$
12088.98 UZS
23.49
154.47 UZS
-1.19
13801.99 UZS
47.33
31° Kechasi 18°

O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi savdo hajmi 1 milliard dollardan oshdi

14:18 / 17.11.2025

Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning kengaytirilgan tarkibda ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv avvalida Mirziyoyev davlat tashrifini ikki asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalari mustahkamligining yorqin ifodasi sifatida baholadi.

Muzokaralarda savdo, transport, energetika, suv xo‘jaligi kabi tarmoqlarda amalga oshirilgan ishlarning ijobiy natijalari tilga olindi. Prezident Mirziyoyev so‘nggi yillar davomida olingan barcha yutuqlarda Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning ulkan hissasini ham alohida qayd etdi.

Undan tashqari, mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmi ikki barobarga ko‘payib, 1 milliard dollardan oshgani ma’lum qilindi. Mamlakatlar mahsulot turlarini kengaytirish va erkin savdo imkoniyatlaridan foydalanish orqali bu ko‘rsatkichni 2 milliard dollarga yetkazish mumkinligi ta’kidlandi.

Shuningdek, “Shovot-Toshhovuz” chegaraoldi savdo zonasining ishga tushirilishi ham tovar ayirboshlashni ko‘paytirishga xizmat qiladi. Ushbu tajribani boshqa manzillarda, birinchi navbatda, “Olot-Farab” hududida qo‘llash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Sanoat kooperatsiyasini kengaytirish maqsadida qurilish materiallari, farmatsevtika, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa talab yuqori bo‘lgan tovarlar ishlab chiqarishga qaratilgan yangi loyihalarga biznesni faol jalb qilish muhimligi ta’kidlandi.

Energetika sohasida samarali va o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Yanada kengroq loyihalarga o‘tish, shu jumladan, istiqbolli konlarni birgalikda o‘zlashtirishga kelishib olindi.

Transport sohasi ikki mamlakat iqtisodiyotlarini bog‘laydigan muhim bo‘g‘in hisoblanadi. Yuk tashish hajmi o‘sib bormoqda, bojxona-logistika tartiblari soddalashtirilmoqda. Tomonlar Turkmanboshi portini birgalikda rivojlantirish va poytaxtlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni qayta tiklashga kelishib oldilar.

Erishilgan kelishuvlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash uchun yil oxirigacha Hukumatlararo komissiya va Ishbilarmonlar kengashining navbatdagi yig‘ilishlari o‘tkaziladi.

Yetakchilar gumanitar soha ko‘p qirrali aloqalarning mustahkam poydevori ekanligiga urg‘u berdilar. Urganch va Toshkentda Turkmaniston madaniyati kunlari va turkman filmlari namoyishlari muvaffaqiyatli o‘tkazilganini ta’kidladilar.

Hamkorlik sur’atini saqlab qolish uchun tomonlar o‘zaro konsertlar va teatrlarning ijodiy safarlarini muntazam ravishda o‘tkazish, Xivada Yoshlar forumini tashkil etish va birgalikda filmlar ishlab chiqarish amaliyotini davom ettirishga kelishib oldilar.

Sog‘liqni saqlash va tibbiyot fani borasidagi almashinuvlar faollashadi.

Muzokaralar yakunida davlat rahbarlari erishilgan barcha kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha keng qamrovli “yo‘l xaritasi”ni qabul qilish yuzasidan mas’ullarga topshiriq berdilar.


O‘zbekiston


														
														Buxoroda yong‘in chiqqan xonadondan uch kishi qutqarildi

Buxoroda yong‘in chiqqan xonadondan uch kishi qutqarildi

Buxoro viloyati Kogon shahridagi ko‘p qavatli uyda sodir bo‘lgan yong‘in vaqtida 3 nafar fuqaro qutqarildi.
16:51 / 15.07.2026

														
														Qashqadaryoda ham og‘ir yuk mashinalari harakati vaqtincha cheklandi

Qashqadaryoda ham og‘ir yuk mashinalari harakati vaqtincha cheklandi

Qashqadaryo viloyatida anomal issiq sabab og‘ir yuk avtomobillari harakatiga vaqtinchalik cheklov joriy etildi. Bu haqda vil…
11:08 / 15.07.2026

														
														“Open budjet” loyihasining ikkinchi mavsumi boshlandi

“Open budjet” loyihasining ikkinchi mavsumi boshlandi

O‘zbekistonda “Tashabbusli budjet” jarayonining 2026-yildagi ikkinchi mavsumiga start berildi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliy…
11:02 / 15.07.2026

														
														IChO 2026: Xalqaro kimyo olimpiadasining amaliy bosqichi boshlandi

IChO 2026: Xalqaro kimyo olimpiadasining amaliy bosqichi boshlandi

58-Xalqaro kimyo olimpiadasi (IChO 2026)ning eng muhim bosqichlaridan biri — amaliy imtihon rasman boshlandi.
10:52 / 15.07.2026

