$
12980.16 UZS
44.89
161.63 UZS
1.16
14606.57 UZS
239.37
38° Kechasi 22°

Gollivud malikasi Odri Xepbernning hayot, muhabbat va ayollik nazokati haqidagi inja fikrlari

12:36 / 20.05.2020

2020-yilning 4-may kuni Gollivudning eng yorqin aktrisasi va kinematografiya malikasi Odri Xepbern tavalludiga 91 yil to‘ldi. O‘ta nozikta’b va bitmas-tuganmas nafosat sohibasi bo‘lmish ushbu aktrisa haligacha dunyo bo‘ylab millionlab muxlislariga ega. 

Uning go‘zalligi, samimiyati, oqsuyaklarga xos didi har kimni asir etish xususiyatiga ega edi. Xepbern Gollivud va erkaklar qalbini o‘zining jozibasi, ichki quvvati va iste’dodi bilan zabt etgan. Hatto buyuk dizayner Yuber Jivanshi uni o‘zining bir umrlik ilhom parisi deb atagandi.

Aktrisa, ilhom pari, moda asoschisi va YuNISEF elchisi bo‘lmish bu ayol barcha rollarini a’lo darajada ijro etdi va 63 yoshida bu dunyoni tark etdi. Bugun biz ohuko‘z aktrisa – Odri Xepbernning qalblarga chuqur kirib boradigan qator sitatalarini e’tiboringizga havola etamiz.

Ayollik latofati xususida
• Lablar betakror bo‘lishi uchun yaxshi so‘zlar aytish kerak. Ko‘zlar chiroyli bo‘lishi uchun esa uning qa’ridan olijanoblik ufurib turishi lozim. Qomatingiz tik bo‘lishini istasangiz, taomingizni faqirlar bilan bo‘lishing. Soch chiroyli bo‘lishi uchun bola qo‘li uni tez-tez silab turishi shart.

• Ayolning go‘zalligi libosi, qomat yoki soch turmagida emas. Ko‘zlaridagi uchqunda! Axir ko‘zlar muhabbat yashayotgan qalb darvozasi sanaladi.

• Tik qomat istaysizmi – unda qaddingizni tik tuting va hamrohingiz uchun namuna ekanligingizni unutmang.

• Ayolning go‘zalligi uning tashqi qiyofasida emas, qalbida aks etadi. Bu – uning mehr bilan ko‘rsatadigan g‘amxo‘rligi.

• Odamlardan faqat yaxshi jihatlarni ko‘radigan ko‘zlargina jozibalidir.

• Eng chiroyli ayol yosh bo‘lishi shart emas, biroq baxtli bo‘lishi shart.

• Yillar o‘tadi, ammo go‘zallik emas.

• Yuksak did – hech qachon eskirmaydigan moda.

• Ayol, hatto daraxtdan olma uzayotib yoki yomg‘ir ostida turib ham ehtirosli ko‘rina oladi.

Muhabbat haqida

• Sevgi – eng foydali sarmoya, uni qancha ko‘p bersangiz, shuncha ko‘p foyda olasiz, deyishadi. Gap shundaki, sevgi bu eng noyob sarmoyadir – uni qancha ko‘p ulashsangiz, shuncha ko‘p o‘zingizda tug‘iladi. Agar hamma buni tushunsa, yashash qanchalik oson bo‘lardi...

• Men muhabbatga bo‘lgan kuchli istak va uni ulashishga bo‘lgan kuchli chanqoqlik bilan tug‘ilganman.

• Haqiqiy muhabbat – bu gullarni majburiyat tufayli emas, yurak amri bilan jo‘natishdir. 

• Baxt hayotingizga shov-shuv bilan kirib kelmaydi. Sizga chinakam baxt baxsh etadigan eng chiroyli tuyg‘ular tinchgina kirib keladi va sokinlik bilan payqashingizni kutadi. 

• Sevgi tilanchilik qilmaydi, u sodir bo‘lmasligi ham mumkin bo‘lgan taqdir inoyatidir.

• Erkak kishi sizni qanday ayol deb hisoblashini u sizga sovg‘a qilgan zirakdan bilib olishingiz mumkin.

Hayot va munosabatlar borasida:

• Hayotim xuddi ertakka o‘xshaydi. Unda juda ko‘p qiyinchiliklar bo‘lgan, biroq men, albatta, tunel ortidagi yorug‘likni ko‘ra olganman.

• Agar senga yordam qo‘li kerak bo‘lsa, u senda bor – bu o‘z qo‘ling. Ulg‘ayganing sari qo‘llaring ikkitaligini: biri – o‘zing uchun, boshqasi esa boshqalarga yordam berish uchun ekanligini tushunib yetasan.

• Yordam bermoq, yashamoq deganidir. Agar yordam berishni to‘xtatsang nima uchun ham yasharding...

• Men Yangi yilda har doim butun dunyo bolalariga tinchlik va baxt so‘rayman.

• Jabrlangan bolalarga yordam berish, har bir insonning burchidir. 

