Qarshi shahar tug‘ruqxonasida 1-oktyabr kuni 3 nafar egizak dunyoga keldi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.
Egizaklarning uchalasi ham o‘g‘il bola.
Chaqaloqlar Qarshi tumani Uzunnavo mahallasida yashaydigan Murodovlar oilasida dunyoga kelgan. Bolalarning onasi Shahlo Husanova 30 yoshda, viloyat teri-tanosil shifoxonasida hamshira bo‘lib ishlaydi. Otasi – Iskandar Murodov esa 37 yoshda, Milliy gvardiya xodimi.
Egizaklarning vazni – 2,1, 2,4 va 2,2 kilogrammdan iborat.
Ota-onasi chaqaloqlarga so‘nggi 5 yilda “trend”da bo‘lgan Shavkat, Miromon va Mirziyo ismlarini qo‘yishgan.
Ayni paytda oiladagi bolalar soni 5 nafarga yetdi. Bungacha Murodovlarning bir o‘g‘il, bir qizi bo‘lgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!