$
11934.64 UZS
-14.39
164.14 UZS
-2.14
13896.69 UZS
-25.12
31° Kechasi 18°

O‘ziga-o‘zi gapirish telbalik emas, donolikdir

05:39 / 27.02.2015

XABARDOR.UZ / HAYoT / PSIXOLOGIYa / TAVSIYa. Vaqti-vaqti bilan o‘zimizda, aniqroq aytadigan bo‘lsak, ruhiyatimizda kechayotgan mavhum tuyg‘ular bilan yuzma-yuz kelishimizga to‘g‘ri keladi. Biz ularni qayerdan paydo bo‘lganini va qachon g‘oyib bo‘lishini aniq aytib bera olmaymiz. Barcha savollar birgina tushuncha atrofida aylanadi: “Men”.

Shu o‘rinda kichik maslahat berib o‘tmoqchimiz. Agar nimanidir, masalan o‘ta jiddiy masalanimi yoki kichik muammonimi, hal etishga to‘g‘ri kelsa o‘zingizga nisbatan “Sen” tushunchasida yoki uchinchi shaxs ko‘rinishida murojaat eting.

BUNING NAFI NeChOG‘LIK?

E'tibor berganmisiz vaqti bevaqt o‘zimiz bilan o‘zimiz suhbatlashib turamiz, ayniqsa, muammolar girdobida qolsak. Bu yaxshi hislat. Ishonavering. Chunki bu orqali fikrlarimizni bir joyga yig‘amiz va holat haqida yetarlicha tushunchaga ega bo‘lamiz. 

Bunday vaziyatlarda kimdir o‘ziga “Azizim”, yana kimdir esa “Men majburman” qabilida murojaat etadi. Bu yaxshi, biroq o‘z-o‘ziga “Sen” tarzida yoki uchinchi shaxs sifatida murojaat qilsa, undanda a'loroq bo‘ladi.

BUNGA DALILLAR BORMI?

“Harvard Business Review” ilmiy tadqiqotchilarining fikricha, aynan ana shu yo‘l bilan kishi o‘zida sodir bo‘layotgan hissiyotlarni, qo‘rquvni, fikrlarni hamda xatti-harakatni yaxshi nazorat qila bilarkan. 

Masalan, odamlar qarshisida nutq so‘zlashdan oldin o‘ziga-o‘zi “Men tinchlanishim kerak” yoki “Men barchasini uddalayman” degan gapdan ko‘ra yuqoridagi usulni qo‘llaganlar ko‘proq muvaffaqiyatga erishgan. Ular chiqish paytida gaplarini yo‘qotib qo‘yishmagan, o‘zlarini juda yaxshi tutishgan. Bu esa ularni hech qanday stressga tushmaganliklaridan dalolat beradi. 

BU USULGA BUTUNLAY TAYaNIB QOLISh KeRAKMI, YO‘QMI?

Yodda tutish lozimki, Inson aqlli mavjudot. U boshqa yaratiqlardan ana shu jihati bilan ajralib turadi. Yuzaga kelgan muammoga nisbatan aql ila yondashmoq zarur. Har bir xatti-harakatni nazoratga ola bilmoq kerak.

Vaterloo universiteti olimlari shu masala yuzasidan ajoyib tadqiqot o‘tkazishdi. Ular bir guruh odamlarni yig‘ib, hamkorlarining aldovi haqida yoki birinchi shaxs nomidan yoki uchinchi shaxs nomidan yozishni iltimos qilishdi. Natija shuni ko‘rsatdiki, o‘z shaxsiy “men”idan ozod qatnashchilar vaziyatga hissiyotlardan holi, oqilona yondashishgan. 

Muammoga uni hal etish nuqtai nazari bilan qaragan foydalidir.

