$
12646.56 UZS
-27.81
160.88 UZS
-0.35
14461.34 UZS
-8.99
32° Kechasi 21°

Yig‘i faqat ayollargagina xos emas! Tabiiy yig‘ini soxtasidan ajrata biling

12:00 / 27.04.2020

 Tabiatda hech bir narsa besabab yaratilmagan. His-tuyg‘ularni ko‘z yoshlari orqali izhor qilish faqat insonga xos bo‘lgan xususiyatlardan biridir. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, inson o‘z hayoti davomida 70 litr atrofida ko‘z yoshi to‘kar ekan. Ularning teng yarmi (50 foizi) ayriliq azobi, uchdan biri (25 foizi) kundalik tashvishlar, hal etilishi qiyin bo‘lgan muammolar, beshdan biri (10 foizi) quvonch tufayli to‘kilar ekan.
  
Ilmiy yondashuv
Ko‘z yoshi xuddi shunday ataluvchi bezlar tomonidan ishlab chiqariladi. Mazkur ajralma ko‘zning shox pardasini namlab, undagi chang va g‘uborlarni yuvib turadi. Ko‘z yoshida kalsiy, magniy, natriy, glyukoza kabi bir qator moddalar mavjud. Ayollar erkaklarga qaraganda 4 marta ko‘proq ko‘z yoshi to‘kadi va ularning ko‘z yoshi harorati erkaklarnikiga qaraganda 0,5 darajaga issiqroq. Uning tarkibi va miqdorining buzilishi ko‘z kasalliklarining sababchisi yoki asoratiga aylanishi mumkin. Masalan, ko‘z yoshi to‘ka olmaslik quruq ko‘zlar sindromida, kompyuter qarshisida ko‘p o‘tirish tufayli yuzaga kelishi mumkin.
 
Tabiatning yana bir jumbog‘i
Ko‘z yoshlari paydo bo‘lishining aniq va to‘liq ilmiy tasdig‘i hozircha mavjud emas. Ilm haligacha nima uchun insonning xafagarchilik yoki xursandchilikdan yig‘lashini aniq bilmaydi. Ko‘z yoshi to‘kish sabablari haqida bir qancha qarashlar mavjud. Fiziologik nuqtai nazardan qaralganda, ko‘zning muguz pardasi yosh ajralgan paytda yana-da tiniqroq ko‘radi. Antropolog olimlarning so‘zlariga ko‘ra, ko‘z yoshi ko‘pincha xavotir yoki xavfni his etgan vaqtda paydo bo‘lar ekan. Bu holat insonga xavf omilini aniqlashga yordam beradi. Ammo nima uchun biz quvonganimizda ham yig‘laymiz?

Olimlar buni organizmning har qanday kuchli hissiyotga nisbatan javob reaksiyasi deb biladilar. Organizm uchun quvonch ham, g‘am-g‘ussa ham kuchli ta’sir omili bo‘lib xizmat qiladi va ruhiyat buni yengil qabul qilishi uchun “bir yig‘lab olishi” kerak. Demak, ko‘z yoshlar bizni ruhiy bosimlardan himoya qiladi.
 
Tug‘ilganimizdan beri hamroh

Ko‘z yoshi to‘kish qobiliyati insonning tug‘ilganidan 4-11 hafta o‘tishi bilan namoyon bo‘ladi. Chaqaloq uchun yig‘i tashqi muhit bilan aloqa vositasi sifatida xizmat qiladi. Negaki, yig‘i uning uchun e’tibor tortishning yagona vositasi. Yig‘lamagan bolaga ko‘krak tutilmaydi-da! Shuningdek, ko‘z yoshi bolaning ko‘z shilliq qavatini turli infeksiyalardan himoyalaydi. O‘pka va nafas mushaklarini rivojlantirishga yordam beradi. Ammo bola yig‘isiga bee’tibor bo‘lmaslik kerak. Chunki bu holat bazida kasallik alomati bo‘lishi ham mumkin.

