$
12482.38 UZS
69.4
155.23 UZS
0.95
14540.72 UZS
154.08
38° Kechasi 21°

Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida narkotik moddalar savdosiga chek qo‘yildi

21:37 / 28.08.2025

Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, internet tarmog‘i orqali sintetik narkotiklar savdosi bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruhning faol a’zosi qo‘lga olindi.

Xususan, oldindan kuzatuvga olingan, Toshkent viloyatining Qibray tumanida yashovchi, 2002-yilda tug‘ilgan shaxs o‘zining “Spark” rusumli avtomashinasida narkofurushlar tomonidan berilgan topshiriqqa ko‘ra, Toshkent tumaniga borib, muqaddam narkokartellar tomonidan dala maydonidagi xufiya joyga yashirib qo‘yilgan 4 kg 300 gramm “Alfa-PVP” moddasini qabul qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Ta’kidlash lozimki, mazkur shaxs Toshkent shahridagi xususiy oliy ta’lim muassasasining 3-kurs talabasi hisoblanadi.

Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Hozirda, tergov harakatlari doirasida uning jinoiy sheriklarini aniqlash va tergovga jalb qilish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” profilaktik tadbirlari doirasida Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida istiqomat qiluvchi, 2001-yilda tug‘ilgan fuqaro o‘z akasining nomida bo‘lgan, paxtachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jalikning 20 sotix yer maydonida juda ko‘p miqdorda giyohvandlik vositalari yetishtirish bilan shug‘ullanayotganligi to‘g‘risida ma’lumot olindi.

Davlat xavfsizlik xizmati va ichki ishlar xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur yer maydonidan jami 247 tup kannabis o‘simligi va 27 kg 708 gramm marixuana ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda. Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bojxona qo‘mitasi bilan hamkorlikda O‘rtachirchiq tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Bo‘ka-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan, Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala tumanida yashovchi, 1970-yilda tug‘ilgan sobiq ichki ishlar xodimi boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli avtomashina to‘xtatildi.

Avtotransport vositasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, unda – 1975-yilda tug‘ilgan Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi va Bo‘ka tumanida yashovchi, 1989-yilda tug‘ilgan shaxs ketayotganligi ma’lum bo‘lib, mashinaning orqa o‘rindig‘i ortida 979 gramm “gashish” moddasi borligi aniqlandi.

So‘ngra tezkor tadbir davom ettirilib, ularning jinoiy sheriklari bo‘lgan Bekobod tumanida yashovchi, 1989-yilda tug‘ilgan va 2001-yilda tug‘ilgan 2 nafar fuqaro ushlanib, ulardan ham 437 gramm “gashish” moddasi olindi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa Yangiobod MFYda istiqomat qiluvchi, 1988-yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan shaxs va “Birlik” mahallasida yashovchi, 1996-yilda tug‘ilgan fuqaro qo‘lga olinib, ulardan 976 gramm marixuana olindi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.


O‘zbekiston


														
														O‘tgan yarim yilda savdo xizmatlarini ko‘rsatish hajmi 11,7 foizga o‘sdi

O‘tgan yarim yilda savdo xizmatlarini ko‘rsatish hajmi 11,7 foizga o‘sdi

Bu borada Statistika qo‘mitasi ma’lumotlarni ochiqladi
23:01 / 28.08.2025

														
														29-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

29-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 22-24 daraja iliq, kunduzi 37-39 daraja issiq bo‘ladi
22:55 / 28.08.2025

														
														Samarqand viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Samarqand viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi(o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari …
22:11 / 28.08.2025

														
														Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida narkotik moddalar savdosiga chek qo‘yildi

Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida narkotik moddalar savdosiga chek qo‘yildi

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi
21:37 / 28.08.2025

														
														Raqobat qo‘mitasi bir qator nizoli vaziyatlar yuzasidan qarorlarini taqdi etdi

Raqobat qo‘mitasi bir qator nizoli vaziyatlar yuzasidan qarorlarini taqdi etdi

Yetkazilgan zarar o‘z egalariga qonuniy ravishda qaytarildi
21:07 / 28.08.2025

														
														DXX: “Andijon va Namangan viloyatlarida korrupsion holatlar fosh etildi”

