Xalq banki matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan Namangan viloyati Xalq banki Yangiqo‘rg‘on tumani bank xizmatlari markazida aniqlangan huquqbuzarliklar haqida ma’lumot berdi.
Bank tomonidan korrupsiyaviy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik va unga qarshi kurashish bo‘yicha qator amaliy ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Har qanday aniqlangan korrupsion holatlar yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda.
Joriy yilning aprel oyida Namangan viloyati Mintaqaviy markazi yollanma xodimi tomonidan bankning dasturiy ta’minotiga noqonuniy kirgan holda, bankning 9,5 mlrd so‘m miqdoridagi mablag‘lari o‘zlashtirilganligi holati bankning korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari tomonidan aniqlanib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilingan.
Hozirda ushbu ishga aloqador bo‘lgan shaxslarga Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!