$
11839.59 UZS
6.22
140.42 UZS
0.63
13569.35 UZS
-8.26
31° Kechasi 18°

DXX: “Andijon va Namangan viloyatlarida korrupsion holatlar fosh etildi”

20:21 / 28.08.2025

Andijon viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasining rahbarlaridan biri hamda Jalaquduq tumani hokimi o‘rinbosari o‘zaro til biriktirib, mazkur tumandagi baliq yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jalikda aniqlangan 4,1 mlrd so‘mlik zarar bo‘yicha sudga da’vo arizasi kiritmaslik, Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan zarar miqdorini 10 barobarga oshirilgan holda undirish choralarini ko‘rmaslik, tekshiruv tadbirlarini to‘xtatish bo‘yicha fermer xo‘jalik rahbari tomonidan Andijon tumanlararo ma’muriy sudiga kiritilgan da’vo arizasini qo‘llab-quvvatlash evaziga fermerga tegishli bo‘lgan Xonabod shahridagi 10 sotixli dala hovlini hokim o‘rinbosarining qarindoshi nomiga o‘tkazib berishni talab qilishadi.

Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda tuman hokimi o‘rinbosarining ukasi fermer xo‘jalik rahbaridan dala hovlining kadastr hujjatlarini olib, xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusda ushbu ko‘chmas mulkni o‘zining turmush o‘rtog‘i nomiga rasmiylashtirib olayotgan vaqtida fosh etildi.

Holat yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosari hamda viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi mansabdoriga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Boshqa holatda esa Kadastr agentligi Davlat kadastrlar palatasining Andijon viloyatidagi tumanlardan birining filiali boshlig‘i xizmat mavqeidan foydalanib, fuqaroning ishonchiga kiradi.

Mazkur mansabdor shaxs tuman zaxirasida bo‘lgan 17 sotix toshloq yer maydonini noturar joy sifatida uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 4 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi “V” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Bu kabi qonun buzilishi Namangan viloyatida ham qayd etildi.

Jumladan, viloyatdagi tumanlardan birining maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri hamda ikkita xususiy bog‘cha rahbarlari o‘zaro til biriktirib, mahalliy fuqaroning ishonchiga kirishgan.

Xususan, ular o‘zlarining mansabdor tanishlari orqali fuqaroni boshqa tumandagi davlat tasarrufidagi maktabgacha ta’lim muassasalaridan biriga mudira lavozimiga tayinlash evaziga 2500 AQSH dollari talab qilishgan.

Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda dastlab oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalaridan birining rahbari 2500 AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

So‘ngra tezkor tadbir davom ettirilib, undan ushbu pul mablag‘ini olgan vaqtida ikkinchi oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari qo‘lga olindi.

O‘z navbatida u 1000 AQSH dollarini tuman maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiriga berishi kerakligi aniqlanib, mazkur mansabdor shaxs ham ushbu pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda ularga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi va 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


O‘zbekiston


														
														Instagram va Facebook butun dunyo bo‘ylab ishlamay qoldi

Instagram va Facebook butun dunyo bo‘ylab ishlamay qoldi

5-mart kuni Meta kompaniyasiga tegishli Facebook, Messenger va Instagram ijtimoiy tarmoqlarida butun dunyo bo‘ylab keng ko‘l…
11:31 / 21.09.2026

														
														Berlin saylovida Elif Eralp yetakchiligidagi So‘l partiyasi g‘alaba qozondi

Berlin saylovida Elif Eralp yetakchiligidagi So‘l partiyasi g‘alaba qozondi

Germaniya poytaxti Berlinda 20-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan shtat saylovida Elif Eralp yetakchiligidagi So‘l partiyasi eng ko‘…
10:33 / 21.09.2026

														
														O‘zbekistonga telefon importi sakkiz oyda salkam 20 foizga oshdi

O‘zbekistonga telefon importi sakkiz oyda salkam 20 foizga oshdi

O‘zbekistonga import qilingan mobil telefonlar soni 2026-yilning yanvar–avgust oylarida 3,26 million donani tashkil etdi. Bu…
10:28 / 21.09.2026

														
														Turkiyada xalqaro qidiruvdagi shaxs qo‘lga olindi

Turkiyada xalqaro qidiruvdagi shaxs qo‘lga olindi

U 5 milliard so‘m kredit olib, to‘lamay qochib yurgan.
09:32 / 21.09.2026

														
														Markaziy Osiyodagi muzliklar yo‘qolib bormoqda — tadqiqot

Markaziy Osiyodagi muzliklar yo‘qolib bormoqda — tadqiqot

Markaziy Osiyoda suv zaxiralari va tog‘ muzliklari massasi kamayib bormoqda. Tadqiqotlarga ko‘ra, mintaqadagi muzliklar to‘p…
12:13 / 20.09.2026

														
														Chirchiqda 17 yoshli maktab o‘quvchisi 600 ming dollarlik gashish bilan ushlandi

Chirchiqda 17 yoshli maktab o‘quvchisi 600 ming dollarlik gashish bilan ushlandi

Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida 17 yoshli maktab o‘quvchisi Rossiyadan yuborilgan 852,2 gramm gashishni qabul qilib …
11:20 / 20.09.2026

