$
11997.83 UZS
18.19
167.31 UZS
-0.21
13967.87 UZS
66.7
31° Kechasi 18°

Kun tarixi: Yangi Zelandiyani kim kashf qilgan?

12:50 / 06.10.2019

1769-yil 6-oktabr kuni ingliz dengizchi-sayyohi Jeyms Kuk Yangi Zelandiyani kashf qilgan. Biroq, XVII asrda Niderlandiyalik bir guruh ekspeditor dengizchilar Abel Tasman boshchiligida Tinch okeanining janubi-sharqida yangi orolni ochgani haqida ham ma’lumotlar uchraydi. 1643-yilning 4-yanvarida Tasman Yangi Zelandiyaning eng chekka shimoli-g‘arbiy nuqtasiga yetib bordi.

Похожее изображение

Ammo dengizda ko‘tarilgan bo‘ron sayyohga Shimoliy orolni to‘la o‘rganish imkonini bermagan. Shuning uchun ham Yangi Zelandiya o‘sha davrdagi xaritalarda Janubiy materik (Avstraliya)ning bir qismi sifatida ko‘rsatilgan. Tasman sayohatidan so‘ng oradan 127 yil o‘tgach, ya’ni 1769-yilda J.Kuk tomonidan bu yerlarning to‘liq xaritasi tuzilgan va u Janubiy materikning tarkibiy qismi emas, balki maydoni Buyuk Britaniyanikidan kattaroq bo‘lgan ikkita katta oroldan iborat ekani isbotlandi.

Похожее изображение

Bu yerdagi mahalliy xalq – maorilar o‘z yerlarini “Aotearoa” deb atashar edi. Bu so‘z esa “Uzun oq bulutlar mamlakati” ma’nosini bildiradi.
Tasman Zelandiyani kashf qilganida yerlik aholini o‘ziga bo‘ysundira olmaydi. Undan keyin Jeyms Kuk yana Janubiy orollarni diqqat bilan o‘rgandi, yangi orollarni dengiz xaritasiga qo‘shdi. Uning izlanishlari va kuzatuvlari shu qadar aniq bo‘ladiki, natijada dunyo xaritasida yangi hudud paydo bo‘ladi. Kuk bu yerni Yangi Zelandiya deb ataydi. 

Kukning kashfiyotidan so‘ng Buyuk Britaniya hukumati, tabiiyki, mazkur hududni o‘z mustamlakasiga aylantirishga urindi. Bu mamlakatda qadimdan maori xalqlari istiqomat qilib kelgan. 1842-1846, 1860-1868-yillarda britaniyaliklarning maorilar bilan urushlari bo‘lib o‘tgan. 
1851-yilda Yangi Zelandiya rasman Buyuk Britaniya mustamlakasi deb e’lon qilinadi, 1931-yili esa Britan Hamdo‘stligi tarkibida mustaqillikka erishgan.


Oʻzbekiston – Yangi Zelandiya munosabatlari. 

Картинки по запросу Узбекистан - Новая Зеландия

Ikki davlat oʻrtasida diplomatik munosabatlar 1992-yil 19-martda oʻrnatilgan. Shundan beri ko‘pgina savdo shartnomlari tuzilib, hamkorliklar davom etmoqda. Jumladan, Yangi Zelandiya hukumati o‘zidagi oliy oʻquv yurtlari magistraturasida taʼlim olishi uchun 4 nafar o‘zbekistonlik talabaga moliyaviy yordam koʻrsatgan.

Quyidagi lavha orqali esa Yangi Zelandiyaning betakror tabiatidan bahramand bo‘lasiz.

Nozima RAHMATOVA tayyorladi


Bu ham qiziq

AQShda Tramp surati tushirilgan 250 dollarlik banknota chiqarilishi mumkin

AQShda Tramp surati tushirilgan 250 dollarlik banknota chiqarilishi mumkin

AQShda mamlakat mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan Donald Tramp tasviri tushirilgan 250 dollarlik yangi banknota …
10:30 / 29.05.2026
Qurbon hayiti va dam olish kunlarida qaysi tibbiyot muassasalari ishlaydi?

Qurbon hayiti va dam olish kunlarida qaysi tibbiyot muassasalari ishlaydi?

Aholi salomatligini asrash, xususan, bayram va dam olish kunlarida tibbiyot muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirib borish…
17:12 / 26.05.2026
30-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

30-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
17:35 / 29.05.2026
Toshkentda aksiz markasiz tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi

Toshkentda aksiz markasiz tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fu…
12:13 / 26.05.2026
AQSh va Eron sulh tuzishga yaqin

AQSh va Eron sulh tuzishga yaqin

Turkiya Eron va AQSh o‘rtasida siyosiy murosaga kelish ehtimoli borligini e’lon qildi.
15:43 / 25.05.2026
29-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

29-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
19:29 / 28.05.2026
Alkogol va tamaki mahsulotlarini naqd pulga sotishga ruxsat berildi

Alkogol va tamaki mahsulotlarini naqd pulga sotishga ruxsat berildi

Prezident tomonidan imzolangan yangi farmonga ko‘ra, 1-iyundan boshlab O‘zbekistonda mehmonxonalar va umumiy ovqatlanish kor…
19:08 / 28.05.2026
26-may kungi ob-havo ma’lumoti

26-may kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
16:19 / 25.05.2026
Shavkat Mirziyoyev bitiruvchi o‘g‘il-qizlarga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev bitiruvchi o‘g‘il-qizlarga tabrik yo‘lladi

“Har biringiz kamida bittadan xorijiy til va zamonaviy kasbni egallashga harakat qiling” – Prezident
09:23 / 25.05.2026
O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan erkak AQShdan deportatsiya qilindi

O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan erkak AQShdan deportatsiya qilindi

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti tomonidan AQSh huquq-tartibot idoralari hamda AQShning Toshke…
17:02 / 26.05.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!