Agar siz sarguzashtlarni, mantunkor peyzajlar, tirik tabiat burchaklarini xush ko‘rsangiz, unda qo‘yidagi manzillar sizga ilhaq bo‘lib turibdi.
1. Azor orollari, Portugaliya.

Atlantika okeani o‘rtasi joylashgan bu 10 ta orol saxiy quyoshi, olovrang qumloqlari va hayratlanarli tog‘ manzaralari bilan go‘zal. Bu vulqon natijasida yuzaga kelgan arxipelag (bir-biriga yaqin orollar majmuasi)da bayram karnavallari va haqiqiy korridalar (buqa janglari) o‘tkazib turiladi.
2. Hind okeanidagi Seyshel orollari

Seyshel orollari deganda 150 ta katta bo‘lmagan orollar kombinatsiyasi tushuniladi. Unda inson ta'siri sezilmagan o‘rinlar mavjud. Orollar bor-yo‘g‘i 250 yil oldin ochilgan. Bu yerda sizni ertaknamo yelkanlar, dayving, baliq ovi kutmoqda.
3. Kimberli, shimoli-sharqiy Avstraliya.

Kimberli hududi maydoni deyarli 262 ming milga teng bo‘lib, murakkab lanshaft turistlarni turli g‘orlar, tropik o‘rmonlar, xilvat plyajlar va yovvoyi tabiatning boshqa shakllari ko‘rinishida o‘ziga chorlaydi. Bu Avstraliyaning go‘zalligini bor bo‘y-basti bilan ko‘rish mumkin bo‘lgan o‘rinlaridan biridir.
4. Mayorka, Ispaniya.

Hech kimga sir emaski, Ispaniya g‘aroyib mamlakat, Mayorka ham qiziquvchan turistning ko‘nglidan chuqur joy oluvchi o‘rin. U yerdagi antiqa poyezdda delfinlar va dengiz sherlari shousini tomosha qilish mumkin.
5. Xunan muzofoti, Xitoy.

Bu shaftolili o‘rmon va dalalar vatani. Hatto uni shaftoli gullari hududi ham deyishadi. Bu yerdagi peyzajning kishi e'tiborini o‘ziga tortuvchi jihati uning tarixi 1600 yillar avvalga borib taqalishi bilan ham bog‘liq. Ko‘rinish boshqa mamlakatlar tubdan farq qiladi. Shavq va hayrat har bir sayyohni chulg‘ab olishi tayin
6. Viktoriya sharsharasi, Afrika, Zambiya va Zimbabva chegarasi.

U kimlarni hayratlantirmagan deysiz. Dunyoning eng baland sharsharasini ko‘rgandan keyin barchaning ruhiyatida o‘zgarish seziladi.
7. Riga, Latviya.

Riga me'morchilik san'ati bilan mashhur bo‘lgan bo‘lib, u o‘z uslubiga ko‘ra modern yo‘nalishdagi kolleksiyaga “egalik qiladi”.
8. Meteorlar, Gretsiya.

XI asr boshlarida bu tepalikda monastir qo‘rilgan. Ish o‘ta qiyinligiga qaramay, bu yerda 24 dona monastir qad rostlagan va ayni kunda ularning 6 tasi saqlanadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!