Yuz parvarishi faqatgina ayollar uchun deb hisoblaydiganlar adashishadi. Erkak kishining yuz terisi ham ayollarniki singari parvarish talab qiladi. Afsuski yillar davomida e’tibor qilinmagan yuz terisiga hattoki eng qimmat kosmetika ham yordam bera olmaydi. Niqoblar va maxsus mahsulotlar terini yoshartirish xususiyatiga ega emas. Quyida erkaklar uchun foydali bo‘lgan tavsiyalarni keltirib o‘tamiz.
Terini parvarish qilishning asosiy qoidalari:
– Parvarish qilishning eng ishonchli usuli doimiylikdir. U “profilaktika” deb ataladi.
– Ayollarnikidan farqli ravishda erkaklarning terisini parvarish qilish uchun attiga bir juft kremlar – kunlik namlantiruvchi hamda SPF himoya losyoni kerak bo‘ladi.
– Qizlar kabi erkaklar ham parvarish vositasi xarid qilishdan oldin albatta, sotuvchi bilan maslahatlashishi zarur. U sizga to‘g‘ri tanlov qilishda yordam beradi.
Yuzni tozalashda nimalarga ahamiyat berish kerak?
Bu terini parvarishlashning eng muhim bosqichi. Uni to‘liq tozalash uchun tarkibida sovun bo‘lmagan maxsus mahsulot lozim. Hozirda uni barcha supermarketlardan topish mumkin.
Mutaxassislar o‘lik hujayralarni tozalash uchun haftada bir bor yumshoq skrab ishlatish kerakligini tavsiya qilishadi. Bunday muolaja 2-3 oy ichida yuz terisini yumshatib, uni yangilaydi.
Shuni unutmaslik kerakki, epidermisning yangilanish jarayoni 4-8 haftani qamrab oladi. Ya’ni hattoki eng qimmat mahsulotlardan foydalanilsa ham muddatdan oldin kutilgan natijaga erishib bo‘lmaydi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!