$
12509.83 UZS
-79.52
156.55 UZS
-1.09
14520.16 UZS
-136.36
35° Kechasi 21°

Kun tarixi: Radarlar 62 yildan beri avtomobillar tezligini o‘lchab keladi. Birinchi radar qayerda o‘rnatilganini bilasizmi? 

12:44 / 20.01.2020

Avtomobillar tezligini o‘lchaydigan dunyodagi dastlabki radar 1958-yilning 20-noyabr kuni London ko‘chalarida paydo bo‘lgan. Radarning ishlash prinsipi Dopler effektiga asoslangan edi. (Dopler – to‘lqin manbasiga nisbatan kuzatuvchining pozitsiyasiga qarab chastota va to‘lqin uzunligini o‘zgartirish prinsipi.)

Masalan: tez yordam mashinasi yaqinlashganda uning sirena ovozi baland chiqadi uzoqlashganda esa past. Harakatlanuvchi (mashinada) obyektda aks ettirilgan elektromagnit to‘lqin chastotasining o‘zgarishi obekt tezligini hisoblash imkonini beradi.

Sobiq Sovet Ittifoqida birinchi radarlardan 1972-yildan boshlab foydalanilgan. O‘tgan asrning 80-yillariga qadar yorug‘lik indikatorli mexanik radarlardan foydalanilgan. Ya’ni tezlik oshib ketsa, qurilmada yorug‘lik paydo bo‘lgan. Biroq, haydovchi tezlikni qanchaga oshirganini aniqlab bo‘lmagan. Keyinchalik esa yangi radarlar ishlab chiqarilib, oshirilgan tezlik balandligini aniqlash imkoniyati paydo bo‘ldi. 

Zamonaviy impulsli radarlarning sezgirligi besh yuz metrgacha bo‘lib, bir vaqtning o‘zida ikkita avtomashina tezligini o‘lchashga qodir. Radar soatiga yigirma dan ikki yuz kilometrgacha bo‘lgan tezlikni aniqlaydi, soatiga ikki kilometr tezlikka adashishi mumkin. Harakatlanayotgan mashinaning tezligini o‘lchash uchun radarga bor-yo‘g‘i 0,2 dan 0,4 soniyagacha vaqt kerak bo‘ladi. 

Shu o‘rinda qiziq bir ma’lumot: politsiya radarlari tomonidan o‘rnatilgan eng yuqori tezlik soatiga 290 km.ni tashkil etadi. Ushbu qonunbuzarlikni 2010-yilda 37 yoshli shved millatiga mansub shaxs o‘zining Mercedes-Benz SLS AMG markasidagi mashinasida sodir etgan. U mashinasi bilan Bern va Lozanna o‘rtasida shamoldek yelgani uchun 1 million dollar jarima to‘lagan.

Bugungi kunda deyarli har bir haydovchi umrida bir marta bo‘lsa ham radarga tushishi ehtimoli yuqori. Lekin tezlikni oshirmasdan yursak hech qachon radarga tushmaymiz va jarima to‘lashimizga ham to‘g‘ri kelmaydi. Ko‘pchilik radarlarni yomon ko‘radi. Ammo bu moslama bizdan faqat pul ishlash maqsadida emas, o‘zimiz va atrofdagilarning xavfsizligini ta’minlash uchun qo‘yiladi. Shunday ekan 5 daqiqa oldin, 5 daqiqa keyin qoidasiga amal qilgan holda, tezlikni oshirmasdan yuring. Aks holda belgilangan jarimalar cho‘ntagingizni qoqib oladi.

Nozima RAHMATOVA tayyorladi


Bu ham qiziq

Toshkentdagi “dom”lardan birida yong‘in chiqdi

Toshkentdagi “dom”lardan birida yong‘in chiqdi

Yong‘in natijasida hech kim jabrlanmagan.
12:59 / 12.08.2025
“Uch qahramon”da sodir bo‘lgan yong‘in haqida Toshkent viloyati IIBB rasmiy axborot berdi

“Uch qahramon”da sodir bo‘lgan yong‘in haqida Toshkent viloyati IIBB rasmiy axborot berdi

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda
22:32 / 11.08.2025
Kusherbayev aliment ishi sudda ko‘riladigan bo‘ldi

Kusherbayev aliment ishi sudda ko‘riladigan bo‘ldi

Oliy sud matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 15-avgustda bo‘lib o‘tadigan sud tomonlarning roziligiga ko‘ra, ochiq yoki y…
16:09 / 12.08.2025
“Paxtakor-79” aviahalokatiga 46 yil to‘ldi

“Paxtakor-79” aviahalokatiga 46 yil to‘ldi

Osmonda qolgan abadiy yulduzlar qalblarda mangu va barhayot
21:25 / 11.08.2025
Mirziyoyev va Narendra Modi telefon orqali muloqot qildi

Mirziyoyev va Narendra Modi telefon orqali muloqot qildi

Suhbat avvalida O‘zbekiston rahbari Bosh vazir va do‘st Hindiston xalqini yaqinlashib kelayotgan milliy bayram – mamlakat Mu…
17:32 / 12.08.2025
Rossiyada migrantlarning farzandlariga maktablarni pullik qilish taklif qilindi

Rossiyada migrantlarning farzandlariga maktablarni pullik qilish taklif qilindi

Kelgusida bu mablag‘lar o‘qituvchilarga qo‘shimcha to‘lov va “xorijda rus tilini o‘rganishga qiziqishni oshirish” uchun yo‘n…
18:46 / 12.08.2025
Toshkentda qizlarni fohishalikka yubormoqchi bo‘lgan 2 nafar ayol qo‘lga olindi

Toshkentda qizlarni fohishalikka yubormoqchi bo‘lgan 2 nafar ayol qo‘lga olindi

Bu haqda Samarqand viloyati IIB Matbuot xizmati xabar berdi.
15:09 / 12.08.2025
Internetda terrorchilikka oid materiallar tarqatganlar qo‘lga olindi

Internetda terrorchilikka oid materiallar tarqatganlar qo‘lga olindi

“Davlat xavfsizlik xizmati va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida us…
15:36 / 12.08.2025
Andijonda oshxona yonib ketdi

Andijonda oshxona yonib ketdi

“Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q”, – deyiladi xabarda.
12:05 / 12.08.2025
Shimoliy Koreya Isroilga G‘azodan chiqib ketish talabini qo‘ydi

Shimoliy Koreya Isroilga G‘azodan chiqib ketish talabini qo‘ydi

Bayonotini Koreya Markaziy telegraf agentligi e’lon qildi.
10:31 / 12.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!