$
11994.10 UZS
6.94
₽
145.79 UZS
-0.5
€
13420.20 UZS
26.95
31° Kechasi 18°

Kun Tarixi: 16 yil avval Iroqda Saddam Husayn qoʻlga olingan. Nega u haqida ikki xil qarash bor?

13:42 / 13.12.2019

To‘zg‘igan sochlari, o‘sib ketgan soqoli va chimirilgan qoshlari bilan butun dunyo gazetalarida aks etgan Saddam Husayn chorak asr davomida mamlakatni temir qo‘l bilan boshqargan qudratli va qo‘rqmas odamga o‘xshamay qolgandi. G‘arbni yo‘q qilish kuchiga ega biologik qurol saqlab kelayotganiga ham ishonish qiyin edi. “Biz bunday qurolni ishlatish haqida hech qachon o‘ylab ham ko‘rmaganmiz. Bu hatto muhokama qilinmagan ham. Butun dunyoga qarshi kimyoviy qurol ishlatish? Bunga jazm qiladigan odam bormikan?” – degan edi Saddam Husayn. Tikrit yaqinida joylashgan Ed-Duardagi yerto‘lada bir necha oydan beri yashirinib kelgan Saddamning yonida to‘pponcha, 750 ming dollarlik portfel bor edi, ammo hech qanday mobil telefon yoki aloqa vositasi topilmagan. 

 “Biz bilgan hamma narsa yolg‘on edi” – deb eslaydi Saddamni so‘roq qilgan Markaziy razvedka boshqarmasi tergovchisi Jon Nikson. Amerikalik maxsus xizmat xodimi Nikson Saddam Husayn o‘ldirilganidan so‘ng o‘n yil o‘tib chiqargan kitobida Vashington Husayn haqida amerikaliklarga yolg‘on gapirganini so‘zlaydi. Xususan, uning aytishicha, Bag‘dod na AQShga qarshi, na o‘z qo‘shnilariga qarshi harbiy harakatlarni rejalashtirmagan, Saddamning o‘zi mamlakat boshqaruvidan chetlashib bo‘lgan. Hatto u romanlar yozish bilan mashg‘ul bo‘lgan. 

“Saddam qo‘rqoq, ertaga AQSh qo‘shinlari Bog‘dodga yaqinlashsa, u yurtini va fuqarolarini tashlab, o‘z jonini qutqarish uchun mamlakatdan qochib qoladi”,   deyishar edi. Ammo, bobom unday qilmadi. Bobomni qanchalik bilsam, o‘sha mash’um urush boshlangandan keyin uni yanada yaxshiroq bildim. Unda mamlakatdan qochish rejasi bo‘lmagan. Aks holda, unda bunga imkoniyat bor edi. Ammo qochmadi. Saddamday odam qocha olmasdi ham. U hammasiga o‘zini ruhan tayyorlab kelgan edi. Uni hanuzgacha “Tikritdagi bunkerda yashirinib yotgan joyidan ushlaganmiz”, deyishadi. Bu yolg‘on. U Tikritda turib armiyaga qo‘mondonlik qilayotgan edi", deb yozadi bobosi haqida Harir Husayn Komil, o‘z esdaliklarida.

Jon Niksonning aytishicha, so‘roq davomida “Iroq – terroristlar millati emas”, “Bizning Ben Laden bilan aloqamiz yo‘q va qo‘shnilarimizga tahdid qilmaymiz”, degan iroqliklar lideri.

Saddam Husayn o‘zi kim edi? Nega u butun dunyo e’tibori markazidagi shaxs bo‘lgan? 

Saddam Husayn 1937-yilning 28-aprelida Iroqdagi Tikrit shahridan 13 km. uzoqlikdagi Al-Audja qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan. Onasi unga “qarshi turuvchi” ma’nosini angalatadigan Saddam ismini beradi. Saddamning otasi haqida ma’lumotlar deyarli yo‘q. Uni o‘g‘li tug‘ilgunga qadar vafot etgan yoki oilasini tashlab ketgan degan taxminlar bor. Saddam Husaynning shakllanishida davlat rejimiga qarshi natsionalist harbiy tog‘asi Hayrulloh Tulfoh katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Maktabda o‘qishni xohlagan Saddam 1947-yilda uyidan Tikritga – tog‘asining uyiga qochib ketadi va unikida yashab qoladi. 