DXX: “Andijon va Namangan viloyatlarida korrupsion holatlar fosh etildi”

Hozirda holatlar bo'yicha Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi va 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘…
20:21 / 28.08.2025

														
														600 yillik noyob eksponat O‘zbekistondagi muzeyga olib kelinadi

600 yillik noyob eksponat O‘zbekistondagi muzeyga olib kelinadi

Eksponatda Temuriylar davriga oid san’at namunasi shakllangan
18:53 / 28.08.2025

														
														Toshkent metropolitenida kassalarning faoliyati bosqichma-bosqich tugatiladi

Toshkent metropolitenida kassalarning faoliyati bosqichma-bosqich tugatiladi

Barcha metro bekatlari oldiga yil oxirigacha maxsus bankomatlar joylashtiriladi
18:43 / 28.08.2025

														
														Qamchiq dovonidagi 2 ta avariyada 3 kishi vafot etdi

Qamchiq dovonidagi 2 ta avariyada 3 kishi vafot etdi

Bu haqda Namangan viloyati IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
17:51 / 28.08.2025

														
														Ozarbayjonda mushkul ahvolda qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Ozarbayjonda mushkul ahvolda qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

O‘zbekiston rasmiy vakillari Sh.M.ning vatanga qaytishi uchun aviachipta xarid qilib berishgan. Sh.M. 26-avgust kuni Boku-To…
14:29 / 28.08.2025

Bu ham qiziq

O‘tgan yarim yilda savdo xizmatlarini ko‘rsatish hajmi 11,7 foizga o‘sdi

O‘tgan yarim yilda savdo xizmatlarini ko‘rsatish hajmi 11,7 foizga o‘sdi

Bu borada Statistika qo‘mitasi ma’lumotlarni ochiqladi
23:01 / 28.08.2025
Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida narkotik moddalar savdosiga chek qo‘yildi

Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida narkotik moddalar savdosiga chek qo‘yildi

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi
21:37 / 28.08.2025
Toshkentda qalbaki tabobat giyohining muomalasiga chek qo‘yildi

Toshkentda qalbaki tabobat giyohining muomalasiga chek qo‘yildi

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda
19:40 / 27.08.2025
Xorijning og‘ir yukli transportlari O‘zbekiston hududi bo‘ylab yurishi uchun to‘lovlar kamaytirildi

Xorijning og‘ir yukli transportlari O‘zbekiston hududi bo‘ylab yurishi uchun to‘lovlar kamaytirildi

Hukumat qarori bilan Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
17:46 / 27.08.2025
Qamchiq dovonidagi 2 ta avariyada 3 kishi vafot etdi

Qamchiq dovonidagi 2 ta avariyada 3 kishi vafot etdi

Bu haqda Namangan viloyati IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
17:51 / 28.08.2025
Chilonzorda elektromobil yonib ketdi

Chilonzorda elektromobil yonib ketdi

Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanayotgani ma’lum qilingan.
09:25 / 28.08.2025
Isroilning G‘azo sektoriga hujumlarida qurbonlar soni 62 895 kishiga yetdi

Isroilning G‘azo sektoriga hujumlarida qurbonlar soni 62 895 kishiga yetdi

2023-yil 7-oktyabrdan boshlab Isroil armiyasining G‘azo sektoriga hujumlari natijasida halok bo‘lgan falastinliklar soni 62 …
09:48 / 28.08.2025
Samarqand viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Samarqand viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi(o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari …
22:11 / 28.08.2025
28-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

28-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 22-24 daraja iliq, kunduzi 37-39 daraja issiq bo‘ladi
22:54 / 27.08.2025
Ozarbayjonda mushkul ahvolda qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Ozarbayjonda mushkul ahvolda qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

O‘zbekiston rasmiy vakillari Sh.M.ning vatanga qaytishi uchun aviachipta xarid qilib berishgan. Sh.M. 26-avgust kuni Boku-To…
14:29 / 28.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!