$
12965.34 UZS
-14.82
161.34 UZS
-0.29
14525.07 UZS
-81.5
26° Kechasi 16°

YANGI QONUN LOYIHASI: noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqalishining oldini olish qanday amalga oshiriladi?

11:03 / 16.05.2025

Odamlarning kundalik hayotiga dezinformatsiya, feyk, troll va bot kabi tushunchalar chuqur kirib borar ekan, davlatlarning xavfsizligi va barqarorligiga ham tahdid solayotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz.

Dezinformatsiya zararlidir – u insonning turli huquqlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, mamlakat va jamiyatni rivojlantirish bo‘yicha muhim davlat chora-tadbirlariga to‘sqinlik qiladi, mojarolar va favqulodda vaziyatlar paytida keskinlikning kuchayishiga sabab bo‘ladi.

Noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqalishi ko‘plab huquqlarga ta’sir qilishi mumkin, ayniqsa, sog‘liqni saqlash huquqi, kamsitilmaslik huquqi va boshqalarga ko‘proq daxl qiladi. Noto‘g‘ri yoki noaniq tibbiy ma’lumotlar tobora keng ko‘lamli ijtimoiy oqibatlarga olib kelmoqda. Dezinformatsiyaning salbiy ta’siriga koronavirus pandemiyasi atrofidagi vaziyat - bir qator mamlakatlarda COVID-19 ga qarshi emlashdan ommaviy bosh tortish yaqqol misol bo‘ldi.

Shunday vaziyatni hisobga olgan holda, so‘nggi yillarda ko‘plab xorijiy mamlakatlar dezinformatsiya tarqalishiga qarshi choralar ko‘rmoqda. Ekspertlarning baholashicha, rivojlangan texnologik infratuzilmaga ega davlatlar hukumatlari ijtimoiy tarmoqlar faoliyatini yanada faolroq tartibga solish yo‘lini tanlaganlar. Barcha yirik ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilarning shikoyatlarini kuzatib boradigan, qonunga xilof postlarni o‘chiradigan, qoidabuzarlarni bloklaydigan moderator jamoalari mavjud bo‘lsa-da, davlatlar bu jarayonni nazorat qilishni va taqiqlangan kontent uchun o‘z mezonlarini joriy etishni, shu jumladan dezinformatsiyaga qarshi kurashish doirasida ham xohlaydilar.

Xususan, Yevropa Ittifoqida soxta yangiliklarga qarshi kurashish uchun “Raqamli xizmatlar to‘g‘risidagi qonun” (DSA) qabul qilindi. Ushbu qonun Facebook, Instagram va YouTube kabi eng yirik onlayn platformalardan yolg‘on axborotga qarshi faolroq kurashishni talab qiladi. Platformalar soxta yangiliklarni, ayniqsa ular jamoat salomatligi yoki xavfsizligiga tahdid solsa, o‘chirib tashlashlari shart. Yevropa Ittifoqi, shuningdek, xizmatlarga kontent moderatsiyasi haqida yanada shaffof xabar berish majburiyatini yuklaydigan qoidalarni joriy etdi.

2017-yilda Germaniyada “Ijtimoiy tarmoqlarda huquqni qo‘llashni takomillashtirish to‘g‘risida”gi qonun (“Facebook haqidagi qonun” nomi bilan mashhur) qabul qilindi. Qonun Facebook, YouTube va boshqa yirik tarmoq platformalariga Germaniya Federativ Respublikasi Jinoyat kodeksining 22 ta bo‘limida belgilangan “noqonuniy kontent”ni tezda olib tashlash majburiyatini yuklaydi.

“Ijtimoiy tarmoqlarda huquqni qo‘llashni takomillashtirish to‘g‘risida”gi qonun Germaniyada 2 milliondan ortiq ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchiga ega kompaniyalarga noqonuniy kontent haqidagi murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqishning samarali hamda shaffof mexanizmini yaratish majburiyatini yuklaydi. Bunday murojaat kelib tushgandan so‘ng 24 soat ichida ular kirishni to‘sishi yoki “ochiq-oydin noqonuniy kontent”ni olib tashlashi shart.

2020-yilda Fransiyada “Internetda nafratni qo‘zg‘atishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Bu qonun tarmoq platformalariga kontentni sud qarorisiz o‘chirish majburiyatini yuklaydi va unga oid shikoyatni qondirishni rad etganlik uchun jarimalar belgilanishini nazarda tutadi. Shuningdek, onlayn platformalar Fransiyada qonuniy vakil tayinlashlari shart.

