Rossiya favqulodda vaziyatlar vazirligining Omsk viloyati bo‘yicha rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, quvuridan gaz sizib chiqishi tufayli portlash sodir bo‘lgan. Hozir hududda 18 ta qutqaruvchi va 4 ta texnika ishlayotganligi e’lon qilindi.
Omsk viloyati gubernatori Vitaliy Xotsenko o‘z Telegram kanalida portlash quvur liniyasining yer osti qismida sodir bo‘lganligini ma’lum qilgan. Hodisaning asl sababi mutaxassislar voqea joyini tekshirib, o‘t o‘chiruvchilar yong‘inni bartaraf etgandan keyin aniqlanadi.
“Omsk tumani va mintaqamizning boshqa aholi punktlariga hech qanday tahdid yo‘q. Iltimos, xotirjam bo‘ling va faqat rasmiy ma’lumotlarga ishoning”, – deb yozgan gubernator o‘z postida.
Omsk viloyati tergov qo‘mitasi yong‘in faktlari bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv o‘tkazadi. Tergovchilar sodir bo‘lgan barcha holatlarni tekshirish va aniqlash uchun voqea joyiga yetib borgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida hech kim zarar ko‘rmagan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!