Saddam “Baas” partiyasi tarkibida o‘z karyerasini qurgan. 1966-yilda partiya liderlaridan biriga aylanib, xavfsizlik xizmatini boshqara boshlaydi.  
Uzoq kutilgan lavozimga erishish uchun Saddam Husayn o‘n bir yil davomida Iroq rahbari Ahmad Hasan al-Bakrning o‘ng qo‘li bo‘lgan. 
Mamlakatning ikkinchi odami maqomida Husayn quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratgan:
-  Tashqi siyosatni mustahkamlash;
-  Aholi, xususan, ayollar savodxonligini oshirish;
-  Xususiy sektorni ko‘paytirish, qishloq hududlarini modernizatsiya qilish;
-  Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish;

1979-yilning 16-iyulida hokimiyat Saddamning qo‘liga o‘tdi. 42 yoshli prezident darrov o‘z kuchini namoyon qildi: partiyaning yigirmatacha boshqaruvchisi, deyarli barcha vazirlar va hatto yaqin do‘stlarini ham hibsga olib, hammasini qatl ettiradi. 
Ba’zilar Saddamni o‘z xalqiga xavfsizlik taqdim etgan buyuk rahbar sifatida ulug‘lasa, ba’zilar uning shafqatsizligini tanqid qilishadi.
Saddam Husayn nafaqat mamlakat, balki butun arab dunyosi lideriga aylanishni orzu qilardi. Shu sababdan qo‘shnilariga moliyaviy yordam taklif qiladi va obro‘ga erishadi. 

Hozir ham ko‘pchilik iroqliklar Saddam boshqaruvining ilk yillarini “oltin asr” deyishadi. 
Aynan Saddam Husaynning boshqaruvi davrida mamlakatda umumiy ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimi joriy etilgan. 
Uning faoliyatidagi asosiy yo‘nalishlardan biri aholi savodsizligiga chek qo‘yish edi. Saddamning yigirma yillik boshqaruvi davrida savodli odamlar soni 30%dan 70%gacha o‘sgan.

Iroqda iqtisodiy o‘sishning yuqori darajasi kuzatilib, Saddam katta obro‘ qozonadi. Biroq Eron bilan urushlar mamlakatni charchatadi va tanazzul boshlanadi. 
1991-yildan boshlab (urushdan keying davr) gullab-yashnayotgan mamlakat ochlik va vayronagarchilikka yuz tutadi. Shaharlarda ozuqa va suv yetishmas, kasalliklar tarqalgandi. Ko‘plab iroqliklar mamlakatni tark eta boshlaydi. Husaynga BMT bosim o‘tkazishda davom etadi. Endi prezident neft ekporti bo‘yicha yon berishga o‘tadi. 

2001-yil 11-sentabrda AQShda ro‘y bergan teraktda Iroq liderining qo‘li ham borligi, uning terrorchilar rahbari ben Ladenga ommaviy qirg‘in quroli ishlab chiqishda yordam bergani to‘g‘risida gumon qilinadi. 
AQSh va Buyuk Britaniya quyidagi sababalarga ko‘ra Iroqqa qarshi harbiy operatsiyalarni boshlaydi. 

-  Iroqning xalqaro terrorizm bilan aloqadorligi;
-  Kimyoviy qurolni yo‘q qilish;
-  Mamlakat neft zaxiralarini boshqarish.

Dastlabki ikki sabab bahona, uchinchisi esa koalitsiyaning asl maqsadi edi.

2003-yilning 12-aprelida Bag‘dod kolaitsiya nazoratiga to‘liq o‘tdi. 1-mayda Husaynga sodiq qismlar mag‘lub etildi. 22-iyulda Saddamning o‘g‘illari: Udey va Kusey yashiringan Villaga hujum qilinib, ular o‘ldiriladi. 

2003-yilning 13-dekabrida Saddam Husaynning o‘zi ham qo‘lga olinadi. 

Bag‘dodda bo‘lib o‘tgan sud jarayonlarida Saddamga quyidagi ayblovlar qo‘yilgan:

-  Boshqaruvning g‘ayriinsoniy metodlarini qo‘llash;
-  Harbiy jinoyatlar;
-  148 nafar shialikning o‘ldirilishi va hokazo. 

"Human Rights Watch" huquqni muhofaza qilish tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, Saddam Husayn boshqaruvi davrida 290 mingdan ziyod odam nom-nishonsiz yo‘qolgan. 