“Internetda nafratni qo‘zg‘atishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunning asosiy maqsadi - internet-platforma operatorlari zimmasiga insonlar o‘rtasidagi irqiy, jinsiy, gender va boshqa farqlar asosida haqorat qiluvchi yoki nafrat uyg‘otuvchi kontentni olib tashlash majburiyatini yuklashdan iborat.

Bunday global tendensiyani hisobga olgan holda, O‘zbekiston ham mamlakatimizda dezinformatsiya tarqalishiga qarshi faol kurash olib bormoqda.

Jumladan, mamlakatimizda “Onlayn platformalar va veb-saytlar foydalanuvchilarining huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi yangi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Ushbu normativ-huquqiy hujjatning maqsadlaridan biri axborot makonida yolg‘on ma’lumotlar miqdorini kamaytirishdir.

Xususan, qonun yolg‘on axborotga aniq ta’rif berib, bunday ma’lumotlarni mamlakatimiz hududida joylashtirish taqiqlanganini belgilaydi. Bu haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan yoki shaxslar, narsalar, voqealar, hodisalar va jarayonlar haqidagi faktlarni har qanday shaklda noto‘g‘ri aks ettiruvchi ma’lumotlardir.

Yangi qonun foydalanuvchilar, blogerlar, inflyuyenserlar va veb-sayt egalariga nafaqat noqonuniy kontentni tarqatmaslik, balki e’lon qilingan noqonuniy kontentni olib tashlash majburiyatini ham yuklaydi. Shu bilan birga, qonun hujjati inflyuyenserlar va veb-sayt egalariga joylashtirilayotgan va tarqatilayotgan kontentning ishonchliligini u ommaga ochiq bo‘lishidan oldin tekshirish majburiyatini yuklaydi.

Inflyuyenserlar va veb-sayt egalari o‘z akkauntlari, ommaviy hamjamiyatlari yoki veb-saytlarini, shu jumladan foydalanuvchilar tomonidan izoh va fikr-mulohazalar qoldirishga mo‘ljallangan bo‘limlarni ham, noqonuniy kontentni aniqlash maqsadida kuzatib borishlari shart. Bunday kontent aniqlangan taqdirda, uni darhol olib tashlash choralarini ko‘rishlari lozim.

Umuman olganda, raqamli texnologiyalar va ijtimoiy media davrida dezinformatsiya muammosi misli ko‘rilmagan darajaga yetganini ta’kidlash lozim. Yolg‘on axborot tarqatish shakllari va usullarining xilma-xilligi jamiyat va davlat uchun jiddiy muammolarni keltirib chiqarmoqda. Shu bois O‘zbekistonda dezinformatsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tizimli harakatlar amalga oshirilmoqda. Bu borada “Onlayn platformalar va veb-saytlardan foydalanuvchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi muhim bosqich bo‘ladi.

Onlayn makonni tartibga solishni takomillashtirish va foydalanuvchilar manfaatlarini himoya qilish maqsadida ishlab chiqilgan mazkur qonunda ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olgan holda yolg‘on axborot tarqalishining oldini olish va cheklashga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan. Unda platformalarga kontentni nazorat qilish mas’uliyati, yolg‘on ma’lumotlarni tezkor olib tashlash majburiyati va ularni tarqatganlik uchun jazo choralari ko‘zda tutilgan.

Bobur NABIYEV,
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
bosh mutaxassisi


O‘zbekiston


														
														“Sudya”likka da’vogarlik qilgan 2 nafar ichki ishlar xodimi katta miqdorda pora bilan ushlandi

“Sudya”likka da’vogarlik qilgan 2 nafar ichki ishlar xodimi katta miqdorda pora bilan ushlandi

DXX Call-markaziga murojaat qilgan Toshkent viloyatida yashovchi fuqarodan, viloyat ichki ishlar xodimining o‘z xizmat vakol…
14:00 / 18.05.2025

														
														“So‘nggi qo‘ng‘iroq” 24-may kuni o‘tkaziladi

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” 24-may kuni o‘tkaziladi

Ijtimoiy tarmoqlarda bu yil so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlari o‘tkazilishi taqiqlangani, cheklovlar o‘rnatilgani haqida turli no…
13:35 / 18.05.2025

														
														OTM talabalari uchun yagona forma joriy qilinishi haqidagi xabar rad etildi

OTM talabalari uchun yagona forma joriy qilinishi haqidagi xabar rad etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda go‘yoki barcha universitet va institut talabalari uchun yagona talaba formasi joriy etilishi mumkinligi…
09:53 / 18.05.2025

														
														Rossiyada qiyin ahvolda qolgan ona va voyaga yetmagan farzandi vatanga qaytarildi

