$
12496.94 UZS
-62.32
159.38 UZS
-0.79
14405.22 UZS
-7.79
38° Kechasi 24°

Tramp Eron yadroviy obyektlariga uyushtirilgan hujumlarni “mislsiz muvaffaqiyat” deb atadi

09:18 / 22.06.2025

AQSh prezidenti Donald Tramp Amerika harbiy-havo kuchlari Erondagi uchta eng yirik yadroviy obyektni bombardimon qilganidan keyin xalqqa murojaat qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Fordo, Natanz va Isfahon yadroviy obyektlari “to‘liq” yo‘q qilingan va bu “mislsiz harbiy muvaffaqiyat” natijasi bo‘lgan.

“Eron endi tinchlikni tanlashi kerak. Aks holda, keyingi hujumlar bundan ham kattaroq va ancha vayronkor. Yana ko‘plab nishonlar bor. Agar tinchlikka tez orada erishilmasa, biz ularni aniqlik, tezlik va mahorat bilan yo‘q qilamiz”, — deya ogohlantirgan Tramp.

AQSh prezidenti, shuningdek, bu holat davom etmasligini aytgan. “Yoki tinchlik bo‘ladi, yoki Eron uchun, so‘nggi sakkiz kun ichida ko‘rganimizdan ancha dahshatli fojia yuz beradi”, — deya ta’kidlagan u.

Qo‘shma Shtatlar prezidenti o‘z murojaatida Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuga minnatdorchilik bildirib, AQSh va Isroil “bir jamoa sifatida ishlaganini” aytgan.

“Men bosh vazir Binyamin Netanyaxuga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Biz bir jamoa sifatida, hamkorlikda ishladik. Bu Isroil uchun xavfni yo‘q qilish yo‘lida katta qadam bo‘ldi. Isroil armiyasiga qilgan ajoyib ishi uchun minnatdorchilik bildiraman”, — degan Tramp.

Prezidentga ko‘ra, bu hujumlarning asosiy maqsadi Eronning yadro boyitish imkoniyatini tugatish va “terrorizmning dunyodagi eng yirik homiysi” tomonidan kelayotgan yadro tahdidini to‘xtatish bo‘lgan.



														
														Damashqdagi cherkovda uyushtirilgan teraktda 20 kishi halok bo‘ldi

Damashqdagi cherkovda uyushtirilgan teraktda 20 kishi halok bo‘ldi

“Suriya poytaxti Damashqning sharqiy qismida joylashgan avliyo Pavel cherkovida portlash sodir bo‘ldi”, –  deb xabar bermoqd…
10:23 / 23.06.2025

														
														Yaman husiylari Qizil dengizdagi AQSh harbiy kemalariga zarba bermoqchi

Yaman husiylari Qizil dengizdagi AQSh harbiy kemalariga zarba bermoqchi

Bu haqda husiylar siyosiy byurosining a’zosi Muhammad al-Buheyti Al Jazeera telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
16:47 / 22.06.2025

														
														AQSh Eronning ehtimoliy javob hujumiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

AQSh Eronning ehtimoliy javob hujumiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

“Tramp ma’muriyati Erondan ehtimoliy qasos hujumiga tayyorgarlik ko‘rmoqda, aynan keyingi 48 soat jiddiy xavotir uyg‘otmoqda…
15:34 / 22.06.2025

														
														Netanyaxu Trampga minnatdorchilik bildirdi

Netanyaxu Trampga minnatdorchilik bildirdi

Isroil Bosh vaziri xalqqa murojaatida Qo‘shma Shtatlar rahbari Donald Trampga Erondagi yadroviy obyektlarga berilgan zarbala…
10:07 / 22.06.2025

														
														Tramp Eron yadroviy obyektlariga uyushtirilgan hujumlarni “mislsiz muvaffaqiyat” deb atadi

Tramp Eron yadroviy obyektlariga uyushtirilgan hujumlarni “mislsiz muvaffaqiyat” deb atadi

AQSh prezidenti Donald Tramp Amerika harbiy-havo kuchlari Erondagi uchta eng yirik yadroviy obyektni bombardimon qilganidan …
09:18 / 22.06.2025

														
														Peskov AQShning Eronga yadroviy zarbasi falokatli oqibatlarga olib kelishini aytdi

Peskov AQShning Eronga yadroviy zarbasi falokatli oqibatlarga olib kelishini aytdi

