$
12831.13 UZS
-55.77
161.07 UZS
0.2
14542.80 UZS
-82.54
29° Kechasi 13°

Monomaxning qalpog‘i O‘zbekxonga tegishli(mi?) 

14:39 / 06.11.2019

Moskva Kremlining eng e’tiborli joylaridan biri bu – Qurolli palata (Оружейная палата) muzeyidir. Ushbu muzey Rossiyaning boy tarixi va qudratli imperiya bo‘lganidan darak berishi bilan birga qadimgi turkiy xalqlar tarixiga oid ko‘plab ma’lumotlarni taqdim etadi. 

Qurolli palatadagi eng noyob eksponat – Monomaxning qalpog‘idir.  

Monomax qalpog‘ining yaratilishi va uning qanday qilib Kiyev knyazi Vladimir Monomaxga sovg‘a qilinganligi haqida bahsli munozaralar paydo bo‘ldi. Ya’ni, Vizantiyalik imperator Konstantin IX Monomaxning o‘z nevarasi, Kiyev knyazi Vladimir Vsevolodovich Monomaxga ushbu qalpoqni sovg‘a qilgani haqidagi ma’lumotlar boshqacha tus olmoqda.

Monomax qalpog‘i, aslida, turkiy xalqlarda xotin-qizlarning bosh kiyimi ekaniga oid yangi dalillar topildi. Bundan tashqari, Moskva davlatchiligining saltanat ramzi sifatida nasldan-naslga o‘tuvchi bu regaliya Oltin O‘rda xoni O‘zbekxonning Yuriy Danilovich yoki Ivan Kalitaga (Moskva knyazlari) tortiq qilgan in’omi ekani haqida yangi ma’lumotlar ham yuzaga chiqdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu qalpoq Oltin O‘rdaning Buyuk xoni O‘zbekxonning opasiga tegishlidir. 

“O‘sha vaqtlarda O‘zbekxon Moskvalik knyazlarga homiylik qilar edi, – deyiladi qator manbalarda. – Tadqiqotchilar yana bir bor Monomax qalpog‘i sharqlik ustalar tarafidan tayyorlanganini isbotlab berishdi.  

Bu qalpoqqa nom bo‘lgan Monomax ismi qayerdan olingan? Ivan III davrida Moskva davlatchiligi O‘rdadan Vizantiya tomon burilganidan keyin qalpoqqa ham “Moskva – uchinchi Rim” konsepsiyasi doirasida yangicha mazmun bag‘ishlandi. Faqat 1518-yilda uning kelib chiqishiga rasmiy talqin paydo bo‘ldi. Go‘yoki bu vizantiyalik imperator Konstantin IX Monomaxning o‘z nevarasi, Kiyev knyazi Vladimir Vsevolodovich Monomaxga bergan sovg‘asi emish. Ya’ni, Vizantiya imperatorlari saltanatining rus hukmdorlariga meros bo‘lib o‘tishining ramzi emish.

Aslida esa bu qalpoqning kelib chiqishi juda shubhalidir, chunki Konstantin 1055-yili vafot qilganida Vladimirning yoshi  ikkida bo‘lgan. Bobosi nevarasi borligini bilmagan bo‘lishi hamda nevaraning Kiyevda saltanat boshiga kelishini oldindan bilishi mumkin emasdi. Bundan tashqari, Vizantiyaning ham yo‘q bo‘lib ketishi ko‘zda tutilmagan edi.  

San’atshunoslik nuqtai nazaridan ham olib qaralsa, Vizantiyada bu kabi bosh kiyimlar urfda bo‘lmagan, ya’ni bunday qalpoqlar bo‘lmagan. 
Shunday qilib, Rus podshohlarining toji sifatida ko‘riladigan zar bilan tikib, bezatilgan bu do‘ppi kata ehtimol bilan Oltin O‘rda xoni O‘zbekxonning o‘zi homiylik qilayotgan Ivan I ga bergan in’omi bo‘lib chiqmoqda. So‘ng podshohlikka aylangan Moskva xonligida bu do‘ppi “Monomax qalpog‘i”ga aylantirilgan.  
Buxoroning tillo zarlaridan tayyorlangan do‘ppisiga Ivan I Kalita suvsar mo‘ynasini qo‘shtirib, qimmatbaho chaqnoq toshlar hamda tepasiga Moskva hokimiyati ramzi hisoblangan xochni ham o‘rnatib qo‘yishga buyruq beradi. Shunday qilib, davlatchilikni aks ettiradigan juda chiroyli “toj” paydo bo‘ladi. Bu toj Buyuk Moskva knyazlariga kiydirilgan, so‘ng bu an’ana Moskva podshohligiga ham o‘tgan. Shunday qilib, qo‘lbola toj Moskoviya hokimiyatining asosiy ramziga aylanib qolgan...
Oltin O‘rdaning xoni o‘ziga qaram va tobe bo‘lgan knyazga O‘rdaga tahdid solishi mumkin bo‘lgan pravoslav e’tiqodidagilarni tobelikda ushlab turish uchun berilgan tortiq, sovg‘a edi. 