2006-yilning 30-dekabrida Saddam Husayn osib o‘ldirish tarzidagi o‘limga hukm qilinadi. 
U XXI asrda bu tariqa o‘lim topgan yagona davlat rahbari bo‘ldi. 

Sarvinoz Omonova tayyorladi


Bu ham qiziq

Özbekistonda 132 ta quriliş taşkiloti şartnomalarida xaridorlar huquqlarini çeklovçi bandlar aniqlandi

Özbekistonda 132 ta quriliş taşkiloti şartnomalarida xaridorlar huquqlarini çeklovçi bandlar aniqlandi

Özbekistonda 132 ta quriliş taşkilotining uy-joy sotib oliş böyiça şartnomalarida iste’molçilar huquqlarini çeklovçi şartlar…
14:21 / 06.11.2026
Toşkentda havo sifati “yaşil” darajaga kötarildi

Toşkentda havo sifati “yaşil” darajaga kötarildi

Toşkent şahrida 6-noyabrga ötar keçasi yomonlaşgan atmosfera havosi sifati tongga kelib yaxşilandi. Milliy havo sifati indek…
16:13 / 06.11.2026
Toşkent viloyatidagi sanoat korxonasi havoni ifloslantirib kelayotganligi aniqlandi

Toşkent viloyatidagi sanoat korxonasi havoni ifloslantirib kelayotganligi aniqlandi

Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi Ekopolitsiya xodimlari tomonidan Bekobod şahridagi “M.K.” korxonasi faoliyati ör…
12:11 / 07.11.2026
Behruz Karimov jamoasi Konferensiyalar ligasida peşqadamga aylandi

Behruz Karimov jamoasi Konferensiyalar ligasida peşqadamga aylandi

Şveysariyaning “Lugano” klubi UEFA Konferensiyalar ligasining 5-noyabr kuni bölib ötgan uçraşuvida Litvaning “Kauno Žalgiris…
14:24 / 06.11.2026
O‘zbekistonda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

O‘zbekistonda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan Xiva, Nurafshon, Ulug‘nor, Toshkent va Ohangaron tumanlari hamda Toshloq t…
09:41 / 09.11.2026
Özbekiston 2030-yilga borib mis işlab çiqarişni 500 ming tonnaga yetkazmoqçi

Özbekiston 2030-yilga borib mis işlab çiqarişni 500 ming tonnaga yetkazmoqçi

Özbekistonda mis işlab çiqariş hajmini 2030-yilga qadar 500 ming tonnaga yetkaziş rejalaştirilgan. Bu haqda Prezident Şavkat…
13:58 / 09.11.2026
Toşkentdagi III Özbekiston – Rossiya media forumida hamkorlikning tört ustuvor yönalişi belgilandi

Toşkentdagi III Özbekiston – Rossiya media forumida hamkorlikning tört ustuvor yönalişi belgilandi

Toşkent şahridagi “Hilton Taşkent City” mehmonxonasida ötkazilgan III Özbekiston – Rossiya media forumida ikki mamlakat örta…
15:41 / 09.11.2026
Özbekiston terma jamoasining noyabr oyidagi yiğin uçun tarkibi e’lon qilindi

Özbekiston terma jamoasining noyabr oyidagi yiğin uçun tarkibi e’lon qilindi

Özbekiston milliy terma jamoasining joriy yil noyabr oyida FIFA kunlari doirasida ötkaziladigan yiğin uçun tarkibi ma’lum bö…
11:27 / 09.11.2026
Toşkentda III Özbekiston – Rossiya media forumi boşlandi

Toşkentda III Özbekiston – Rossiya media forumi boşlandi

Ayni paytda Toşkent şahridagi “Hilton” mehmonxonasida III Özbekiston – Rossiya media forumi öz işini boşladi. Özbekiston va …
10:50 / 09.11.2026
“Jamiyatdagi faol fuqaro” maqomini olganlarga avtokredit böyiça imtiyoz beriladi

“Jamiyatdagi faol fuqaro” maqomini olganlarga avtokredit böyiça imtiyoz beriladi

Özbekistonda “Jamiyatdagi faol fuqaro” maqomini olgan şaxslarga avtokredit boşlanğiç badalining bir qismini qoplab beriş, ko…
14:28 / 06.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!