$
12097.93 UZS
50.48
151.77 UZS
-0.13
14194.50 UZS
95.37
31° Kechasi 18°

Kun tarixi: Shekspir 456 yoshda. Shekspir nega o‘zidan 8 yosh katta ayolga uylangan?

11:57 / 23.04.2020

Uilyam Shekspir 1564-yilning 23-aprelida tavallud topgan. U ingliz dramaturgi, shoir, aktyor va dunyoning eng mashhur dramaturglaridan biri bo‘lib, bizgacha uning 38 ta pyesa, 154 sonet va 4 ta she’ri yetib kelgan.

Hayoti 
Shekspir Angliyaning Uokshir grafligida 1564-yil 23-aprelda tug‘ilgan va aynan shu sanada vafot etgan. U Stratforddagi “grammatika maktabi”ga boradi va u yerda lotin tilini o‘rganadi, shu bilan birga lotin tilida she’rlar yozishni boshlaydi. 1582-yil 18 yoshida, u mahalliy yer egasining o‘zidan 8 yosh katta qizi Enn Xetueyga uylanadi. Nikoh paytida Enn homilador edi, ularning turmush qurishining sababi ham aynan shu bo‘lgan. 1583-yilda ularning birinchi farzandi Syuzannа dunyoga keladi. 
Shekspir hayotidagi keyingi 7 yil, 1585-1592-yillar haqida faqat mish-mishlar mavjud. Uning London teatridagi karyerasiga doir dastlabki ma’lumotlar 1592-yilga oid hisoblanadi. Tadqiqotchilar Shekspir hayotidagi ushbu yillarni “yo‘qolgan yillar”, deb atashadi.
Shekspir 1564-yil 23-aprelda tug‘ilib, 1616-yili aynan shu sanada vafot etgan.

Ijodi
Shekspir teatr asarlarini qachondan yozishni boshlaganligi va Londonga qachon ko‘chib o‘tganligi aniq emas, ammo bizgacha yetib kelgan manbalar 1592-yilga oid hisoblanadi.
Shekspir komediya va tragikomediya janrlarida yuksak san’at asarlari yaratgan. Uning Uyg‘onish davri romantikasi bilan sug‘orilgan, qishloq hayoti manzaralari bilan tasvirlangan, sarguzashtbop voqealarga boy komediyalari markazida har qanday to‘siqni yengib o‘tuvchi muhabbat mavzusi yotadi. Shekspir tragediyalarida bo‘lgani kabi, komediyalaridagi qahramonlarining nutqi ham o‘tkir va chuqur fikrlarga, piching va hazillarga boy.
Shekspirning “Otello”, “Romeo va Julyetta”, “Yuliy Sezar”, “Qirol Lir”, “Koriolan”, “Veronalik ikki yigit”, “Qiyiq qizning quyilishi” singari asarlari katta qiziqish bilan o‘qiladi. Ushbu asarlar yurtimiz teatrlarida ham muvaffaqiyatli sahnalashtirilgan.

Qiziqarli ma’lumotlar

• Shekspir sharofati bilan ingliz tilida 1700-3200 ga yaqin yangi so‘z paydo bo‘lgan.

• Teatr rejissyorlarining ta’kidlashiga ko‘ra, “Qirol Lir” asarining yakuni shu darajada qayg‘uli ediki, uni bir yarim asr davomida asl ko‘rinishida sahnalashtirishmagan.

• Shekspir o‘z asarlarida egizaklar mavzusini bir necha bor ishlatgan, chunki yozuvchining o‘zi ham egizaklarning otasi bo‘lgan edi. Egizaklardan biri (o‘g‘li) bolaligida vafot etadi, yana biri esa (qizi) 77 yil umr ko‘radi.

• Shekspir asari asosida yaratilgan birinchi film XIX asrda suratga olingan.

• Shekspirning so‘z boyligi 20-25 ming so‘zni tashkil etgan, solishtirish uchun aytib o‘tish kerakki, hozirda oliy ma’lumotli inglizlar ham yozish va nutq uchun atigi 4000ga yaqin so‘zdan foydalanadi. Qolaversa, yozuvchining ota-onasi savodli bo‘lmagan.

• Yozuvchining ismi va familiyasining 80 dan ortiq talaffuzi mavjud. Shuningdek, Shekspir so‘zi inglizchadan tarjima qilinganda “ajoyib nayza”, degan ma’noni bildiradi.

• Shekspir ijodiy faoliyati davomida yozgan 38 ga yaqin pyesasida 884 000 dan ortiq so‘z qo‘llagan.

• Tadqiqotchilar, Shekspir siyosat, musiqa va o‘simliklar dunyosini yaxshi bilgan deb, hisoblashadi. Uning pyesalarida o‘simliklarning 63 turiga oid ma’lumotlar topilgan.

