$
12149.84 UZS
7.74
151.10 UZS
0.57
14003.91 UZS
-76.07
31° Kechasi 18°

Toshkent davlat yuridik universiteti kirish imtihonlarida o‘zgarish bo‘ladi 

12:46 / 30.10.2021

Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga kirishda topshiriladigan test sinovlari tarkibiga o‘zgartirish kiritiladi.

Unga ko‘ra, 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab, mazkur universitetga kirishda test sinovlarining 2-bloki, ya’ni “yurisprudensiya” bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos fanlar bo‘yicha Tarix fani o‘rniga huquqiy fanlar kiritiladi.

Ta’lim muassasasi rahbariyati mazkur o‘zgarishni “yurisprudensiya” ta’lim yo‘nalishiga mos fanlar bo‘limida nomutaxassislik (tarix) fanining belgilanishi umumiy o‘rta ta’lim va oliy yuridik ta’lim o‘rtasida uzviylikning ta’minlanmasligiga, maktabda huquqshunoslik faniga bo‘lgan qiziqishning pasayishiga hamda oqibatda oliy ta’limga kelgan talabada huquqiy fanlar bo‘yicha zarur bilim shakllanmasligiga sabab bo‘layotgani bilan izohladi.

Shuningdek, bu borada xorijiy tajriba ham o‘rganilgani, jumladan, Glazgo universiteti, Londondagi Kings kolledji, Nottingem va Oksford universitetlariga o‘qishga kirish uchun Huquqshunoslik uchun milliy kirish testi (National Admission Test for Law, LNAT) topshirish talab etilishi ma’lumot uchun keltirib o‘tiladi.

Universitet ma’muriyati ayni paytda maktablarda o‘qitilayotgan Davlat va huquq asoslari hamda Konstitusiyaviy huquq asoslari fanlari kelgusi o‘quv yilida kirish imtihonlari uchun tuziladigan test savollariga asos bo‘lishini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, shu paytgacha Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga kirishda abituriyentlar 2 ta bo‘limdan iborat 5 ta fan majmuasidan test sinovlari topshirib kelgan. Bunda, 1-bo‘limda barcha yo‘nalishlar uchun majburiy 3 ta fan – Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili), Matematika va O‘zbekiston tarixi, 2-bo‘limda “yurisprudensiya” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 2 ta fan – Tarix va Chet tili fanlari jamlangan.

 


Bu ham qiziq

Turkiyadagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Turkiyadagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi Turkiyada bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarni shaxsiy mas’uliyatni oshir…
11:25 / 05.04.2026
Samarqanddagi maktabda direktor o‘rinbosari va o‘quvchi o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi

Samarqanddagi maktabda direktor o‘rinbosari va o‘quvchi o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi

Mazkur holat bugun, 2-aprel kuni darsdan so‘ng maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari hamda 9-sin…
16:09 / 02.04.2026
Sindarov Nomzodlar turnirida peshqadamlik qilmoqda

Sindarov Nomzodlar turnirida peshqadamlik qilmoqda

Kiprning Pafos shahrida o‘tkazilayotgan mukofot jamg‘armasi 1 million yevroni tashkil etuvchi Nomzodlar turnirida 1 ochkolik…
17:50 / 02.04.2026
Xitoyda yangi virus tarqaldi

Xitoyda yangi virus tarqaldi

Reuters xabariga ko‘ra, Xitoyda ilgari uchramagan yangi turdagi yashur kasalligi, ya’ni chorva orasida tez yuqadigan virus a…
11:24 / 03.04.2026
Mahalla va OAV hamkorligi – yangi bosqichda!

Mahalla va OAV hamkorligi – yangi bosqichda!

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev hamda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi vazifasini bajaru…
09:41 / 02.04.2026
3-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

3-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kec…
16:11 / 02.04.2026
Erondagi ko‘prikka uyushtirilgan hujum natijasida halok bo‘lganlar soni 13 kishiga yetdi

Erondagi ko‘prikka uyushtirilgan hujum natijasida halok bo‘lganlar soni 13 kishiga yetdi

Tehron va Karaj o‘rtasidagi Eronning V1 ko‘prigiga AQSh-Isroil hujumi natijasida halok bo‘lganlar soni 13 kishiga yetdi.
09:50 / 04.04.2026
Toshkentda PPX xodimiga musht tushirgan haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentda PPX xodimiga musht tushirgan haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

30-mart kuni tungi vaqtda Yashnobod tumani ko‘chalarining birida Malibu va Leapmotor avtomashinalari ishtirokida to‘qnashuv …
14:06 / 02.04.2026
Endilikda dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazishda ularning xalqaro miqyosdagi samaradorligi o‘rganiladi

Endilikda dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazishda ularning xalqaro miqyosdagi samaradorligi o‘rganiladi

Unga ko‘ra, dori vositalarining samaradorligi 12 ta xalqaro ilmiy manbalar asosida tekshiriladi.
13:57 / 04.04.2026
Namangan–Dehli yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Namangan–Dehli yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Ushbu yo‘nalishidagi qatnovlar har haftaning juma kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
16:25 / 03.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!