Bu layfxaklar har bir avtohavaskor ishini yengillashtira oladi.
1. Vannaxona konteyneridan yemaklar uchun joy sifatida foydalanish mumkin. Salonni ushoqlardan tozalang.
Bu mashinada tamaddi qilishni to‘g‘ri tashkil qilishga yordamlashadi va siz ichimliklar to‘kilishi hamda ushoqlar muammosini butunlay unutasiz.
2. Bolalarga taalluqli hamma narsalarni organayzerga joylang
Agar farzandingiz bo‘lsa, mashinangiz xuddi bolalar xonasiga o‘xshab ketishi mumkin. Bundan qutilish uchun organayzerdan foydalaning va bolaga taalluqli o‘yinchoqlarni, gigiyenik vositalarni, umuman hammasini o‘shanga joylang. Bu bilan nafaqat avtomobilingiz ozoda turadi, balki bolani ham tartibga o‘rgatasiz.
3. Stakan ushlagichlarga pishiriq idishlarini qo‘ying.
Birinchidan, stakan ushlagichlarning tubi toza turadi, ikkinchidan, foydalanishga qulay.
4. Jonivorlardan tushib qolgan yunglardan rezina cho‘tka va suv yordamida xalos bo‘lish mumkin.
Jonivorlarni sevuvchilar o‘rindiqlarda qolib ketgan qillarni changyutgich bilan olib bo‘lmasligini juda yaxshi bilishadi. Tez va soz tozalash uchun avval o‘rindiqlarga suv sepish va ustidan rezina cho‘tka yurgizish kerak. Bironta qil qolmaydi.
5. Changyutgichni ishlatishdan oldin o‘rindiqlarga soda seping.
Agar salonda yoqimsiz hid sezsangiz, bu layfxak maxsus siz uchun: soda hidlarni tortib oladi.
6. CD-disklarning qutisidan magnitolani yopishda foydalaning.
Bu maslahat o‘z magnitolalari va oynalarini ehtiyot qiladiganlar uchun. Bir vaqtning o‘zida ham estetika ham xavfsizlik mujassam bo‘ladi.
7. Salonga chiqindilarga mo‘ljallangan kichik chelak qo‘ying.
Uydagi qoidalarni nima uchun mashinada ham qo‘llash mumkin emas? Uyda chiqindilarni chelakka tashlab o‘rganganmiz. Shunday ekan, mashinaga ham chelakcha qo‘yilsa, eshik cho‘ntaklari va boshqa joylarda chiqindi yig‘ilib qolishining oldi olinadi. Muhimi, chiqindi vaqtida tashlab turilishi kerak.
8. Chiqindilar uchun qopcha qo‘ying
Agar chelakcha yo‘lovchilarga xalaqit beradigan bo‘lsa, panelga o‘zi yopishuvchi va iz qoldirmaydigan ilgaklar yordamida chiqindilarga mo‘ljallangan qopcha yopishtirib qo‘yish mumkin.
9. Chiroqlar yaltirab turishini istasangiz – tish pastasi bilan arting
Latta ustiga ozgina tish pastasi surib, chiroqlarning ustini arting. Pastaning yumshoq tarkibi kirlardan tozalaydi va chiroqlar yaltillab qoladi.
10. Kirlangan joylarni tish cho‘tkasi yordamida tozalang.
O‘rindiq hamda panellardagi o‘ta kirlangan joylarni latta bilan tozalashning imkoni bo‘lmasa, cho‘tkadan foydalaning. Soda yoki maxsus tozalash vositasini cho‘tka yordamida ishqalab, tozalab olsa bo‘ladi.
11. Deflektorlar orasidagi to‘r changini cho‘tka yordamida oling.
Afsuski, ko‘pchilik deflektorni tozalashga unchalik ham ahamiyat beravermaydi. Bu nafaqat estetik nuqtai-nazardan, balki havo tozaligi uchun ham muhim.
12. Mashinani soch konditsioneri bilan yuving.
Bu layfxak g‘alati eshitilishi mumkin. Biroq, kulishga shoshilmang. Soch konditsionerlari tarkibidagi lanolin va mum mashinani yaltiratadi.
13. WD-40 qushlar “sovg‘asi”ga qarshi
WD-40’ning imkoniyatlari haqida ko‘p eshitgansiz. Agar uni mashinangiz ustiga sepib qo‘ysangiz, qushlar yaqinlashmaydi. Bu suyuqlik, shuningdek, kapot va bamperga har xil narsalarning yopishib qolishidan saqlaydi.
14. Dog‘ paydo qilmasligi uchun oyna tozalagichni tibbiyot spirti bilan arting.
15. Qistirgich yordamida aromatizator yasang
O‘zingizga yoqqan efir moyini tanlab olingda, yog‘och qistirgichga undan bir necha tomchi tomizing. Aromatizator tayyor. Salonga qo‘ysangiz, kifoya.
16. Ananas po‘chog‘i yordamida salon havosini tozalang
Ananas po‘chog‘ini xaltachaga soling va kichik teshik ochib, salonga qo‘ying. Yoqimli hid ko‘nglingizni xushlab turadi.
17. Stakan ushlagichlarini tozalash uchun stakan, eski paypoq va oyna tozalovchi vositadan foydalaning.
Paypoqni stakanga kiygizing va unga oyna tozalovchi vositani suring. Keyin uni stakan ushlagichga qo‘yingda, aylantiring. Paypoq hamma kirni tozalab oladi.
18. Javondan foydalanib narsalaringizni bagajnikka qulay joylashtiring.
Bunday javon bagajnikda ko‘p joy qoldiradi. Bu esa sig‘masa kerak-ov, deb o‘ylagan xaridlaringizni yoki sport jihozlaringizni bemalol joylashtirish imkonini beradi.
19. Yoriqlardan kirni otvyortka va latta yordamida olib tashlang.
Yalpoq otvyortka olib uning uchiga yumshoq latta o‘rang va avtomobilning mayda yoriqlardagi kirlarini tozalang.
20. Oynaning yuqori qismini artishni esdan chiqarmang.
Eng oxirgi ishni ham tugatib qo‘ying: oyna tozalagich va latta yordamida oynaning yuqori qismini ham artishni unutmang. Bu dog‘lardan asraydi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!