Musobaqa joriy yilning 12-20 iyul kunlari davomida Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni Urumchi shahrida bo‘lib o‘tadi.
Unga tashrif buyurgan 25 ta davlat vakillaridan iborat 45 ta (shundan XXRning harbiy va politsiya bo‘linmalaridan 6 ta) jamoalar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi jamoasi munosib ishtirok etmoqda.
Xalqaro harbiy hamkorlik aloqalarini mustahkamlash borasidagi istiqbolli rejalar asosida Xitoy tomonidan har ikki yilda tashkil etib kelinayotgan mazkur musobaqada O‘zbekiston Milliy gvardiyasi merganlari bu yil ikkinchi marotaba ishtirok etishmoqda, xususan gvardiyachilarimiz 2023 yilda bo‘lib o‘tgan aynan ushbu nufuzli musobaqada ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritishgan edi.
“Ayni kunlarda jangovar ruhda va murosasiz bellashuvlarga boy o‘tayotgan mazkur xalqaro musobaqada safdoshlarimizga ulkan zafarlar yor bo‘lishini tilab qolamiz” – deyiladi Milliy gvardiya matbuot xizmati bergan xabarida.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!