$
12904.51 UZS
-33.42
161.99 UZS
0.89
14575.64 UZS
-89.5
27° Kechasi 16°

Kun tarixi: Tibbiyot xodimlari bayrami qachondan beri nishonlanadi?

12:29 / 10.11.2019

Eng avvalo, barcha tibbiyot xodimlarini kasb bayramlari bilan tabriklaymiz!

Картинки по запросу shifokorlar kuni

Butun dunyoda oktabr, noyabr oylarining turli kunlari tibbiyot xodimlariga bag‘ishlanadi. Masalan, tibbiyot xodimlari kuni Rassiyada oktabrning birinchi dushanbasida nishonlansa, O‘zbekistonda bu sharafli kasb egalarini noyabr oyining ikkinchi yakshanbasida tabriklashadi. 

Bu bayram qachondan beri nishonlanadi?

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan 2006-yil (Homiylar va shifokorlar yili munosabati bilan) 12-sentabr kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi “Tibbiyot xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, mamlakatimizda har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi shifokorlarning kasb bayrami kuni deb belgilangan.

Yurtimizda shifokorlar xizmatini qadrlagan holda ularga katta ehtirom qaratiladi. Kuni kecha Prezident Shavkat Mirziyoyev tibbiyot xodimlariga o‘z tabrigini yo‘lladi. Bayram munosabati bilan bir guruh tibbiyot xodimlari taqdirlandi. 

Sohaga oid qiziqarli faktlar

Kosaga o‘ralib olgan ilon nima uchun tibbiyot ramzi hisoblanadi?

Ko‘pchilik bunga sabab ilon zahrining shifobaxshligi deb biladi. Boshqa ma’lumotga ko‘ra, mazkur ramz Yunonistonning shifo xudosi Asklepiy sabab yuzaga kelgan. Afsonaga ko‘ra, Asklepiy o‘g‘li Glaukni tiriltirish uchun Midas podshohligiga boradi. Yo‘lda bir ilon uning tayog‘ini o‘rab oladi va uni o‘ldirdi. Ammo keyin yana bir ilon og‘zida o‘t bilan Asklepiyni yoniga kelib, tiriltiradi. Shundan so‘ng, Asklepiy ana shu ilon keltirgan o‘t bilan bemorlarni oyoqqa turg‘iza boshlaydi.
  
Ibn Sino

Butun dunyo tibbiyotining rivojlanishida Ibn Sinoning “Tib qonunlari” asari katta ahamiyatga ega. Jahonda Avitsenna nomi bilan mashhur bo‘lgan buxorolik Abu Ali ibn Sino X asrdayoq operatsiyalar o‘tkaza olgan.
 
Tibbiyoti o‘ta yuqori darajada rivojlangan davlatlarning shifokorlari Ibn Sino qo‘llanmalaridan foydalanib shu darajaga erishganlarini tan olganlar. 

Ibn Sino haqida to‘liqroq ma’lumot olmoqchi bo‘lsangiz, mana bu kinoni ko‘rishingiz mumkin.

“Tabib” kinosi va “Doktor Xaus” seriali shifokorlar hayoti haqida hikoya qiluvchi eng mashhur media mahsulotlari hisoblanadi. 


Nozima RAHMATOVA tayyorladi


Bu ham qiziq

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida yangi yuk tashish yo‘nalishi ochiladi

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida yangi yuk tashish yo‘nalishi ochiladi

“O‘ztemiryo‘lKonteyner” aksiyadorlik jamiyati Xitoydan O‘zbekistonga tovarlar yetkazib berish bo‘yicha yangi yo‘nalishni ish…
20:44 / 21.05.2025
Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internat tashkil qilinadi

Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internat tashkil qilinadi

Farmonga ko‘ra, maktabda o‘quv jarayoni 2025/2026-o‘quv yilidan boshlanadi.
11:24 / 21.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti norasmiy sammitida nutq so‘zladi

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti norasmiy sammitida nutq so‘zladi

Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
16:48 / 21.05.2025
Toshkentdagi qurilish obyektida yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentdagi qurilish obyektida yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun, 22-may kuni soat 12:43 da Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Ohangaron shox ko‘chasidagi qurilish obyektida yong‘in r…
14:09 / 22.05.2025
Farg‘onada 586 mln so‘mdan ortiq tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan kafe aniqlandi

Farg‘onada 586 mln so‘mdan ortiq tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan kafe aniqlandi

Shartnomasiz tabiiy gaz iste’mol qilish natijasida 586,4 mln so‘m miqdorida zarar yetkazildi.
21:24 / 22.05.2025
Ertaga O‘zbekistonda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Ertaga O‘zbekistonda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

“O‘zgidromet” 23-may, juma kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
12:56 / 22.05.2025
Turk biokimyogari Aziz Sanjarga Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofot topshirildi

Turk biokimyogari Aziz Sanjarga Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofot topshirildi

Budapeshtdagi Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammiti doirasida “Turkiy dunyo birligiga qo‘shgan hissasi uchun” Ali…
18:45 / 21.05.2025
22-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

22-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 20-22 daraja, kunduzi 36-38 daraja bo‘ladi.
04:01 / 22.05.2025
O‘zbekistonda tug‘ilish darajasi pasayganligi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda tug‘ilish darajasi pasayganligi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda joriy yilning birinchi choragida 266 478 nafar chaqaloq tug‘ilishi qayd etildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga …
20:52 / 21.05.2025
O‘zbekistonda 4 oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda 4 oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2025-yilning yanvar-aprel oylarida 122 384 dona har xil turdagi yengil av…
12:25 / 22.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!