Xabar berilishicha, AQSh Senati “One Big Beautiful Bill” nomli soliqlar va byudjet xarajatlariga oid keng qamrovli qonun loyihasini minimal ovoz ustunligi bilan ma’qulladi.
50 nafar senator uni ma’qullab, 50 nafari esa qarshi ovoz bergan. Qonun tarafdorlari va qarshilari soni tenglashgach, hal qiluvchi ovozni Senat raisi vazifasini bajaruvchi vitse-prezident Jey Di Vens berdi, shu tariqa hujjat qabul qilindi.
Endi qonun loyihasiga ovoz berish navbati Vakillar Palatasiga yetib keldi. Qonunning asosiy g‘oyasi — yuqori daromadli shaxslar va kompaniyalar uchun soliq imtiyozlarini joriy etish hisoblanadi. Byudjet bunga yo‘l qo‘yishi uchun ijtimoiy xarajatlarni keskin qisqartirish rejalashtirilgan. Bu esa demokratlar tomonidan keskin norozilikka sabab bo‘lmoqda.
Biroq bir qator respublikachilar ham qonunni tanqid qilmoqda — ular xarajatlar qisqartilishi yetarli emas deb hisoblashmoqda. AQSh Kongressi byudjet mutaxassislarining ogohlantirishicha, “Yagona, katta va go‘zal” qonun loyihasi 10-yil ichida AQSh byudjet taqchilligini 3 trillion dollardan ko‘proqqa oshirishi mumkin.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!