Yaqinda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 275-sonli maktabda informatika fani o‘qituvchisi va o‘quvchilar o‘rtasida yuz bergan holat ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lgandi.
Mazkur holat bo‘yicha o‘tkazilgan rasmiy tekshiruv natijasida vaziyatga aniqlik kiritildi: o‘qituvchi aybsiz deb topildi.
Aniqlanishicha, pedagog dars jarayonida o‘z kasbiy faoliyati va obro‘sini qonun doirasida himoya qilgan. Intizomni buzgan ayrim o‘quvchilarning ota-onalariga nisbatan esa belgilangan tartibda ma’muriy choralar ko‘rilgan.
Ushbu voqea jamiyatimiz uchun muhim xulosa beradi: adolat tizimi ishlaydi va pedagog sha’ni qonun himoyasida. O‘qituvchi — kelajak avlodni tarbiyalaydigan muhim shaxs, uning obro‘si va qadr-qimmati davlat tomonidan himoya qilinadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!