$
12149.84 UZS
7.74
151.10 UZS
0.57
14003.91 UZS
-76.07
31° Kechasi 18°

Shaxsiy samaradorlikni oshirish haqidagi yetti ma'ruza

14:25 / 07.06.2019

Shaxsiy samaradorlik – zamonaviy dunyodagi muhim ko‘nikmalardan biri. Bu tushuncha zo‘riqishga nisbatan chidamlilik, maqsad sari intilish, qiziquvchanlik kabi tushunchalarni o‘z ichiga oladi.

Siz yuqoridagi ko‘nikmalaringiz bilan maqtana olmasangiz ham ularni rivojlantirish hech qachon ortiqchalik qilmaydi. Buni amalga oshirishda sizga qo‘l keladigan yetti ma'ruza esa quyidagilardan iborat.

«Nima uchun maqsadlarni emas, qo‘rquvlarni aniqlash kerak?»

Tim Ferrisning depressiyali vaziyatlardan chiqish haqidagi shaxsiy tajribasi. U o‘z ma'ruzasida qo‘rquvni aniqlash texnikasi haqida hikoya qiladi. Uning uslubi oddiy, biroq samarali. Dastlab voqealarning eng salbiy variantlarini tasavvur qilish kerak, keyin esa ularni yozish va chiqish yo‘lini izlash lozim. Mohiyat qo‘rquvni «o‘z miyangizda» boshdan kechirish va chuqur o‘ylangan qaror qabul qilishdan iborat.

«Yodda saqlash bo‘yicha mohir kishiga aylanish»

Idriz Zogay miyangizning faol xotira texnologiyalarini kundalik hayotda qo‘llash haqida hikoya qiladi. U yodlash texnikalarini o‘rgatadi va zal bilan mashqlar o‘tkazadi. Uning usullari xotirani yaxshilash, aqliy qobiliyatni rivojlantirish, katta hajmli ma'lumotlarni qanday saqlashni o‘rgatadi.

«Qanday qilib o‘z-o‘zingizni aldashni bas qilish mumkin?»

Mel Robbins ilk qadamni qo‘yish va o‘z-o‘ziga nisbatan ishonchsizlik hissini boshdan kechirishga majbur qiladigan hodisalarga ilmiy asoslar keltiradi. U muammoni anglash va tushunish – uni yechishning yarmi ekanini aytadi. Ma'ruzachi aqliy qopqonlarga tushib qolmaslik va harakatni boshlashda yordam beradigan oddiy texnikalarni taklif etadi.

«Hislarni muvofiqlashtirish mexanizmi»

Hislarni qanday nazorat qilish mumkin? Salbiy hislar qayerdan paydo bo‘ladi? O‘zingizni doimiy ravishda nazorat qilsangiz nima bo‘ladi?

Psixologiya fanlari nomzodi Mariya Padun ana shu savollarga javob beradi va biz o‘zimizning shaxsiy hislarimiz, fikrlarimiz va axloqimizni qanday nazorat qilishimiz haqida hikoya qiladi.

«Nazorat qilinmaydigan zo‘riqish»

Biolog Dmitriy Jukov zo‘riqishning paydo bo‘lishi haqidagi savolga javob beradi. Uning kelib chiqishi qanday? Uni qanday boshqarish mumkin? Zo‘riqish reaksiyasining paydo bo‘lishi haqidagi psixologik omillarga javob beradi.

«Qanday qilib to‘g‘ri o‘rganish mumkin?»

Netvorking bo‘yicha mutaxassis Maksim Chernov yangi bilimlarni samarali o‘zlashtirish, ishlar oqimida diqqatni yo‘qotmaslik, vaqtni behuda sarflamaslik haqidagi maslahatlari bilan o‘rtoqlashadi.

«O‘zgalar fikriga tobelik»

Olam va undagi o‘rnimizni his etishimizda atrofdagi odamlar ta'sir ko‘rsatishi tabiiy. Biroq ularning fikri zaharli bo‘lsa, nima qilish kerak? Yoki ular ataylab bizga zarar keltirishga intilishadimi?

Psixolog Mixail Labkovskiy o‘zgalar fikriga tobelikni bartaraf etish va qadr-qiymatni oshirish haqida hikoya qiladi.

O‘ylaymizki, yuqoridagi ma'ruzalar barkamol inson bo‘lishingizda o‘z hissasini qo‘shadi.


Bu ham qiziq

3-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

3-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kec…
16:11 / 02.04.2026
Endi nomingizda bo‘lmagan telefon raqam bilan bank ilovasiga kira olmaysiz

Endi nomingizda bo‘lmagan telefon raqam bilan bank ilovasiga kira olmaysiz

22-apreldan boshlab mobil bank ilovalaridan foydalanish uchun telefon raqami aynan foydalanuvchi nomiga rasmiy ro‘yxatdan o‘…
16:49 / 03.04.2026
Farg‘onada yirik narkoguruh fosh etildi

Farg‘onada yirik narkoguruh fosh etildi

5 nafar sudlanuvchi tegishliligi bo‘yicha Jinoyat Kodeksining 246, 273 va 276-moddalari bilan aybdor deb topilib, ularga nis…
11:19 / 02.04.2026
Namangan–Dehli yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Namangan–Dehli yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Ushbu yo‘nalishidagi qatnovlar har haftaning juma kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
16:25 / 03.04.2026
Kichik halqa yo‘lida (KHAY) ta’mirlash ishlarining uchinchi bosqichi boshlandi

Kichik halqa yo‘lida (KHAY) ta’mirlash ishlarining uchinchi bosqichi boshlandi

Shu sababli ayrim ko‘chalarda transportlar harakati vaqtincha cheklandi.
10:28 / 04.04.2026
Qirg‘izistonda Qamchibek Tashiyevning ukasi qo‘lga olindi

Qirg‘izistonda Qamchibek Tashiyevning ukasi qo‘lga olindi

U davlatga 4,1 milliard qirg‘iz so‘mi (47 million dollar) miqdorida zarar yetkazganlikda gumon qilinmoqda.
10:15 / 02.04.2026
Mahalla va OAV hamkorligi – yangi bosqichda!

Mahalla va OAV hamkorligi – yangi bosqichda!

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev hamda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi vazifasini bajaru…
09:41 / 02.04.2026
Endi O‘zbekistonda jarimani avtomobil egasi emas, qoidani buzgan haydovchi to‘laydi

Endi O‘zbekistonda jarimani avtomobil egasi emas, qoidani buzgan haydovchi to‘laydi

Bundan tashqari, mazkur qaror bilan qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, avtomototransport vositasini ro‘y…
12:37 / 01.04.2026
Erondagi ko‘prikka uyushtirilgan hujum natijasida halok bo‘lganlar soni 13 kishiga yetdi

Erondagi ko‘prikka uyushtirilgan hujum natijasida halok bo‘lganlar soni 13 kishiga yetdi

Tehron va Karaj o‘rtasidagi Eronning V1 ko‘prigiga AQSh-Isroil hujumi natijasida halok bo‘lganlar soni 13 kishiga yetdi.
09:50 / 04.04.2026
Tojikistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

Tojikistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
15:36 / 03.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!