Poytaxt markazidagi Amir Temur hiyoboni shaharning eng go‘zal joylaridan biri hisoblanadi. Buyuk sarkarda Amir Temur haykali bu yerning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib turibdi. Buni qarangki, bugun ushbu haykal o‘rnatilganiga naqd 25 yil bo‘libdi. 1994-yil 31-avgust kuni mustaqillik arafasida taniqli Badiiy Akademiya akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Ilhom Jabborov bronzadan quyma tarzda yasalgan Amir Temur haykalini keng ommaga taqdim qilgan.
Hukmdor jangovar kiyimda, go‘yoki g‘alabali yurishdan qaytmoqda, chap qo‘li bilan olovli otini jilovlamoqda, o‘ng qo‘li uni kutib olayotgan odamlar uzra ko‘tarilgan va mamlakatda tinchlik-osoyishtalik hukm surishini ma’lum qilmoqda. Hukmdorning viqorli salobati va yarim bukilgan qo‘li farovonlik va taraqqiyot ramzidir. Haykal o‘rnatilgan tagkursida esa buyuk Temurning “Kuch – adolatdadir” shiorining to‘rt tilda yozilganligini ko‘ramiz.
Markaziy maydonga Amir Temur haykali o‘rnatilishidan oldin boshqa ko‘pgina haykallar, byustlar o‘rnatilib, xiyobonga turli nomlar berilgan. Quyida ularni yilma-yil ko‘rib chiqishingiz mumkin bo‘ladi.
1882-yil—Konstantin xiyoboni
1913-yil – Kaufman xiyoboni
1918-yil – Mariya Spiridonova nomidagi xiyobon
1918-yil – Inqilob xiyoboni
1991-yil – Markaziy xiyobon
1994-yil –Amir Temur xiyoboni
Haykallar:
1889-yil — Kaufman qabri
1913-yil — O‘rta Osiyoni zabt etgan qo‘shinlar haykali
1918-yil — Inqilob kurashchilari haykali
1918-yil — «Ozod etilgan mehnat» monumenti
1927-yil — «Oktyabr – jahon inqilobi mash'ali 1917 — 1927» gumbazli kolonna
1930-yil — Lenin va «Besh yillikka 4 yilda!» haykali
1930-yil — Sobiq haykalning granitli asosi
1935-yil — Yo‘lning qatnov qismi
1948-yil — Stalin haykali
1961-yil — Kommunizm dasturi sharafig‘a bag‘ishlangan yodgorlik
1968-yil — Karl Marks haykali
1994-yil — Amir Temur haykali
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!