish mumkin. Masalan, pomidorning po‘stini olib tashlab, karam sho‘rvaga qo‘shsa bo‘ladi. Bodringdan rassolnik pishirish mumkin”.  

“Achinishni boshqa holatlarga qoldiring. Qancha pulim va mehnatim ketdi, deb o‘ylab ham o‘tirmasdan tashlab yuboring. Sog‘liq bebaho. Har qanaqa ishtaha ochar bo‘lmasin tuzlamalarni bir yildan ortiq saqlash mumkin emas”. 

“Oldingi fikrlar bilan hech qanaqasiga kelisholmayman. Murabbo va kompotlar, marinadlangan va tuzlangan qo‘ziqorinlar, yormali va loviyali salatlar, go‘shtli va baliqli konservalar bir yil saqlanadi. Biroq, bodringning shunday reseptlari borki, oradan bir yil o‘tgach, ikkinchi yili qaytanga yaxshilanadi. Umuman olganda, bankani ochgan paytda, palag‘da bo‘lganmi yo‘qmi, yaxshilab tekshirish kerak. Tomatlardagi ozgina cho‘kma ham yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shishgan bankalarni esa, o‘ylab ham o‘tirmasdan, otib boring”. 

Agar bu qishga g‘amlab, konservalab qo‘yganlaringiz bo‘lsa, keyingi yilga ham qolsin, demang. Hammasini tezroq yeb, tugatib qo‘yishga intiling. Ota-bobolarimizdan qolgan bir gap bor, Navro‘z kirgandan keyin hamma mevaning, sabzavotning tarkibi o‘zgaradi. Foydasi kamayadi.  Bu haqda ham o‘ylab ko‘ring.


Bu ham qiziq

AQSh Saudiya Arabistoni bilan 600 mlrd dollarlik kelishuvlarga erishdi

AQSh Saudiya Arabistoni bilan 600 mlrd dollarlik kelishuvlarga erishdi

“Qo‘shma Shtatlar va Saudiya Arabistoni bir qator bitimlarni imzoladi, unga ko‘ra Ar-Riyod Amerika kompaniyalari va iqtisodi…
08:27 / 14.05.2025
Davlat xavfsizlik xizmatining call-markazi ishga tushdi

Davlat xavfsizlik xizmatining call-markazi ishga tushdi

Davlat xavfsizlik xizmati vakolatlariga kiritilgan masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini tezko…
08:41 / 15.05.2025
Surxondaryolik o‘smir YPX xodimini sudrab Cobalt avtomobilini olib qochishga urundi

Surxondaryolik o‘smir YPX xodimini sudrab Cobalt avtomobilini olib qochishga urundi

Hozirda mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
19:25 / 13.05.2025
AQSh Qatar bilan 1,2 trillion dollardan ortiq qiymatdagi kelishuvga erishdi

AQSh Qatar bilan 1,2 trillion dollardan ortiq qiymatdagi kelishuvga erishdi

“Gap hamkorlik bitimlari haqida bormoqda.  Mazkur bitimlar “Amerikani yangi oltin davr” sari olib boradi”, – deyiladi Oq uy …
08:24 / 15.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakilini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakilini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13-may kuni Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakil…
19:41 / 13.05.2025
Endi kambag‘al oilalar “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga ajratiladi

Endi kambag‘al oilalar “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga ajratiladi

Prezident farmoniga muvofiq, 2025-yil 15-maydan boshlab Kambag‘al oilalar reyestridagi va unga tushish xavfi bo‘lgan oilalar…
08:58 / 13.05.2025
Toshkentda yangi BRT yo‘lagi quriladi

Toshkentda yangi BRT yo‘lagi quriladi

Mazkur yo‘lak yo‘lning chetki qismida emas, balki uning o‘rtasidan o‘tadi. Bu esa ilgarigi tramvay izlarini eslatadi.
12:08 / 13.05.2025
Rossiyaning Maxachqal’a shahridan Toshkentga parvozlar kechikishi mumkin

Rossiyaning Maxachqal’a shahridan Toshkentga parvozlar kechikishi mumkin

Bu haqda Uzbekistan Airways matbuot xizmati xabar bermoqda.
10:01 / 13.05.2025
Andijonda fuqaroning elektrdan qarzdorligini yo‘q qilib bermoqchi bo‘lgan montyor ushlandi

Andijonda fuqaroning elektrdan qarzdorligini yo‘q qilib bermoqchi bo‘lgan montyor ushlandi

Andijon viloyatida elektr energiyasidan qarzdorligini yo‘q qilib berishini va’da qilgan ETK elektromontyori ushlandi.
18:01 / 14.05.2025
O‘zbekistonlik og‘ir atletikachilar Osiyo chempionatida uchta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik og‘ir atletikachilar Osiyo chempionatida uchta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi uchta medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya…
17:56 / 14.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!