Endi aholining kredit olish uchun arizalari yagona elektron platforma orqali qabul qilinadi. Bu borada prezidentning tegishli qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, 2021-yil 1-apreldan:
– aholi va tadbirkorlik sub’yektlarining kredit olish uchun arizalari Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari yagona elektron platformasi orqali qabul qilinadi;
– kredit olishda talabgorlarga “Agrobank”, Xalq banki va “Mikrokreditbank” orasidan birini ixtiyoriy tanlab, imtiyozli kredit olish bo‘yicha murojaat etish imkoniyati yaratiladi;
– o‘zini o‘zi band qiladigan fuqarolarga ayrim turdagi faoliyatni amalga oshirish maqsadida 5 mln so‘mgacha miqdorida kredit mablag‘lari naqd pulda berilishi mumkin.
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish loyihalarini moliyalashtirish uchun “Agrobank” ATBga – 700 mlrd so‘m, “Mikrokreditbank” ATBga – 400 mlrd so‘m va AT Xalq bankiga – 200 mlrd so‘m yo‘naltiriladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!