Shekspir aforizmlari
• Chin sevgi gapira olmaydi, chunki chin sevgi so‘zlarda emas, harakatlarda aks etadi.

• Aqlsiz inson o‘zini dono deb biladi, donishmand esa o‘zining aqlsizligini biladi.

• Bir qarash bilan muhabbatni o‘ldirish mumkin, xuddi o‘sha qarash bilan uni tiriltirish ham mumkin.

• Sevgi uchun qo‘yilgan har qanday to‘siq uni kuchaytiradi.

• Men sizni aql kurashiga chorlamoqchi edim, ammo qurolsiz ekanligingiz ko‘rinib turibdi.

Guljahon Sanjarbekova tayyorladi


Bu ham qiziq

Shifoxonalarda dorilarni qo‘llash bo‘yicha tekshiruvlar va protokollarni yangilash ishlari boshlandi

Shifoxonalarda dorilarni qo‘llash bo‘yicha tekshiruvlar va protokollarni yangilash ishlari boshlandi

Klinik protokollarni qayta ko‘rib chiqish va xalqaro manbalar tomonidan samarasiz yoki yetarlicha o‘rganilmagan deb topilgan…
15:08 / 13.12.2025
Toshkentda Yangi yil tadbirlari sabab ayrim hududlarda transport harakati cheklanadi

Toshkentda Yangi yil tadbirlari sabab ayrim hududlarda transport harakati cheklanadi

Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
18:02 / 13.12.2025
O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari hajmi 11 oyda 17,3 mlrd dollarga yetdi

O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari hajmi 11 oyda 17,3 mlrd dollarga yetdi

Markaziy bankning Ichki valyuta bozori sharhida ma’lum qilinishicha, ushbu ko‘rsatgich o‘tgan yilning yanvar—noyabr oylariga…
12:32 / 14.12.2025
Tailandda komendantlik soati joriy qilindi

Tailandda komendantlik soati joriy qilindi

Tailand Kambodja bilan chegaradagi to‘qnashuvlar sabab Trat provinsiyasida komendantlik soati joriy etdi. Bu haqda Reuters x…
16:46 / 14.12.2025
Yoshlar Para Osiyo o‘yinlari–2025. O‘zbekiston umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi

Yoshlar Para Osiyo o‘yinlari–2025. O‘zbekiston umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi

BAAning Dubay shahri mezbonlik qilgan 2025-yilgi yoshlar Para Osiyo o‘yinlari yakunlandi. Musobaqa O‘zbekiston terma jamoasi…
11:09 / 14.12.2025
Boliviyaning sobiq prezidenti qamoqqa olindi

Boliviyaning sobiq prezidenti qamoqqa olindi

“Sotsializm sari harakat” partiyasi yetakchisi bo‘lgan Luis Arse 2020-yilda Boliviya prezidenti etib saylangandi. Mamlakatda…
09:13 / 14.12.2025
Kim Chen In Rossiyadan qaytgan koreyalik askarlarni tantanali kutib oldi

Kim Chen In Rossiyadan qaytgan koreyalik askarlarni tantanali kutib oldi

“Juma kuni “xorijdagi operatsiya zonasi”da “harbiy topshiriq”ni bajargan muhandis-sapyorlar bo‘linmasi KXDRga qaytdi”, – dey…
17:12 / 13.12.2025
Surxondaryo va Namanganda korrupsion hamda firibgarlik holatlari fosh etildi

Surxondaryo va Namanganda korrupsion hamda firibgarlik holatlari fosh etildi

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Energosavdo” filiali Namangan bo‘linmasi Kosonsoy tumani yuriskonsulti mahalliy fuqarodan 2 …
09:31 / 14.12.2025
Prezident Shavkat Mirziyoyev Yoshlar o‘rtasida V Paraosiyo o‘yinlari g‘oliblariga tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yoshlar o‘rtasida V Paraosiyo o‘yinlari g‘oliblariga tabrik yo‘lladi

Avvalo, barchangizni V Yoshlar Paraosiyo o‘yinlarida erishilgan ulkan tarixiy g‘alaba bilan chin qalbimdan samimiy muborakbo…
10:30 / 15.12.2025
Rossiyada qiyin ahvolga tushgan o‘zbekistonliklar 30 kungacha bepul yotoqdan foydalanishi mumkin

Rossiyada qiyin ahvolga tushgan o‘zbekistonliklar 30 kungacha bepul yotoqdan foydalanishi mumkin

Rossiya Federatsiyasida ishlash jarayonida murakkab moliyaviy ahvolga tushib qolgan, turar joysiz qolgan, tazyiq yoki zo‘rav…
16:51 / 13.12.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!