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov AQSh Eronga nisbatan taktik yadroviy qurol qo‘llash ehtimoli haqidagi xabar…
10:47 / 21.06.2025

														
														AQShda OITSdan 100 foiz himoyalaydigan birinchi vaksina ishlab chiqildi

AQShda OITSdan 100 foiz himoyalaydigan birinchi vaksina ishlab chiqildi

Yeztugo preparatini yiliga faqat ikki marta qabul qilish kerak. U allaqachon 7,000 kishi ishtirok etgan klinik sinovlardan o…
14:35 / 20.06.2025

														
														Yashash uchun eng qulay shaharlar reytingi e’lon qilindi

Yashash uchun eng qulay shaharlar reytingi e’lon qilindi

Toshkent reytingning quyi pog‘onalarida qayd etilgan.
17:55 / 19.06.2025

														
														Eron yadro dasturi bo‘yicha Germaniya, Buyuk Britaniya va Fransiya bilan muzokara o‘tkazadi

Eron yadro dasturi bo‘yicha Germaniya, Buyuk Britaniya va Fransiya bilan muzokara o‘tkazadi

Reuters’ning xabar berishicha, Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirlari Jenevada ertaga, 20-iyun kuni …
15:07 / 19.06.2025

														
														Oyatulloh Ali Xominaiy: “Eron xalqi hech qachon taslim bo‘lmaydi”

Oyatulloh Ali Xominaiy: “Eron xalqi hech qachon taslim bo‘lmaydi”

Xominaiy, shuningdek, AQSh tomonidan bo‘ladigan har qanday harbiy aralashuvga munosib javob berilishini va’da qildi.
16:51 / 18.06.2025

Bu ham qiziq

Yashash uchun eng qulay shaharlar reytingi e’lon qilindi

Yashash uchun eng qulay shaharlar reytingi e’lon qilindi

Toshkent reytingning quyi pog‘onalarida qayd etilgan.
17:55 / 19.06.2025
AQShda OITSdan 100 foiz himoyalaydigan birinchi vaksina ishlab chiqildi

AQShda OITSdan 100 foiz himoyalaydigan birinchi vaksina ishlab chiqildi

Yeztugo preparatini yiliga faqat ikki marta qabul qilish kerak. U allaqachon 7,000 kishi ishtirok etgan klinik sinovlardan o…
14:35 / 20.06.2025
O‘monda turmush o‘rtog‘i tomonidan tutqunlikda saqlangan o‘zbekistonlik ayol va farzandlari vatanga qaytarildi

O‘monda turmush o‘rtog‘i tomonidan tutqunlikda saqlangan o‘zbekistonlik ayol va farzandlari vatanga qaytarildi

“O‘zbekiston diplomatlari sa’y-harakati bilan O‘monda og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan ayolning O‘zbekistonga qaytishi …
10:07 / 21.06.2025
50 yoshli Oksana Chusovitina Jahon chellenj kubogida kumush medalga ega chiqdi

50 yoshli Oksana Chusovitina Jahon chellenj kubogida kumush medalga ega chiqdi

Toshkentda sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon chellenj kubogi o‘tkazilmoqda.
13:07 / 21.06.2025
22-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

22-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

2-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol e…
15:26 / 21.06.2025
UFC. Jon Jons faoliyatini yakunladi

UFC. Jon Jons faoliyatini yakunladi

Endilikda Tom Aspinall to‘laqonli chempionga aylandi.
11:45 / 22.06.2025
Toshkent viloyatida kadastr xodimi pora bilan qo‘lga olindi

Toshkent viloyatida kadastr xodimi pora bilan qo‘lga olindi

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘a…
11:54 / 23.06.2025
Damashqdagi cherkovda uyushtirilgan teraktda 20 kishi halok bo‘ldi

Damashqdagi cherkovda uyushtirilgan teraktda 20 kishi halok bo‘ldi

“Suriya poytaxti Damashqning sharqiy qismida joylashgan avliyo Pavel cherkovida portlash sodir bo‘ldi”, –  deb xabar bermoqd…
10:23 / 23.06.2025
23-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

23-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

23-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol …
13:16 / 22.06.2025
Mirziyoyev “Toshkent-Sharqiy” aeroporti qurilishini ko‘zdan kechirdi

Mirziyoyev “Toshkent-Sharqiy” aeroporti qurilishini ko‘zdan kechirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 18-iyun kuni “Toshkent-Sharqiy” aeroporti qurilishini ko‘zdan kechirdi.
17:04 / 18.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!