														
														Bugun, 15-iyul kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun, 15-iyul kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

15-IYULGA OB-HAVO PROGNOZI 14-iyul soat 20:00 dan 15-iyul soat 20:00 gacha
16:28 / 14.07.2026

														
														JSST O‘zbekistonni zilzila xavfi haqida ogohlantirdi

JSST O‘zbekistonni zilzila xavfi haqida ogohlantirdi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning ayrim hududlari yuqori seysmik faollik zonasida …
16:00 / 14.07.2026

														
														Navoiydagi ayrim bog‘chalar anomal issiq sabab vaqtincha yopildi

Navoiydagi ayrim bog‘chalar anomal issiq sabab vaqtincha yopildi

Navoiy viloyatining ayrim davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari anomal issiq sabab 4 kunga o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Bu h…
15:57 / 14.07.2026

														
														Lukashenko o‘zbekistonliklarni Belarusga ishga jalb etish tartibini tushuntirdi

Lukashenko o‘zbekistonliklarni Belarusga ishga jalb etish tartibini tushuntirdi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatga mehnat migrantlarini jalb qilish tartibi va ularga qo‘yiladigan talablar …
14:55 / 14.07.2026

														
														Samarqandda prokurorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqandda prokurorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan B…
11:17 / 14.07.2026

														
														Zangiotada soliqchi, Buvaydada muhandis pora bilan ushlandi

Zangiotada soliqchi, Buvaydada muhandis pora bilan ushlandi

Toshkent viloyatining Zangiota tumanida Soliq inspeksiyasi bosh inspektori tadbirkorga qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan 160 mln …
09:58 / 14.07.2026

Bu ham qiziq

Navoiydagi ayrim bog‘chalar anomal issiq sabab vaqtincha yopildi

Navoiydagi ayrim bog‘chalar anomal issiq sabab vaqtincha yopildi

Navoiy viloyatining ayrim davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari anomal issiq sabab 4 kunga o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Bu h…
15:57 / 14.07.2026
Sirdaryoda 1,5 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan metan “zapravka” aniqlandi

Sirdaryoda 1,5 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan metan “zapravka” aniqlandi

Sirdaryo viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasi (AGTKSH) fosh e…
15:07 / 14.07.2026
Samarqandda prokurorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqandda prokurorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan B…
11:17 / 14.07.2026
Buxoroda yong‘in chiqqan xonadondan uch kishi qutqarildi

Buxoroda yong‘in chiqqan xonadondan uch kishi qutqarildi

Buxoro viloyati Kogon shahridagi ko‘p qavatli uyda sodir bo‘lgan yong‘in vaqtida 3 nafar fuqaro qutqarildi.
16:51 / 15.07.2026
Bugun Prezident Bekobod shahriga tashrif buyuradi

Bugun Prezident Bekobod shahriga tashrif buyuradi

Bugun, 13-iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining Bekobod shahriga tashrif buyuradi. Bu haqda Prezident…
09:28 / 13.07.2026
“Open budjet” loyihasining ikkinchi mavsumi boshlandi

“Open budjet” loyihasining ikkinchi mavsumi boshlandi

O‘zbekistonda “Tashabbusli budjet” jarayonining 2026-yildagi ikkinchi mavsumiga start berildi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliy…
11:02 / 15.07.2026
Bogdan Guskov UFC sobiq chempioni Magomed Ankalayevga qarshi jang qiladi

Bogdan Guskov UFC sobiq chempioni Magomed Ankalayevga qarshi jang qiladi

O‘zbekistonlik UFC jangchisi Bogdan Guskov navbatdagi jangini yarim og‘ir vazn toifasining sobiq chempioni Magomed Ankalayev…
15:20 / 14.07.2026
Buxoroda ham bog‘chalar vaqtincha yopildi

Buxoroda ham bog‘chalar vaqtincha yopildi

Buxoro viloyatida havo harorati 44–45 darajagacha ko‘tarilishi kutilayotgani sababli barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlari…
16:37 / 15.07.2026
O‘zbekistonda anomal issiq sabab bog‘chalar vaqtincha yopilishi mumkin

O‘zbekistonda anomal issiq sabab bog‘chalar vaqtincha yopilishi mumkin

O‘zbekistonda kutilayotgan anomal issiq havo sababli bog‘chalar vaqtincha yopilishi mumkin.
16:27 / 13.07.2026
Toshkent metrosiga yana 3 ta yangi poyezd olib kelindi

Toshkent metrosiga yana 3 ta yangi poyezd olib kelindi

Toshkent metropoliteniga yana 3 ta zamonaviy to‘rt vagonli harakat tarkibi olib kelindi.
10:39 / 13.07.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!