$
11997.83 UZS
18.19
167.31 UZS
-0.21
13967.87 UZS
66.7
31° Kechasi 18°

«Masha va Ayiq» multfilmi qanday tayyorlanadi?

07:52 / 25.01.2016

«Animakkord» animatsion studiyasi 2008 yilda tashkil topgan. Uning birinchi loyihasi «Masha va Ayiq» multfilmidir. Hozirgacha uning 52ta qismi chiqarilgan bo‘lib,  «Masha plyus kasha» deb nomlangan qismi milliard marta ko‘rilgan — hali YouTubeda birorta ham rossiya roligi buncha marta ko‘rilmagan. «Masha va Ayiq»ni dunyoning 22ta mamlakatidagi bolalar sevib tomosha qilishadi. «Masha va Ayiq» multfilmi 3D-animatsiya texnologiyasi asosida HD formatida ishlangan. The Village sayti multfilm qanday yaratilishi bilan qiziqdi.


Hammasi qanday boshlangan?

1. Studiyaning badiiy rahbari Oleg Kuzovkov «Masha va Ayiq» multfilmi bilan shug‘ullanishni 2007 yilda boshlagan. Avval investorlarni izlagan, so‘ngra jamoa tuzgan. U ssenariy muallifi Denis Chervyatsovga qo‘ng‘iroq qilib, «Rejissyor bo‘lishni istaysanmi? Multfilm suratga olyapman», degan. Denis Chervyatsov reklamalardagi 3D-grafika bilan shug‘ullanar, lekin multfilm yaratish jarayonida ishtirok etishi judayam xohlardi. Shuning uchun u darhol rozi bo‘ldi. O‘sha paytda ssenariy yo‘q edi, shunchaki Masha ismli qizaloq o‘rmonda adashib qolib Ayiq bilan tanishishi g‘oyasi bor edi xolos. Shunda Kuzovkov bilan Chervyatsov birinchi qismning ssenariysini yozishadi. So‘ngra esa multfilmni tayyorlash uchun tanish studiyaga murojaat qilishadi.

2. Tayyor bo‘lgan multfilmni YouTubega joylashtirishadi. Loyihaning badiiy rahbari foydalanuvchilarning izohlarini hayajon bilan o‘qib chiqishganini eslaydi. Tez orada multfilmni davlat teleradiokompaniyasi qo‘llab-quvvatladi, keyin esa «Xayrli tun, kichkintoylar» ko‘rsatuvida namoyish etildi. Shundan so‘ng multfilmning davomini ishlashga qaror qilishdi, jamoa shakllana bordi. Hozirda studiyada 100ga yaqin kishi mehnat qiladi. Multfilmning bitta qismi yetti daqiqa davom etadi, uni tayyorlash uchun o‘rtacha uch-to‘rt oy vaqt ketadi. 

Multfilm qanday tayyorlanadi?

3. Hammasi studiya asoschisi Oleg Kuzovkovning ssenariy yozishidan boshlanadi. Bitta qismda sodir bo‘ladigan barcha voqealar ikki varaq qog‘ozga jo bo‘ladi. Ssenariy tayyor bo‘lgach, rassom har bir sahna uchun rasm chizadi —storibord tayyorlaydi. Storibordda 2 mingtagacha sahna ko‘rinishi bo‘lishi mumkin, lekin ularning hammasi ham multfilmga kiritilmaydi.

6. So‘ngra storibord 2D-animatik bo‘limiga tushadi. Bu yerda mutaxassislar suratlarni xronologik tartibda joylashtirishadi va epizodlarga bo‘lishadi. Har bir epizod qancha vaqt davom etishi, qahramonlar qanday harakatlar qilishi va bosh qahramon — Mashaning nima deyishi aniqlanadi. Shundan so‘ng unga ovoz beriladi — 14 yoshli Alina Kukushkinaning ovozi yozib olinadi. U «Masha»ga aylanganida atigi olti yoshda edi. Uchinchi mavsumning yangi qismlarida aktrisa Varya Saranseva ovoz bermoqda.  

9. So‘ngra tekis 2D-obektlar va qahramonlar hajmli 3D-shakllarga aylanadi. Bu bilan modellerlar shug‘ullanadi. Bazada multfilmda ishlatilgan barcha buyumlar saqlanadi. Shuning uchun Masha yoki Ayiq uchun har safar yangi model yaratish shart bo‘lmaydi. Lekin barcha qismlarda birinchi marta paydo bo‘ladigan buyumlar uchraydi — masalan, yangi bosh kiyimlar, uylar, transport kabi. Ularning barchasi yangitdan yaratiladi: dastlab rassom ularni chizadi va 2D-animatik bo‘limiga jo‘natadi, so‘ngra 3D-animatik bo‘limiga o‘tadi.

