2001-yilning 23-oktabrida Stiv Jobs inqilobiy qurilma – iPodni keng omma e’tiboriga taqdim etdi. G‘ayrioddiy navigatsiya musiqiy pleyerlar bozorida katta o‘zgarish qildi. Ana shundan keyin ko‘chma elektronikalar davriga yo‘l ochildi.
iPod birinchi avlodi (2001)

Ushbu texnika Mac-OS operatsion tizimisiz ishlaydigan Apple’ning birinchi qurilmasi bo‘lgan. U 18 yil oldin taqdim etilgan va o‘z vaqtiga 399 dollarga baholangan. Qurilma monoxromli displey, 5 GB hajmdagi ichki xotira, maxsus FireWire porti va g‘ayrioddiy mexanik aylantiruvchi g‘ildirakka ega bo‘lgan.
Ikkinchi avlod iPod’i (2002)

Ikkinchi avlod birinchisiga deyarli o‘xshash edi. Faqat aylana tugmachaning butunlay sensor tizimiga o‘tgani uning farqli tomoni bo‘ldi.
iPod uchinchi avlodi (2003)

2003-yilda pleyerning uchinchi avlodi paydo bo‘ldi. Bu safar iPod dizaynida yaxshigina o‘zgarish bo‘ldi. Trekni boshqarish tugmachalari aylana ustiga joylashtirildi.
iPod mini (2004)

iPod mini o‘zgarishlar davridagi muhim model edi. Qurilma yanada ixcham bo‘lib, bir nechta yangi ranglarda ishlab chiqarila boshlandi. Bundan tashqari, u Click Wheel bilan boshqariladigan birinchi iPod modeli hisoblanadi.
To‘rtinchi avlod iPod’i (2004)

To‘rtinchi avlod iPod’i klassik iPod hisoblanadi. “Pleyer” so‘zi aynan u bilan bog‘liq.
iPod Shuffle’ning birinchi avlodi (2005)

Bu flesh-xotira qo‘ysa bo‘ladigan birinchi iPod edi. Tashqi ko‘rinishidan u xuddi fleshkaga o‘xshaydi.
iPod Nano’ning birinchi avlodi (2005)

Bu eng ingichka iPod bo‘lib, qalinligi atigi 7 mm. bo‘lgan. Qurilma ingichka bo‘lishiga qaramay, batareykasining quvvati 14 soatga yetardi. Biroq uning xotirasi juda kichkina bo‘lgan (1,2 yoki 4 mg).
iPod’ning beshinchi avlodi (2005)

Mazkur iPod kengroq metall korpus va shaffof plastik panelga ega bo‘lgan.
Bu video tomosha qilsa bo‘ladigan birinchi qurilma edi. Aynan shu pleyerdan keyin video-kontent paydo bo‘lgan.
iPod Touch’ning birinchi avlodi (2007)

U birinchi iPhone chiqqanidan bir necha oy o‘tgach paydo bo‘ldi. Dizayni smartfonga juda o‘xshash bo‘lgan.
iPod classic (2007)

Ushbu model dizaynida kichik o‘zgarishlar bo‘ldi: old panel shaffof plastik alyuminiy bilan almashtirildi. Bundan tashqari, u yangilangan dasturiy ta’minotga ega edi. iPod Classic’ning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u 160 Gb ichki xotira ega edi. Apple 2014-yilning sentabr oyida iPod Classic sotuvini to‘xtatgan.
Uchinchi avlod iPod Shuffle (2009)

Ushbu kichkina pleyerning asosiy ustunligi uning ixchamligida edi. Qurilmaning og‘irligi atigi 10 gramm, ichki xotirasi esa 2 yoki 4 Gb bo‘lgan. U o‘sha vaqtda 59 dollarga baholangan.
Beshinchi avlod iPod Nano (2009)

Ushbu model to‘rtinchi avlodga qaraganda cho‘zinchoqligi bilan ajralib turar edi. Va eng muhimi, unda kamera va karnay joylashtirilgan edi. Kengaytirilgan ekran esa video ko‘rishga mo‘ljallangan.
To‘rtinchi avlod iPod Touch (2010)

Ushbu iPod’ning dizayni va texnik xususiyatlarida yangilanishlar bo‘ldi. Bundan tashqari, unda asosiy kamera va Retin-displeyi paydo bo‘ldi.
Oltinchi avlod iPod Nano (2010)

Ushbu iPod kvadrat korpusga, sensorli ekranga ega edi. Tik Tok kompaniyasi qurilmani qo‘l soati ko‘rinishida ishlab chiqarishni taklif qildi. Bu, albatta, iPodni yana mashhurlikka olib chiqdi.
To‘rtinchi avlod iPod Shuffle (2010)

To‘rtinchi avlod ikkinchi avlod pleyeriga o‘xshab ketadi. U kichkinagina shaklda bo‘lib, qo‘l bilan bosiladigan tugmachalarga ega edi.
Yettinchi avlod iPod Nano (2012)

Bu qurilma xuddi iPhone kabi sensorli ekran va qaytarish tugmasiga ega edi. Aytgancha, uning quvvati naq 30 soatgacha yetgan.
Oltinchi avlod iPod Touch (2012)

Beshinchi avlod versiyasi takomillashtirilgan apparat va kamera bilan ajralib turadi. U iPhone 6 ning texnik xususiyatlarini o‘zida jamlagan bo‘lib, hozirgi kungacha player sifatida o‘z ahamiyatini yoqotmagan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!