La-Rinkonada butun dunyodagi eng baland tog‘li shahar hisoblanadi. Bu yerdagi turmush sharoiti juda qiyin. Biroq bu shaharcha hech bir hukumat tomonidan boshqarilmaydigan haqiqiy oltin konidir. 4 876 metr balandlikda doim ish qizg‘in: 50 000 kishi boyish orzusida kunu tun mehnat qiladi.
La-Rinkonada dunyodagi eng izolyatsion jamiyatlardan biri hisoblanadi.
Shaharcha aqlga sig‘maydigan darajada bir necha kilometr balandlikda barpo etilgan va u Bella Durmiente — "Uyqudagi go‘zal" muzligi soyasida qoladi.
Bu shaharchaga faqat xavfli yo‘lni kechib o‘tibgina yetish mumkin. Ushbu tog‘li yo‘l sirpanchiq o‘tlar, toshlar, loy va albatta yaxmalak bilan qoplangan.
Sayyohlar La-Rinkonadaga kamdan-kam kelishadi. Bu yerda mutlaqo hech qanday infratuzilma yo‘q, hukumat vakillari esa bir necha yilda bir marta ko‘rinish berishadi.
Bunday katta balandlikda ko‘pchilikda nafas olish bilan bog‘liq muammolar yuzaga keladi. La-Rinkonada aholisi shunga ko‘nikkan, sayyohlar hushidan ketgan vaqtlar esa ko‘p bo‘ladi.
Bu yerda nochor yashashsa-da, vijdonan pok hayot kechirishadi. Shahar iqtisodiyoti hukumat tomonidan boshqarilmaydigan oltin konlariga asoslanadi.
2001-2009 yillarda oltin bahosi 235 foizga o‘sdi. Shaharga yangi odamlar kelishdi va hozir uning aholisi 50 000 kishi atrofida.
Aholining katta qismini ijobiy fikrlashga moyil peruliklar tashkil qiladi, ularning har biri oltin orqasidan boyib ketishni orzu qiladi. Bu yerda doimiy maosh yo‘q: kondan qazib olingan oltinning bir qismiga barcha ishchilar da'vogarlik qilishi mumkin.
And tog‘larida bir necha asr mobaynida oltin qazish ishlari olib borilgan. La-Rinkonadadagi odamlar har kuni xavfli gazlar, simob va sianid bug‘lari bilan to‘ldirilgan konlarga qarab yo‘l olishadi — kislorod yetishmovchiligi bu yerda muhokamaga arzirli sabab hisoblanmaydi.
Ayollar konlarga qo‘yilmaydi. Buning o‘rniga ular vaqtinchalik ishchilar rolini bajarishadi.
Bu yerda dastlab kichik korxona barpo etilgan edi. Uning asoschilari odamlar oqimining bu qadar ko‘payib ketishini xayollariga ham keltirishmagan, shu bois shaharda shifoxon ham, normal hayot uchun kerakli boshqa infratuzilma ham yo‘q.
Shaharda oqar suv yo‘q, kanalizatsiya tizimi qurilishi esa mutlaqo ilojsiz. Chiqindilarni utilizatsiya qilish — har bir insonning shaxsiy ishi.
Ba'zilar o‘z chiqindilarini yoqishni afzal ko‘rishadi yoki ularni shaharcha tashqarisiga tashlashadi. Boshqalar esa ularni bo‘sh joylarga tashlab ketaverishadi.
Kanalizatsiyaning yo‘qligi va tog‘-kon ishlari La-Rinkonada yerlarining simob bilan kuchli ifloslanishiga olib keldi. Bu kimyoviy modda asab tizimiga juda salbiy ta'sir ko‘rsatadi, terini qichishtiradi va qizdiradi.
Mahalliy aholi o‘ziga o‘zi ko‘ngilochar mashg‘ulotlar o‘ylab topadi. Ular ko‘pincha konchilar tomonidan qurilgan kafeda vaqt o‘tkazishadi yoki futbol o‘ynashadi.
Orqa fonda ko‘rinib turgan ko‘l ham simob va sianid bilan ifloslangan. Shahar aholisi ana shu suvdan foydalanadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!