Yig‘lab oling, yengil tortasiz
Tabiiy ko‘z yoshining reflektor (kuchli hid, chang kabi tashqi ta’sirlarga nisbatan o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladi) va hissiy turlari mavjud. Ularning birinchi turi barchaga tushunarli bo‘lsa kerak. Ikkinchi turi esa markaziy asab tizimiga hissiy zo‘riqishdan yengillashishga, stressni yengishga hamda kuchli xafagarchilik tufayli paydo bo‘lgan moddalarni chiqarib tashlashga yordam beradi. Hissiy ko‘z yoshi bosh miyaga zo‘riqishni susaytirish kerakligi haqidagi signal bo‘lib xizmat qiladi. Yig‘lash orqali siz ichingizdagi salbiy oqimlarni tashqariga chiqarib yuborasiz. Xotirjamlik va yengillik hissi paydo bo‘ladi. Yig‘lashdan emas, yig‘lay olmaslikdan qo‘rqish kerak. Chunki yig‘lay olmaslik his-tuyg‘ularning ichda yig‘ilib borishiga sabab bo‘ladi. Bu esa keyinchalik yurak, qon bosim, infarkt, insult kasalliklariga turtki bo‘ladi.
 
Faqat ayollarga xosmi?
Jamiyatimizda ajoyib bir qarash bor: yig‘lash faqat ayollarga xos, erkak yig‘lamaydi, deyishadi. Erkakning ko‘z yoshi to‘kishi zaiflik belgisi hisoblanadi. Ammo bu noto‘g‘ri qarashdir. Erkak ham yig‘laydi, ammo buni ayollar kabi hammaga namoyish etib bajarmaydi. Chunki ular ham ko‘z yoshining insonni ko‘rinmas xavfdan saqlashiga, bosh miyani zo‘riqishdan himoyalashiga, ichki xotirjamlikni tiklashga yordam berishini bilishadi. Qolaversa, bu sog‘lom organizmning tabiiy ehtiyojlaridan biridir. Shunday ekan, yig‘lashdan qo‘rqmang. Bundan uyalmang ham.
 
Qachon kasallik hisoblanadi?
Yig‘lash foydali, agarki me’yorida bo‘lsa. Yig‘lash bir maromda (shifokorlar buni epifor deb atashadi) bo‘lishi kerak. His-tuyg‘u bilan bog‘liq bo‘lmagan holatdagi yig‘loqilik qalqonsimon bez kasalligi (gipoterioz) alomati bo‘lishi mumkin. Unga qo‘shimcha beglilar: ko‘zda qum turgandek hissiyotning sezilishi, yorug‘likdan qo‘rqish, ko‘zlarning tez charchashi va ularda og‘riq kuzatilishi. Bu holatda ko‘z shifokori yoki endokrinolog yordami kerak bo‘ladi. Shuningdek, haddan ortiq ko‘z yoshlanishi quyidagi xastaliklar darakchisi bo‘lishi mumkin:
• ko‘z yoshi kanali yo‘lining berkilib qolishi;
• konyuktivit;
• ko‘z yoshi qopchasining yallig‘lanishi (dakriosistit);
• ko‘z qovog‘ining yallig‘lanishi (blefarit);
• keratit, ya’ni ko‘z muguz pardasining yallig‘lanishi;
• glaukoma.

Yig‘idan keyin ko‘zlar shishganda...
Yig‘lagandan keyin ko‘zlar shishib, yuz terisi qizaradi. Bu holat esa tashqi ko‘rinishga ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi. Shu holatni bartaraf etish bo‘yicha kerakli tavsiyalarni berib o‘tamiz.
• 2-3 marta, orasida 10-15 daqiqa tanaffuslar bilan sovuq suvda yuz yuviladi. Sovuq suv yuz terisida qon aylanishini yaxshilab, shishlarni yo‘qotishga yordam beradi.
• Muz bo‘lakchasi yuz terisiga, qizargan sohalarga aylanma harakatlar bilan surtib chiqiladi.
• Shishlarni ketkazishda ko‘zlar massaji yordam berishi mumkin. Ko‘zlar yumiladi va shu holatda qovoq usti ko‘rsatkich barmoq bilan massaj qilinadi. Massaj 5-8 daqiqa davomida bajariladi.
• Kartoshka mayda tishli qirg‘ichdan o‘tkaziladi. Hosil bo‘lgan massa dokaga o‘ralib, qovoqlar ustiga 10-15 daqiqaga qo‘yiladi. Sovuq suvda chayib tashlanadi.
• Damlangan paketchali ko‘k choy qovoqlar ustiga qo‘yiladi (5-7 daqiqa).
• Tuxum oqi teridagi qizarishni yo‘qotib, shishlarni ketkazishga yordam beradi. Buning uchun tuxum oqi qizargan sohalarga surtib chiqiladi. Oradan 5-10 daqiqa o‘tgach, sovuq suvda chayib tashlanadi.