10. Har bir model setap bo‘limiga o‘tadi. Bu yerda mutaxassis barcha harakatlanuvchi qismlarga boshqaruv elementlarini birlashtirib chiqadi. Ular yordamida kadrdagi buyumlar harakatga keltiriladi. Animatorlar ular orqali pardani qimirlatishlari, Mashani raqsga tushirishlari, Ayiqni kalovlantirishlari mumkin bo‘ladi. Modellerlar qahramonlarning yig‘i, kulgi, ajablanish kabi tuyg‘ularii ishlab chiqishadi. Barcha buyumlar modellashtirilgach, teksturing jarayoni boshlanadi. Bu yerda oq-qora xomashyodan to‘laqonli rangli qahramon yaratiladi. 

11. Nihoyat animatorlar ishga kirishadilar. Ular kadrdagi barcha narsalarni boshqarishadi. Eshiklarni ochishadi, javondan kitoblarni olishadi, Mashaning lablarini u aytadigan so‘zlarga moslab harakatga keltirishadi. Matnda nimalar yozilganini bilib turish uchun animatorlar matn yozilgan audioyozuvni go‘shaklar orqali eshitib turishadi. Teksturing jarayoni ikki-uch oy vaqtni oladi.

14. Animatsiyadan so‘ng multfilm render bo‘limiga o‘tadi, bu yerda mutaxassislar kadrdagi yorug‘likni joyiga qo‘yishadi, kulrang modellarga qo‘shimcha unsurlarni kiritishadi. Qahramonlarning sochlari paydo bo‘ladi, jonivorlarning yungi o‘sib chiqadi, archalar ignalar bilan qoplanadi. Kun va yil davri, ob-havo holati ham renderdan so‘ng paydo bo‘ladi.

15. Shundan so‘ng multfilm so‘nggi bosqichga yetib keladi. Kompoz bo‘limida mutaxasssilar barcha qismlarni birlashtirishadi va yagona mahsulotga aylantirishadi. Multfilmning oxirgi varianti badiiy rahbar ko‘rigidan o‘tgach, YouTube va iTunesga joylashtiriladi.


Bu ham qiziq

27-iyun kungi ob-havo ma’lumoti

27-iyun kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
16:39 / 26.05.2026
Qurbon hayiti va dam olish kunlarida qaysi tibbiyot muassasalari ishlaydi?

Qurbon hayiti va dam olish kunlarida qaysi tibbiyot muassasalari ishlaydi?

Aholi salomatligini asrash, xususan, bayram va dam olish kunlarida tibbiyot muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirib borish…
17:12 / 26.05.2026
23-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

23-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechga tomon biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumki…
17:51 / 22.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Si Jinpingga hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Si Jinpingga hamdardlik bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xitoyning Shansi provinsiyasidagi ko‘mir konida yuz bergan portlash oqibatida ko‘plab insonlar …
02:13 / 24.05.2026
Afg‘onistonda O‘zbekiston boshqaruvidagi yangi quruqlik porti ishga tushdi

Afg‘onistonda O‘zbekiston boshqaruvidagi yangi quruqlik porti ishga tushdi

Afg‘onistonning Mozori-Sharif shahrida “Hayraton — Mozori-Sharif” temiryo‘l liniyasining 5-sonli quruqlik porti foydalanishg…
08:49 / 23.05.2026
AQSh va Eron sulh tuzishga yaqin

AQSh va Eron sulh tuzishga yaqin

Turkiya Eron va AQSh o‘rtasida siyosiy murosaga kelish ehtimoli borligini e’lon qildi.
15:43 / 25.05.2026
Afg‘onistonga O‘zbekiston xalqining insonparvarlik yordami yetkazildi

Afg‘onistonga O‘zbekiston xalqining insonparvarlik yordami yetkazildi

Afg‘oniston rasmiylari O‘zbekiston Prezidenti va xalqiga ko‘rsatayotgan insonparvarlik yordami uchun minnatdorchilik bildiri…
17:26 / 25.05.2026
26-may kungi ob-havo ma’lumoti

26-may kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
16:19 / 25.05.2026
Afg‘onistonda O‘zbekiston boshqaruvidagi yangi quruqlik porti ishga tushdi

Afg‘onistonda O‘zbekiston boshqaruvidagi yangi quruqlik porti ishga tushdi

Afg‘onistonning Mozori-Sharif shahrida “Hayraton — Mozori-Sharif” temiryo‘l liniyasining 5-sonli quruqlik porti foydalanishg…
08:47 / 23.05.2026
O‘zbekistonda doktorantlar stipendiyasi 1,7 barobarga oshiriladi

O‘zbekistonda doktorantlar stipendiyasi 1,7 barobarga oshiriladi

O‘zbekistonda doktorantlar stipendiyasi 1,7 barobarga oshiriladi
08:27 / 26.05.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!