Rossiyada qiyin ahvolda qolgan ona va voyaga yetmagan farzandi vatanga qaytarildi

Bu haqda bolalar ombudsmani xabar berdi.
08:37 / 18.05.2025

														
														18-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

18-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 18-20 daraja, kunduzi 28-30 daraja bo‘ladi.
03:26 / 18.05.2025

														
														O‘zbekistonlik bokschilar umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdi

O‘zbekistonlik bokschilar umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdi

Ikkinchi o‘rin 5 ta oltin, 3 ta kumush, 10 ta bronza bilan mezbonlarga nasib etdi. Italiya 3 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta b…
20:18 / 17.05.2025

														
														“O‘zgidromet” yangi hafta boshida qanday ob-havo kuzatilishini ma’lum qildi

“O‘zgidromet” yangi hafta boshida qanday ob-havo kuzatilishini ma’lum qildi

“O‘zgidromet” hafta boshida, 19—21-may kunlari qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi.
18:20 / 17.05.2025

														
														Jizzaxda bozor yaqinidagi choyxona yonib ketdi

Jizzaxda bozor yaqinidagi choyxona yonib ketdi

Jizzax viloyati, Jizzax shahar, “Xalqabod” MFYda joylashgan bozor yaqinidagi choyxonada yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risid…
14:23 / 17.05.2025

														
														Mirziyoyev To‘qayevni tavallud kuni bilan qutladi

Mirziyoyev To‘qayevni tavallud kuni bilan qutladi

O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada …
12:47 / 17.05.2025

														
														Parrandachilik bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar 2030-yil 1-yanvargacha yer solig‘idan ozod etiladi

Parrandachilik bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar 2030-yil 1-yanvargacha yer solig‘idan ozod etiladi

Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
11:51 / 17.05.2025

Bu ham qiziq

UFC. Nursulton Ro‘ziboyev 4-g‘alabasini rasmiylashtirdi

UFC. Nursulton Ro‘ziboyev 4-g‘alabasini rasmiylashtirdi

Amerikaning Nevada shtati Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tgan navbatdagi UFC Fight Night turniri doirasida o‘zbekistonlik arala…
10:12 / 18.05.2025
Husanov jamoasi mavsumni titul bilan yakunlay oladimi?

Husanov jamoasi mavsumni titul bilan yakunlay oladimi?

Bugun “Man Siti” Angliya kubogi finalida o‘ynaydi.
10:49 / 17.05.2025
Parrandachilik bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar 2030-yil 1-yanvargacha yer solig‘idan ozod etiladi

Parrandachilik bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar 2030-yil 1-yanvargacha yer solig‘idan ozod etiladi

Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
11:51 / 17.05.2025
AQShda tornado oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi

AQShda tornado oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi

Sent-Luis shahri rasmiylari bu tornadoni “tarixdagi eng dahshatli bo‘ronlardan biri” deb atadi. Noqulay ob-havo oqibatida ta…
08:28 / 18.05.2025
17-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

17-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 22-24 daraja, kunduzi 36-38 daraja bo‘ladi.
04:30 / 17.05.2025
Jizzaxda bozor yaqinidagi choyxona yonib ketdi

Jizzaxda bozor yaqinidagi choyxona yonib ketdi

Jizzax viloyati, Jizzax shahar, “Xalqabod” MFYda joylashgan bozor yaqinidagi choyxonada yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risid…
14:23 / 17.05.2025
O‘zbekiston va Turkiya o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 10 milliard dollarga yetkazish niyatida

O‘zbekiston va Turkiya o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 10 milliard dollarga yetkazish niyatida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-may kuni Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti Jevdet Yilmaz boshc…
19:36 / 16.05.2025
YANGI QONUN LOYIHASI: noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqalishining oldini olish qanday amalga oshiriladi?

YANGI QONUN LOYIHASI: noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqalishining oldini olish qanday amalga oshiriladi?

Odamlarning kundalik hayotiga dezinformatsiya, feyk, troll va bot kabi tushunchalar chuqur kirib borar ekan, davlatlarning x…
11:03 / 16.05.2025
O‘zbekistonlik bokschilar umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdi

O‘zbekistonlik bokschilar umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdi

Ikkinchi o‘rin 5 ta oltin, 3 ta kumush, 10 ta bronza bilan mezbonlarga nasib etdi. Italiya 3 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta b…
20:18 / 17.05.2025
Mirziyoyev To‘qayevni tavallud kuni bilan qutladi

Mirziyoyev To‘qayevni tavallud kuni bilan qutladi

O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada …
12:47 / 17.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!