$
12694.97 UZS
40.84
161.60 UZS
0.42
14878.50 UZS
60.51
37° Kechasi 24°

Dunyodagi eng qimmatbaho uylar

11:16 / 21.04.2015

XABARDOR.UZ - Mazkur maqolamizda hozirgi paytda dunyoning 25 ta davlatida savdoga qo‘yilgan eng qimmatbaho uylar ro‘yxati bilan tanishasiz.

Ro‘yxatni kuzatish jarayonida shunga amin bo‘lamizki, muhtasham uy-joylarning narxi mazkur uy qaysi mamlakatda joylashganiga qarab farqlanadi. Sotuvga qo‘yilgan eng qimmatbaho uy AQShda joylashgan bo‘lib, uning narxi 195 million dollarni tashkil etadi, Yaponiyadagi ana shu maqomdagi uyning narhi esa 9 millionga teng.

Argentina: Qurilganiga 100 yil bo‘lgan, qayta tiklangan uy, kolonial arxitekturaga xos bo‘lib, Buenos-Ayresda joylashgan. U 34,5 million dollarga sotilmoqda.

Avstraliya: Qirg‘oq bo‘yida joylashgan alohida chiqish qismi va temir darvozaga ega bo‘lgan zamonaviy uy 30 million narx bilan sotuvga chiqarilgan. 

Bagama orollari: Paradayz orollari plyajida joylashgan uyda golf maydonchasi ham bor. Narxi 22 million dollarga teng.

Barbados: mazkur hashamatli villa va uning atrofidagi 1 gektardan ortiq maydon 55 million dollarga sotilmoqda. Yerga qo‘shimcha tarzda yuz metrli Gibbs-Bich oq qumli plyaj ham bor.

Braziliya: Lyuks klassidagi "L'Essence Jardins" turar-joy kompleksi San-Pauluga qaragan 22,4 millionga sotilmoqda.

Kanada: Kanadadagi tog‘larda joylashgan, otda yurishga mo‘ljallab jihozlangan 65 gektar yerga ega, 30 million dollarga sotilmoqda.

Gonkong: Viktoriya qo‘ltig‘ida joylashagan, tomida ayvonchaga ega uy 105,6 million dollar narx bilan sotuvga chiqarilgan.

Fransiya: Kanndagi 2000 m. kv. dan ortiq maydonga ega villa 112 million dollarga sotilmoqda. Unda 32 ta xona va Alp tog‘lariga qaragan panoramani ko‘rish imkoniyati mavjud. 

Germaniya: Loreley vodiysidagi mazkur villa 22,3 million dollar turadi. Uy egasi Reyn daryosining isitiladigan basseynda suzib, rohatlanishi mumkin.

Hindiston: Bombey shahrida joylashgan, 14 ta yotoqxonaga ega uy 21,8 million dollarga sotilmoqda.

Isroil: O‘rta yer dengizi qirg‘oqlarida joylashgan muhtasham zamonaviy villa 33 million dollarga baholanmoqda.

Italiya: Neapolitan qo‘ltig‘iga qaragan uy 10 gektardan ortiq maydonda zaytun ko‘chatlari, uzumzor va sitrus mevali bog‘lar orasida joylashgan. Unda bir necha binolar bor: asosiy binoda to‘rt qavat va ikkita lift mavjud. Bularning barchasi 61 million dollarga sotilmoqda.

Yaponiya: mazkur uy bambukli o‘rmon tepaligida joylashgan. U 9 million dollarga sotilyapti.

Meksika: Kabo-San-Lukasdagi Pedregal hamjamiyatidagi tepalikda joylashgan villa 13,5 million turadi.

Monako: dunyodagi eng qimmatbaho xonadonlardan biri. Tour Odeon Tower osmono‘par binosining yuqorisida joylashgan Sky Penthouse besh qavatdan iborat majmua bo‘lib, O‘rta yer dengiziga qaragan. Uning narhi 400 million dollarga teng. Ammo bu suv tepalikdan uchib tushishini tasavvur qilib ko‘ring-a!

Marokash: “Palmalar ostidagi uy” maydoni 1200 m kv. ga teng bo‘lib, u 5 gektarli bog‘lar orasida joylashgan, narxi 65 million dollarga teng.

Norvegiya: Mumtoz ingliz uslubidagi saroy 9,5 million dollar turadi, u Bargen qirg‘oqlarida joylashgan.