Bu qiziq!
Ko‘pchilik oldida har narsaga ko‘z yoshi qilaverish insonni manipulyatsiya (boshqarish) qilib, foydani o‘ziga qaratishga, o‘z manfaatlariga erishishga xizmat qilishi ham mumkin.
Sun’iy yig‘i tabiiysidan farqlanadi. Tabiiy yig‘i birdan quyiladi va organizm zo‘riqishdan to‘liq xalos bo‘lgandagina sekin-asta to‘xtaydi. Yig‘lashdan to‘xtaganda ham ma’lum vaqt ko‘z yoshlar oqib turadi. Soxta yig‘i esa insonning ko‘z yoshi tomchilarini majburlab chiqarishi tufayli paydo bo‘ladi va maqsadga yetguncha baqirish, dod-voy solish bilan birga kechadi. Bu holatdagi yig‘i qisqa muddat davom etadi va inson yig‘lashdan to‘xtashi bilan ko‘z yoshi ham kelmaydi.

Nargiza UTEPOVA tayyorladi


Bu ham qiziq

Turkiyada odam savdosi jinoyatini sodir etgan o‘zbekistonlik ushlandi

Turkiyada odam savdosi jinoyatini sodir etgan o‘zbekistonlik ushlandi

Hozirda O‘zbekiston va Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan bu kabi jinoyatlarni fosh qilish bo‘yicha faol …
09:12 / 11.06.2025
Mobiuz kompaniyasi xalqaro sotuvga qo‘yildi

Mobiuz kompaniyasi xalqaro sotuvga qo‘yildi

Mobiuz mobil aloqa operatorini sotib olishga qiziquvchilardan arizalar qabuli boshlandi.
10:13 / 10.06.2025
Fuqarolarning huquqlarini sud orqali himoya qilish kafolatlari kuchaytiriladi

Fuqarolarning huquqlarini sud orqali himoya qilish kafolatlari kuchaytiriladi

Endilikda, shaxsning o‘z aybini tan olishi unga qarshi yagona dalil bo‘lsa, u aybdor deb topilmaydi.
17:08 / 10.06.2025
AQShda Trampga qarshi katta namoyishlarga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

AQShda Trampga qarshi katta namoyishlarga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

“Demokratik partiyaga yaqin bo‘lgan 100 dan ortiq tashkilotlar 14-iyun kuni, ya’ni Trampning tug‘ilgan kunida, butun AQSh bo…
17:22 / 11.06.2025
Navoiyga Xitoydan 42 ta zamonaviy avtobuslar olib kelindi

Navoiyga Xitoydan 42 ta zamonaviy avtobuslar olib kelindi

O‘zbekiston rahbarining 2023-yil 16-fevraldagi PQ–59-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Navoiy shahrida aho…
12:33 / 10.06.2025
11-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

11-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

11-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddat…
15:26 / 10.06.2025
Bugun JCh-2026 yo‘llanmasiga ega chiqqan O‘zbekiston MTJ Qatar bilan o‘ynaydi

Bugun JCh-2026 yo‘llanmasiga ega chiqqan O‘zbekiston MTJ Qatar bilan o‘ynaydi

Ma’lumot uchun, Osiyo mintaqasi saralashining 3-bosqichida “A” guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston terma jamoasi o‘tgan turda …
09:50 / 10.06.2025
Ko‘ksaroyda Bolgariya Prezidenti rasmiy kutib olindi

Ko‘ksaroyda Bolgariya Prezidenti rasmiy kutib olindi

10-iyun kuni Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Bolgariya Respublikasi Prezidenti Rumen Radevni…
11:59 / 10.06.2025
Sherzodxon Qudratxo‘ja: “Rossiyaga bormang, aziz vatandoshlar!”

Sherzodxon Qudratxo‘ja: “Rossiyaga bormang, aziz vatandoshlar!”

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda Markaziy Osiyodan borgan mehnat muhojirlari Rossiyada tahqirlangani aks etgan lavhalar keng tar…
15:55 / 10.06.2025
Yangiyo‘lda “Kamaz” 9 yoshli bolani urib yubordi

Yangiyo‘lda “Kamaz” 9 yoshli bolani urib yubordi

Ushbu yo‘l-transport hodisasi natijasida velosipedchi bola turli ko‘rinishdagi tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan.
14:53 / 11.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!