Rio-de-Janeyroda Olimpiada va Paralimpiya o‘yinlari vaqtida shaharning kam ta'minlangan oilalari mutlaqo bepul taomlar yeyishi mumkin bo‘lgan restoran ochildi. Bu yerda dunyoning eng yaxshi oshpazlari mazali taomlar tayyorlashadi.
Olimpiya shaharchasi restorani uchun sotib olingan mahsulotlar soni juda ham ko‘pligi ma'lum bo‘ladi.
Braziliyalik bosh-oshpaz Devid Gers va uning italiyalik hamkasbi Massimo Bottura bu haqida bilgach, ularni Rioning kam ta'minlangan insonlarini to‘ydirish uchun sarflashga qaror qilishdi.
Shunday qilib, yordamga muhtoj insonlar bepul ovqatlanadigan restoran qurishga qaror qilishdi.
Gers va Bottura jamoasiga yer sharining turli burchagidan 45 nafar bosh-oshpaz kelib qo‘shildi va Refettorio Gastromotiva loyihasi o‘z ishini muvaffaqiyatli boshladi.
«Biz isrofgarchilikka qarshi chiqamiz, ochlik bilan kurashamiz va insonlarga yetarlicha ovqatlanishi uchun imkon yaratamiz», — deydi Devid Gers.
Olimpiya o‘yinlari tamom bo‘lgach, restoran «o‘z tushliging uchun haq to‘la va muhtojlarga bepul kechki ovqat sovg‘a qil» tamoyili ostida ishlaydi.
Fikrimizcha, bunday tashabbuslar — hayotdagi ko‘plab muammolarni birgalikdagi harakatlar bilan bartaraf etadigan jamiyat yaratishga ajoyib imkoniyatdir.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!