$
12915.90 UZS
11.39
162.44 UZS
0.45
14658.25 UZS
82.61
28° Kechasi 17°

Prezident “Navoiyazot”dagi yangi korxonalar qurilishini ko‘zdan kechirdi

16:07 / 28.12.2019

“Navoiyazot” AJni modernizatsiya qilish, quvvatini kengaytirish maqsadida uchta yirik investitsion loyiha rejalashtirilgan edi. 
 
O‘zbekiston davlat rahbari shulardan ikkitasi – ammiak va karbamid hamda azot kislotasi ishlab chiqarish korxonalari qurilishini ko‘zdan kechirdi.  

Birinchi loyihaning umumiy qiymati qariyb 1 milliard dollar bo‘lib, uning samarasida yiliga 660 ming tonna ammiak va 580 ming tonnadan ziyod karbamid olish imkoniyati yaratiladi. 500 ga yaqin ish o‘rni paydo bo‘ladi. Korxonani kelgusi yili ishga tushirish, yiliga 136 million dollarlik mahsulot eksport qilish rejalashtirilgan. 

Yaponiyaning “Mitsubishi Heavy Industries” va “Mitsubishi Corporation” kompaniyalari konsorsiumi bilan hamkorlikda qurilayotgan yangi korxonada zamonaviy texnologiyalar qo‘llanishi evaziga yiliga 735 million kilovatt-soat elektr energiyasi tejaladi, atmosferaga chiqadigan karbonat angidrid gazlari miqdori ham kamayadi. 

Tashrif davomida O‘zbekiston Prezidenti korxonaning ishchi va muhandislari bilan suhbatlashdi. Bunday ishlab chiqarish quvvatlari mamlakat iqtisodiyoti uchun muhimligini, yuqori samaradorligi bilan ko‘plab tarmoqlarga, xalqqa katta manfaat keltirishini ta’kidladi.  

“Navoiyazot”da qurilayotgan yana bir yirik korxona – Azot kislotasi ishlab chiqarish majmuasi hisoblanib, uning umumiy qiymati 217 million dollarga teng. Ushbu obyekt Shveysariyaning “CASALE SA” kompaniyasi bilan hamkorlikda bunyod etilmoqda.  

Bu korxona yiliga 500 ming tonna mahsulot tayyorlash quvvatiga ega bo‘ladi. Hozirgi kunda uskuna va jihozlar o‘rnatilib, qurilish-montaj ishlari yakunlanmoqda. Uni 2020-yil fevral oyida ishga tushirib, mart oyida birinchi mahsulot chiqarilishi rejalashtirilgan. 

Shu tariqa 55 yil oldin qurilgan, har tomonlama eskirgan azot kislotasi sexlari foydalanishdan chiqariladi. Eng muhimi, 1 tonna mahsulot ishlab chiqarish uchun elektr energiyasi sarfi 18 barobar kamayadi, havoni ifloslantiradigan 150 ming tonna miqdoridagi gazlar tutib qolinadi. 

Davlat rahbari bu omil Navoiy viloyati ekologiyasi, havo musaffoligi, aholi salomatligi uchun g‘oyat muhimligini alohida ta’kidladi. 

Ma’lumot uchun, dunyoda bu turdagi zavodlar faqat ikki davlatda – Fransiya va Chexiyada mavjud. “Navoiyazot”da barpo etilayotgani uchinchisi hisoblanadi. 

“Navoiyazot” AJda hozirda qariyb 9 ming ishchi-muhandis mehnat qiladi. Shuningdek u yerda 70 dan ortiq noyob mahsulot ishlab chiqariladi.


Bu ham qiziq

Fransiya Pavel Durovga AQShga borishini taqiqladi

Fransiya Pavel Durovga AQShga borishini taqiqladi

Bu haqda Politico xabar bermoqda.
19:53 / 24.05.2025
Andijondagi “dom”da yong‘in sodir bo‘ldi

Andijondagi “dom”da yong‘in sodir bo‘ldi

Yong‘in natijasida aholi yashash xonadonining taxminan 15 kv/metr maydonda uy ro‘zg‘or buyumlari yonib zararlangan.
21:05 / 24.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentdagi ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi

25-may kuni soat 18:10 da Toshkent shahar Uchtepa tumani, “Vatan” MFY  26-dahada joylashgan ko‘p qavatli uylarning biridagi …
19:29 / 25.05.2025
Imom ota qishlog‘iga “Turizm qishlog‘i” maqomi berildi

Imom ota qishlog‘iga “Turizm qishlog‘i” maqomi berildi

Andijon viloyati, Xo‘jaobod tumani Imom ota qishlog‘iga “Turizm qishlog‘i” maqomini tasdiqlovchi sertifikat topshirildi.
20:10 / 25.05.2025
Samarqandda MChJ 5,3 mlrd so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalandi

Samarqandda MChJ 5,3 mlrd so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalandi

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
19:11 / 24.05.2025
Imtiyozli toifaga kiruvchilar davlat hisobidan davolanadigan kasalliklar ro‘yxati yangilandi

Imtiyozli toifaga kiruvchilar davlat hisobidan davolanadigan kasalliklar ro‘yxati yangilandi

Prezident farmoniga ko‘ra, O‘zbekistonda imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslar davlat hisobidan davolanadigan kasalliklar ro‘y…
17:22 / 25.05.2025
Chilonzorda Nexia-3 va Lacetti to‘qnashib ketdi

Chilonzorda Nexia-3 va Lacetti to‘qnashib ketdi

YTH natijasida har ikkala transport vositasi haydovchisi hamda Nexia-3 avtomashina yo‘lovchisiga birinchi yordam ko‘rsatilga…
09:39 / 25.05.2025
Farg‘onada o‘z xonadonida ko‘knori va nasha ekkan shaxs ushlandi

Farg‘onada o‘z xonadonida ko‘knori va nasha ekkan shaxs ushlandi

Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, …
14:50 / 24.05.2025
24-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

24-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 17-19 daraja, kunduzi 31-33 daraja bo‘ladi.
22:08 / 23.05.2025
O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p nikoh qayd etilayotgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p nikoh qayd etilayotgani ma’lum qilindi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-aprel oylarida, respublika bo‘yicha 59 598 ta nikoh ho…
10:43 / 25.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!