• Beparvo bo‘lmang. Bu, siz hayotda bajarishingiz mumkin bo‘lgan eng yaxshi ish. 

• Har kuni yolg‘iz emasligingni anglab, qaddingni tik tut.

• Agar hayotimdan bir kungina qolganini bilganimda men hayotimda sodir bo‘lgan faqat yaxshi hodisalarni eslagan bo‘lardim. Hech qanday qayg‘u, g‘ussa, otamning uyidan ketganim, bolam tushgani, hech birini yodga olmasdim. Faqat yaxshi narsalarni. Va shu yetarli bo‘lardi.

• Men o‘zimni hech qachon o‘zgacha bir inson deb bilmaganman. Boshqa odamlar men haqimda nima deb o‘ylashadi, bu – mening tashvishim emas. Men faqat o‘zimga yoqqan ishni qilaman.

• Yashash xuddi muzeylar bo‘ylab yugurish kabi. Va shundan keyingina siz ko‘rgan narsalaringizni haqiqatan ham anglay boshlaysiz, ular haqida o‘ylaysiz, kitoblardan qidirasiz va eslab qolasiz –  chunki barchasini bir vaqtning o‘zida qabul qilish imkonsiz.

• Men manikyur, qichqiriq kiyim, ta’tilda ham sochlarni tarab, lab bo‘yog‘i surtish kerakligiga ishonaman. Men pushtirang va baxtli qizlar eng chiroyli ekanligiga ishonaman. Men kaloriyalarni yo‘qotishning eng yaxshi usuli – kulish deb ishonaman. Ertaga yangi kun bo‘lishiga ishonaman va... mo‘jizalarga ishonaman.

• Men o‘z hayotimni jiddiy qabul qilmayman, lekin hayotimda sodir bo‘layotgan ishlarga jiddiy qarayman.

• Meni kulishga majbur qiladigan insonlarni yaxshi ko‘raman. Men kulishni juda yaxshi ko‘raman. U juda ko‘p kasalliklarni davolaydi. Bu, odamdagi eng muhim jihat.

• Shokoladli tort ko‘pchilik insonlarni g‘amdan xalos qiladi, meni, ayniqsa!


Bu ham qiziq

Shavkat Mirziyoyev Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakilini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakilini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13-may kuni Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakil…
19:41 / 13.05.2025
Rossiyaning Maxachqal’a shahridan Toshkentga parvozlar kechikishi mumkin

Rossiyaning Maxachqal’a shahridan Toshkentga parvozlar kechikishi mumkin

Bu haqda Uzbekistan Airways matbuot xizmati xabar bermoqda.
10:01 / 13.05.2025
O‘zbekistonlik og‘ir atletikachilar Osiyo chempionatida uchta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik og‘ir atletikachilar Osiyo chempionatida uchta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi uchta medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya…
17:56 / 14.05.2025
Baxtsiz hodisa sabab onasidan ayrilgan qiz xorijdan vatanga qaytarildi

Baxtsiz hodisa sabab onasidan ayrilgan qiz xorijdan vatanga qaytarildi

Bolalar ombudsmaniga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanida yashovchi fuqaro E.A.(ayol)ning murojaati kelib tushgan.
15:54 / 13.05.2025
Afg‘oniston Imom Buxoriy majmuasi uchun O‘zbekistonga Hirot marmarini hadya qildi

Afg‘oniston Imom Buxoriy majmuasi uchun O‘zbekistonga Hirot marmarini hadya qildi

Afg‘oniston Samarqand viloyatidagi Imom Buxoriy majmuasini tugatish uchun O‘zbekistonga 16 yuk mashinasi Hirot marmarini had…
18:06 / 14.05.2025
Samarqandda tabiatga 137 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazildi

Samarqandda tabiatga 137 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazildi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi tomonidan Samarq…
15:43 / 14.05.2025
Mahalliy qatnovlar uchun barcha aviakompaniyalarga subsidiya ajratiladi

Mahalliy qatnovlar uchun barcha aviakompaniyalarga subsidiya ajratiladi

O‘zbekistonda 2021-yil 1-iyundan boshlab mahalliy aviaqatnovlarni subsidiyalash yo‘lga qo‘yilgan.
13:25 / 13.05.2025
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi

Farmonga ko‘ra, bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari bo‘yicha ta’lim olish uchun eng munosib nomzodlarni sar…
10:27 / 13.05.2025
Mubashshir Ahmadning O‘zbekistonga deportatsiyasi rasman tasdiqlandi

Mubashshir Ahmadning O‘zbekistonga deportatsiyasi rasman tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi IIV tomonidan xalqaro qidiruvga e’lon qilingan 1974-yilda tug‘ilgan, fuqaro Tursunov Alisher Ahmado…
14:30 / 13.05.2025
Onlayn platformalar va veb-saytlarda qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik

Onlayn platformalar va veb-saytlarda qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik

Onlayn platformalar va veb-saytlar faoliyatiga qo‘yilgan talablarga rioya etmaganlik uchun qanday choralar ko‘zda tutilgan?
14:19 / 13.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!