$
12831.13 UZS
-55.77
161.07 UZS
0.2
14542.80 UZS
-82.54
29° Kechasi 13°

Yangi avtomobillar uchun bojxona to‘lovlari bo‘yicha yangilangan tartib joriy qilindi

12:13 / 25.05.2025

Prezident qarori bilan O‘zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi kodlarining ro‘yxati tasdiqlanib, import bojxona boji stavkalariga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.

Hujjatda belgilanishicha, O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi jarayonini jadallashtirish, import bojxona stavkalarini qo‘llash samaradorligini oshirish va shaffofligini ta’minlash uchun amaldagi bojxona tariflarini O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasiga (TIF TN) muvofiqlashtirish maqsad qilingan.

Asosiy maqsadli ko‘rsatkichlar etib quyidagilar belgilandi:

– Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasining kodlarini Jahon bojxona tashkiloti va JST qoidalari asosida yuritish;

– Import bojxona bojlari va Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi kodlarini yagona hujjat asosida tizimlashtirish.

2027-yildan Tovarlarni tavsiflash va kodlashning uyg‘unlashtirilgan tizimiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi hisobiga TIF TN boj tarifi bilan birgalikda yuritiladi.

Bojxona qo‘mitasi matbuot kotibi Husan Tangriyevning ma’lum qilishicha, TIF TNning 6 ta xonalik kodlari Jahon bojxona tashkiloti tomonidan har besh yilda ishlab chiqiladi hamda barcha davlatlar uchun majburiy hisoblanadi. MDHning yagona TIF TN kodlari to‘g‘risidagi kelishuviga asosan 9 ta xonalik TIF TN kodlari asosida milliy bozorda tovarlarning xususiyatidan kelib chiqib O‘zbekistonda 10 xonalik TIF TN joriy etildi.

Uning qayd etishicha, bojlarning turlicha qo‘llanishini bartaraf etish maqsadida TIF TNning 87 (avtotransport vositalari va ularning ehtiyot qismlari) guruhidagi podsubpozitsiyalar raqamlari o‘zgartirilib, ishlab chiqarilganiga 3 yilgacha bo‘lgan yangi avtomobillar uchun ikki xil import boji o‘rnatildi. Amalda bu bitta kodda tasniflanar edi.

Yangi avtomobillarga (3 yilgacha bo‘lgan) 2 xil import boji o‘rnatilgan:

– ishlab chiqarilganiga 1 yilgacha bo‘lgan;

– ishlab chiqarilganiga 3 yilgacha bo‘lgan.

Vaholanki, ular bugungi kunda bitta kodda tasniflanadi — 8703 21 10.

Avtomobil ehtiyot qismlariga 2 xil import boji stavkasi o‘rnatilgan:

– yangisiga — 5 foiz;

– ilgari foydalanilganiga — 15 foiz.

Biroq ular ham bitta TIF TN kodda tasniflanadi. Ularning yangi yoki ishlatilgan ekanligini aniqlaydigan mezon esa aniq belgilanmagan. Shu sababli 3 oy muddatda avtotransport vositalarining ehtiyot va butlovchi qismlari yangi yoki avval foydalanishda bo‘lganligini aniqlovchi mezonlarni va tartibini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi.


O‘zbekiston


														
														29-may uchun ob-havo ma’lumoti

29-may uchun ob-havo ma’lumoti

Harorat kechasi 16-18 daraja, kunduzi 25-27 daraja bo‘ladi.
22:27 / 28.05.2025

														
														Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi

Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-may kuni Samarqandga tashrif buyurib, Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi. Qur’on oyatlar…
21:42 / 28.05.2025

														
														O‘zbekistonning davlat qarzi 42 milliard dollardan oshdi

O‘zbekistonning davlat qarzi 42 milliard dollardan oshdi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi O‘zbekistonning 2025-yil aprel oyi boshidagi davlat qarzini 42,4 milliard dollarga baholadi.…
18:41 / 28.05.2025

														
														O‘zbekistonda hududlar kesimida o‘rtacha yosh ko‘rsatkichi qanday?