Fillipin: Makati shahrining Forbes Park turar-joy hamjamiyatidagi 9 ta yotoqxonaga ega bo‘lgan uy 22,5 million dollarga sotilmoqda.

Rossiya: Nikolinodagi mazkur villaning bir kvadrat metri 10 ming dollarga yaqin turadi. Uning umumiy narxi taxminan 100 million dollarga teng.

JAR: Keyptauning eng yuqori darajali turar-joy rayonida joylashgan "Enigma" saroyida Olimpiya o‘yinlari basseynlari hajmidagi basseyn bor. Narxi 30 million dollarga teng.

Ispaniya: Mayorkadagi bu villa qo‘ltiqqa qaragan bo‘lib, isitiladigan yopiq basseyn, spa-salon va vertolyot qo‘nish maydonchasiga ega. Narxi 59 million dollarga teng.

Shveytsariya: Jyeneva ko‘li qirg‘oqlaridagi 60 gektar yerga ega bo‘lgan, Monblanga qaragan muhtasham qasr 131,5 million dollarga baholanmoqda.

BAA: umumiy maydoni 2000 m. kv. ga teng, dizayni italyancha uslubda qurilgan, Dubayga qaragan saroy 47,6 million dollar narx bilan savdoga qo‘yilgan.

Buyuk Britaniya: 260 m. kv. maydonga ega zamonaviy xonadon mashhur London Gayd-parkida joylashgan. Intererda qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan ipak gilam va pardalar mavjud. Xonadon 102 million dollarga sotilmoqda.

AQSh: xususiy vino tayyorlash uchun 10 gektar maydondagi uzumzorga ega bo‘lgan, Los-Anjyelesdagi "Palazzo di Amore" 195 million dollarga sotilmoqda.


Bu ham qiziq

Donald Tramp Suriyaga qarshi sanksiyalarni bekor qildi

Donald Tramp Suriyaga qarshi sanksiyalarni bekor qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp, may oyi o‘rtalarida Suriyaning yangi yetakchisi Ahmad ash-Sharaa bilan uchrashuvi oldidan berg…
11:06 / 01.07.2025
Andijonda jihodchilarning yashirin jamoasi aniqlandi

Andijonda jihodchilarning yashirin jamoasi aniqlandi

Joriy yilning may oyida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan olib borilgan tadbirlar davomida jihodchilar diniy ekst…
11:57 / 28.06.2025
DXX tomonidan Namanganda qalbaki dollar savdosi fosh qilindi

DXX tomonidan Namanganda qalbaki dollar savdosi fosh qilindi

Holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 176-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, …
10:38 / 01.07.2025
Putin Rossiya harbiy xarajatlarini kamaytirish niyatida

Putin Rossiya harbiy xarajatlarini kamaytirish niyatida

Bu haqda The Telegraph xabar bermoqda.
15:03 / 29.06.2025
29-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

29-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

29-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol …
15:05 / 28.06.2025
1-iyuldan Toshkent-Chorvoq yo‘nalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

1-iyuldan Toshkent-Chorvoq yo‘nalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Yo‘nalishda naqd pulda va bank kartalari orqali to‘lov amalga oshirish imkoniyati mavjud.
13:11 / 29.06.2025
Qimmatbaho metallarga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar bergan shaxslar rag‘batlantiriladi

Qimmatbaho metallarga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar bergan shaxslar rag‘batlantiriladi

YATTlarga zargarlik buyumlarini sotish faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat etiladi.
16:50 / 30.06.2025
Andijonda aholi xonadonlaridan birida yong‘in sodir bo‘ldi

Andijonda aholi xonadonlaridan birida yong‘in sodir bo‘ldi

Hozirda yong‘in sodir bo‘lish omillari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
17:34 / 29.06.2025
UFC 317. Iliya Topuriya Charlz Oliveyrani birinchi raundda nokautga uchratdi

UFC 317. Iliya Topuriya Charlz Oliveyrani birinchi raundda nokautga uchratdi

Topuriya yengil vaznning yangi chempioniga aylandi.
10:06 / 29.06.2025
Ziplayn va kanatli park qurish rejalashtirilgan tuman va shaharlar ro‘yxati e’lon qilindi

Ziplayn va kanatli park qurish rejalashtirilgan tuman va shaharlar ro‘yxati e’lon qilindi

O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlarining tog‘li va cho‘l hududlarda ziplayn xizmatlari va kanatli park (taypark) ekstremal…
16:46 / 29.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!