Bu tarixiy voqea haqiqatan ham ajoyib va ramziy bir ma’no kasb etadi. Ramziyligi shundaki, Moskva knyazlari O‘rta Osiyo do‘ppisini Moskvaning hukmdorlik atributiga aylantirib olgani kabi davlatchiligini ham Oltin O‘rdadan meros qilib olgan bo‘lib chiqadi”. 
Olimlar fikriga ko‘ra, ko‘pchilik turkiy xalqlarda bosh kiyim sovg‘a qilish an’ana bo‘lgan va hozirda ham aksariyat turkiy xalqlar xotin-qizlari aynan shunday qalpoq kiyishadi. Qalpoqlarni qimmatbaho hayvonlar terisi (asosan suvsar mo‘ynasi)dan yasash Sibirda istiqomat qiluvchi turkiy qavmlar orqali tarqalgan.

Er SULTON

(Maqolada keltirilgan muallif fikrlari sayt nuqtai nazariga mos kelmasligi mumkin)


Bu ham qiziq

Namanganda 64-xalqaro gullar festivali boshlandi

Namanganda 64-xalqaro gullar festivali boshlandi

Joriy yilning 25 may kuni Namangan shahridagi Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida 64-xalqaro g…
19:33 / 26.05.2025
Isroil Muhammad Sinvarni yo‘q qilganligini tan oldi

Isroil Muhammad Sinvarni yo‘q qilganligini tan oldi

Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu chorshanba kuni G‘azo sektoridagi XAMAS rahbari va harakatning eng ko‘p qidirilayotgan…
19:45 / 28.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Butunjahon triatlon ittifoqi rahbari Antonio Fernandes Arimanini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Butunjahon triatlon ittifoqi rahbari Antonio Fernandes Arimanini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahridagi triatlon va paratriatlon bo‘yicha jahon kubogi d…
18:31 / 26.05.2025
Toshkentda rossiyalik jurnalistning o‘limi bo‘yicha sud boshlandi

Toshkentda rossiyalik jurnalistning o‘limi bo‘yicha sud boshlandi

Yakkasaroy tuman jinoyat ishlari bo‘yicha sudi jurnalist Inessa Paperna va uning hamrohini Toshkentdagi mehmonxonada zaharla…
18:54 / 26.05.2025
O‘zbekistonda 20 mingdan oshiq shaxslar qarzdorlik sabab suv ta’minotidan uzilgan

O‘zbekistonda 20 mingdan oshiq shaxslar qarzdorlik sabab suv ta’minotidan uzilgan

O‘zbekistonda 2025-yil boshidan beri qarzlar tufayli 20,2 ming jismoniy va yuridik iste’molchi suv ta’minoti tizimidan uzild…
15:51 / 27.05.2025
Rossiya O‘zbekistonga qurg‘oqchilikka qarshi kurashda yordam beradi

Rossiya O‘zbekistonga qurg‘oqchilikka qarshi kurashda yordam beradi

Rossiya O‘zbekistonga suv resurslari balansini hisoblashda yordam beradi. Bu haqda TASS nashri xabar berdi.
19:57 / 26.05.2025
Markaziy bank avtomobil importining keskin pasayishi sabablarini tushuntirdi

Markaziy bank avtomobil importining keskin pasayishi sabablarini tushuntirdi

O‘zbekiston Markaziy banki 2025-yilning birinchi choragi uchun pul-kredit siyosati bo‘yicha yangi ma’ruzasida mamlakat avtom…
19:46 / 26.05.2025
Ukraina Putinning vertolyoti “dronlar hujumi markazi”da bo‘lmaganini ma’lum qildi

Ukraina Putinning vertolyoti “dronlar hujumi markazi”da bo‘lmaganini ma’lum qildi

Avvalroq, Kursk viloyatiga tashrifi chog‘ida Putinning vertolyoti dron hujumga uchragani aytilgan edi.
10:03 / 28.05.2025
O‘zbekistonning davlat qarzi 42 milliard dollardan oshdi

O‘zbekistonning davlat qarzi 42 milliard dollardan oshdi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi O‘zbekistonning 2025-yil aprel oyi boshidagi davlat qarzini 42,4 milliard dollarga baholadi.…
18:41 / 28.05.2025
Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorligini aytdi

Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorligini aytdi

U bu haqda Oq uyda jurnalistlar bilan uchrashuvda ma’lum qilgan.
09:28 / 29.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!