Malala Yusufzay, inson huquqlari himoyachisi:

— Bir kuni dabdurustdan, agar birorta jangari meni o‘ldirsa, nima bo‘ladi, deb o‘ylab qoldim. Shunda o‘zimdan o‘zim so‘radim: “Malala, agar u shu maqsadda yoninga kelsa nima qilasan?”. O‘zimning savolimga o‘zim javob qaytardim: “Poyabzalingni yech-da, unga qarab uloqtir. Agar shunday qilsang, hech narsaga erishmaysan, shunchaki o‘lib ketasan. Kim bo‘lishidan qat'i nazar, boshqalarga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lmasliging kerak. Xotirjamlik, chiroyli suhbat va bilim orqali barchasini uddalasa bo‘ladi”. Va shunday xulosaga keldim: “Men haligi jangariga unga yaxshilik tilashimni, uning bolalari yaxshi inson bo‘lib voyaga yetishlarini istashimni va bunga imkon bo‘lsa o‘z hissamni qo‘shishimni aytaman”.

Hayot murakkab emas, shunchaki biz yashashni qiyinlashtiramiz, xolos. Mashhur hind donishmandi va yozuvchisi Robindranat Thokur aytganidek: “Biz hayot kitobini noto‘g‘ri o‘qiymizda, keyin u bizni aldadi deb, olamga jar solib yuramiz”.

XABARDOR.UZ / Graff tayyorladi


Bu ham qiziq

Farg‘onada Nexia-2 Onix bilan to‘qnashib ketdi

Farg‘onada Nexia-2 Onix bilan to‘qnashib ketdi

Natijada, Nexia-2 rusumli avtomobil haydovchisi Yu.I shifoxonada vafot etgan.
11:42 / 01.06.2026
Tramp surati tushirilgan kupyuralar chiqarilishi mumkin

Tramp surati tushirilgan kupyuralar chiqarilishi mumkin

Ammo AQSh qonunchiligi tirik shaxslar suratini milliy valyutada aks ettirishni taqiqlaydi.
12:33 / 01.06.2026
Kichik va o‘rta biznesni qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash choralari

Kichik va o‘rta biznesni qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash choralari

alkogol mahsulotlarini chakana sotish huquqi uchun hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini rea…
17:42 / 30.05.2026
2-iyun kungi ob-havo ma’lumoti

2-iyun kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi…
17:24 / 01.06.2026
Netanyaxu SAXALga Livandagi harbiy amaliyotlarni yanada kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatma berganini ma’lum qildi

Netanyaxu SAXALga Livandagi harbiy amaliyotlarni yanada kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatma berganini ma’lum qildi

Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil kuchlari kuchli mudofaa chiziqlarini yorib o‘tgan, strategik ahamiyatga ega hududlarni nazora…
17:38 / 31.05.2026
Kafe va restoranlarda ishga olish tartibi soddalashtiriladi

Kafe va restoranlarda ishga olish tartibi soddalashtiriladi

O‘zbekistonda joriy yilning 1-iyunidan e’tiboran kafe, restoran va umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkor…
14:19 / 30.05.2026
Quduqqa tushib ketgan 5 yoshli bola qutqarildi

Quduqqa tushib ketgan 5 yoshli bola qutqarildi

Shifokorlarning ma’lum qilishicha, bolaning ahvoli yaxshi.
17:48 / 02.06.2026
Qozog‘iston Eron uranini qabul qilishi mumkin

Qozog‘iston Eron uranini qabul qilishi mumkin

Qozog‘iston Eron yadro dasturi bo‘yicha AQSh va Eron o‘rtasida kelishuvga erishilgan taqdirda, Eronning uran zaxiralarini qa…
14:12 / 30.05.2026
O‘zbekistonning xalqaro maydondagi ishonchi yanada mustahkamlandi

O‘zbekistonning xalqaro maydondagi ishonchi yanada mustahkamlandi

Xalqaro reyting agentligi Fitch Ratings O‘zbekistonning suveren kredit reytingi prognozini “Barqaror” (Stable) darajasidan “…
19:11 / 03.06.2026
Soliq qo‘mitasi aprel oyi uchun 143,6 milliard so‘mlik keshbekni tasdiqladi

Soliq qo‘mitasi aprel oyi uchun 143,6 milliard so‘mlik keshbekni tasdiqladi

Soliq qo‘mitasi 2026-yil aprel oyida amalga oshirilgan xaridlar bo‘yicha keshbek to‘lovlarining asosiy qismini tasdiqladi.
08:47 / 03.06.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!