O‘zbekistonda hududlar kesimida o‘rtacha yosh ko‘rsatkichi qanday?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida 2025-yil 1-yanvar holatiga aholining o‘rtacha y…
14:09 / 28.05.2025

														
														28-may uchun ob-havo ma’lumoti

28-may uchun ob-havo ma’lumoti

Harorat kechasi 16-18 daraja, kunduzi 26-28 daraja bo‘ladi.
22:09 / 27.05.2025

														
														Xalqaro qidiruvdagi 3 nafar ayol Ummondan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

Xalqaro qidiruvdagi 3 nafar ayol Ummondan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

Interpol liniyasi bo‘yicha xalqaro qidiruvga berilgan uchta ayol Ummondan O‘zbekistonga muvaffaqiyatli ekstraditsiya qilindi…
21:18 / 27.05.2025

														
														O‘zbekistonning 9 ta hududida sel xavfi e’lon qilindi

O‘zbekistonning 9 ta hududida sel xavfi e’lon qilindi

Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod s…
20:47 / 27.05.2025

														
														Shavkat Mirziyoyev UNICEF ijrochi direktori bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev UNICEF ijrochi direktori bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-may kuni mamlakatimizda tashrif bilan bo‘lib turgan BMT Bolalar ja…
19:31 / 27.05.2025

														
														O‘zbekiston professional boks federatsiyasiga yangi rais tayinlandi

O‘zbekiston professional boks federatsiyasiga yangi rais tayinlandi

Bilol Erkinov bir ovozdan O‘zbekiston professional boks federatsiyasining yangi raisi etib saylandi.
18:30 / 27.05.2025

														
														O‘zbekistonda 20 mingdan oshiq shaxslar qarzdorlik sabab suv ta’minotidan uzilgan

O‘zbekistonda 20 mingdan oshiq shaxslar qarzdorlik sabab suv ta’minotidan uzilgan

O‘zbekistonda 2025-yil boshidan beri qarzlar tufayli 20,2 ming jismoniy va yuridik iste’molchi suv ta’minoti tizimidan uzild…
15:51 / 27.05.2025

Bu ham qiziq

Namanganda 19 yashar yigit tiriklayin yonib ketdi

Namanganda 19 yashar yigit tiriklayin yonib ketdi

Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda Namanganda mashina va uning haydovchisi tiriklayin …
10:37 / 27.05.2025
O‘zbekistonning davlat qarzi 42 milliard dollardan oshdi

O‘zbekistonning davlat qarzi 42 milliard dollardan oshdi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi O‘zbekistonning 2025-yil aprel oyi boshidagi davlat qarzini 42,4 milliard dollarga baholadi.…
18:41 / 28.05.2025
28-may uchun ob-havo ma’lumoti

28-may uchun ob-havo ma’lumoti

Harorat kechasi 16-18 daraja, kunduzi 26-28 daraja bo‘ladi.
22:09 / 27.05.2025
Isroil Muhammad Sinvarni yo‘q qilganligini tan oldi

Isroil Muhammad Sinvarni yo‘q qilganligini tan oldi

Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu chorshanba kuni G‘azo sektoridagi XAMAS rahbari va harakatning eng ko‘p qidirilayotgan…
19:45 / 28.05.2025
Xorazm va Andijonda imtiyozli kredit olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

Xorazm va Andijonda imtiyozli kredit olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari …
08:58 / 27.05.2025
O‘zbekistonda 20 mingdan oshiq shaxslar qarzdorlik sabab suv ta’minotidan uzilgan

O‘zbekistonda 20 mingdan oshiq shaxslar qarzdorlik sabab suv ta’minotidan uzilgan

O‘zbekistonda 2025-yil boshidan beri qarzlar tufayli 20,2 ming jismoniy va yuridik iste’molchi suv ta’minoti tizimidan uzild…
15:51 / 27.05.2025
Zelenskiy Germaniyaga tashrif buyurdi

Zelenskiy Germaniyaga tashrif buyurdi

Bu haqda “Deutsche Welle” xabar bermoqda.
17:31 / 28.05.2025
Shavkat Mirziyoyev UNICEF ijrochi direktori bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev UNICEF ijrochi direktori bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-may kuni mamlakatimizda tashrif bilan bo‘lib turgan BMT Bolalar ja…
19:31 / 27.05.2025
Haj safariga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Haj safariga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Hozirda holat yuzasidan mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘z…
12:58 / 27.05.2025
O‘zbekistonda salqin havo hafta yakunigacha saqlanib qoladi

O‘zbekistonda salqin havo hafta yakunigacha saqlanib qoladi

“O‘zbekistonga salqin va nam havo massalari kirib kelishi davom etadi”, – deb xabar bermoqda “O‘zgidromet” 26–30-may kunlari…
15:27 / 26.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!