Eron lideri Rossiya va Xitoyni Vashington tomonidan kiritilgan qurol embargosini Tehronning oltita davlat bilan imzolagan yadroviy kelishuvi muddati tugashi munosabati bilan to'xtatishga chaqirdi.
Donald Tramp ma'muriyati Eronga nisbatan embargoni uzaytirish va kuchaytirish borasida jiddiy choralarni ko'rmoqda, uning bekor qilinishi Tehronning Yaqin Sharqdagi mojarolarni avj oldirishi mumkin bo'lgan qurolga ega bo'lishini ta’minlashini aytiladi.
"Biz AQShning harakatlariga BMT Xavfsizlik Kengashining to'rtta doimiy a'zosi qarshi chiqishini istaymiz ", - degan Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy televideniyedagi nutqida.
"Ayniqsa, Rossiya va Xitoyning bu fitnaga qarshi turishini kutamiz. Amerika muvaffaqiyat qozona olmaydi, biz hatto sanksiyalar ostida ham mudofaa qobiliyatimizni kuchaytira olamiz", - degan Eron rahnamosi.
Rossiya va Xitoy Xavfsizlik kengashidagi veto (yoqlamaslik) vakolati orqali Eronga qurol-yarog‘ embargosini qayta kiritishga qarshi ekanliklarini bildirishgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!