Noyabr oyida davom etayotgan FIFA kunlarida hozircha turnirga Norvegiya, Portugaliya, Fransiya va Xorvatiya terma jamoalari saralab olindi.
Oktyabrda dastlab Misr, so‘ngra Jazoir, Gana, Kabo-Verde, JAR, Qatar, Angliya, Saudiya Arabistoni, Kot-d’Ivuar va Senegal JCh-2026 ga yo‘l olgan edi.
Sentyabrda esa Urugvay, Kolumbiya va Paragvay, shuningdek, Marokash va Tunis turnirning hal qiluvchi bosqichiga chiqdi.
Bungacha Yaponiya, Yangi Zelandiya, Eron, Argentina, O‘zbekiston, Janubiy Koreya, Iordaniya, Avstraliya, Ekvador va Braziliya terma jamoalari jahon chempionatiga yo‘llanmani naqd qilgandi. Turnirda AQSh, Kanada va Meksika terma jamoalari mezbon sifatida ishtirok etadi.
Ma’lumot uchun, ushbu musobaqada birinchi marta jami 48 ta jamoa ishtirok etadi. Turnir kelasi yilning 11-iyunidan 19-iyuliga qadar AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!