														
														“Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘oliblari aniqlandi

“Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘oliblari aniqlandi

Pedagoglar o‘rtasida Prezident tashabbusi bilan joriy etilgan “Yil o‘qituvchisi” tanlovining g‘oliblari aniqlandi.
10:22 / 20.09.2026

														
														Qoraqalpog‘istonda qator yirik loyihalarga start berildi

Qoraqalpog‘istonda qator yirik loyihalarga start berildi

Qoraqalpog‘istonga tashrif doirasida Prezident bilan birgalikda hududdagi qator ijtimoiy va iqtisodiy obyektlar ko‘zdan kech…
12:28 / 19.09.2026

														
														Rossiyada 12 ta mashina bilan to‘qnashib, uch kishining o‘limiga sabab bo‘lgan o‘zbekistonlik haydovchi 9 yilga qamaldi

Rossiyada 12 ta mashina bilan to‘qnashib, uch kishining o‘limiga sabab bo‘lgan o‘zbekistonlik haydovchi 9 yilga qamaldi

Rossiyaning Ufa shahrida 12 ta avtomobil ishtirokidagi yirik YTHga sabab bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi 9 yil muddatga ozodlik…
14:31 / 18.09.2026

														
														Istanbulda qiyin vaziyatga tushgan ona uch farzandi bilan O‘zbekistonga qaytarildi

Istanbulda qiyin vaziyatga tushgan ona uch farzandi bilan O‘zbekistonga qaytarildi

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi ko‘magida og‘ir vaziyatga tushib qolgan ayol uch nafar farzandi bilan Turkiya…
14:25 / 18.09.2026

Bu ham qiziq

OpenAI sun’iy intellekt modellaridagi xavfli xatti-harakatlarni ma’lum qildi

OpenAI sun’iy intellekt modellaridagi xavfli xatti-harakatlarni ma’lum qildi

OpenAI sun’iy intellekt modellarini sinovdan o‘tkazish jarayonida bir qator kutilmagan xatti-harakatlar kuzatilganini ma’lum…
10:10 / 18.09.2026
Turkiyada xalqaro qidiruvdagi shaxs qo‘lga olindi

Turkiyada xalqaro qidiruvdagi shaxs qo‘lga olindi

U 5 milliard so‘m kredit olib, to‘lamay qochib yurgan.
09:32 / 21.09.2026
Chirchiqda 17 yoshli maktab o‘quvchisi 600 ming dollarlik gashish bilan ushlandi

Chirchiqda 17 yoshli maktab o‘quvchisi 600 ming dollarlik gashish bilan ushlandi

Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida 17 yoshli maktab o‘quvchisi Rossiyadan yuborilgan 852,2 gramm gashishni qabul qilib …
11:20 / 20.09.2026
Noqonuniy “Umra” xizmatini taklif qilgan shaxslar ushlandi

Noqonuniy “Umra” xizmatini taklif qilgan shaxslar ushlandi

Samarqand viloyatining Payariq tumanida faoliyat yurituvchi aviakassa rahbari garchi “Umra” ziyoratiga yuborish huquqiga ega…
17:22 / 17.09.2026
Bolalar xavfsizligi: Yevropa ijtimoiy tarmoqlar uchun yosh chegarasini kuchaytirmoqda

Bolalar xavfsizligi: Yevropa ijtimoiy tarmoqlar uchun yosh chegarasini kuchaytirmoqda

Yevropa Komissiyasi Prezidenti Ursula von der Leyen bolalarni ijtimoiy tarmoqlardagi xavflardan himoya qilish bo‘yicha yangi…
10:51 / 17.09.2026
Tramp AQSHda sun’iy intellekt kuchlarini yaratishni taklif qildi

Tramp AQSHda sun’iy intellekt kuchlarini yaratishni taklif qildi

AQSH prezidenti Donald Tramp mamlakatda sun’iy intellektdan foydalanuvchi yangi kuchlarni tashkil etish rejasini ma’lum qild…
12:23 / 20.09.2026
Qirg‘izistonda prezidentlik saylovlari sanasi o‘zgartirildi

Qirg‘izistonda prezidentlik saylovlari sanasi o‘zgartirildi

Qirg‘izistonda prezidentlik saylovlarini o‘tkazish sanasi o‘zgartirildi. Jogorku Kenesh reglamentiga kiritilgan tuzatishga k…
09:38 / 18.09.2026
Dunyoda faqat uch kishi pasportsiz xorijga chiqa oladi. Ular kim?

Dunyoda faqat uch kishi pasportsiz xorijga chiqa oladi. Ular kim?

Xorijga sayohat qilish uchun dunyo aholisining deyarli barchasiga shaxsini tasdiqlovchi pasport kerak. Biroq bundan uch kish…
10:00 / 21.09.2026
Istanbulda qiyin vaziyatga tushgan ona uch farzandi bilan O‘zbekistonga qaytarildi

Istanbulda qiyin vaziyatga tushgan ona uch farzandi bilan O‘zbekistonga qaytarildi

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi ko‘magida og‘ir vaziyatga tushib qolgan ayol uch nafar farzandi bilan Turkiya…
14:25 / 18.09.2026
Saida Mirziyoyeva Yangi Toshkentdagi qurilish jarayoni bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Yangi Toshkentdagi qurilish jarayoni bilan tanishdi

​Shahar ko‘z o‘ngimizda shiddat bilan qad rostlamoqda va rivojlanmoqda. Hurmatli Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan m…
16:09 / 17.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!