$
12357.09 UZS
-56.7
153.49 UZS
-1.37
14330.52 UZS
-137.75
36° Kechasi 22°

Toshkentda 50 sotix yerni 4 mln AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi

15:48 / 22.08.2025

Davlat xavfsizlik xizmatining ma’lum qilishicha, Toshkent shahrida qurilish obyektlarini loyihalash bilan shug‘ullanuvchi MCHJning ofis menejeri hamda maklerlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 1990-yilda tug‘ilgan fuqaro o‘zaro til biriktirib, aldov yo‘li bilan tadbirkorning ishonchiga kirishgan.

Xususan, ular o‘zlariga tegishli bo‘lmagan M.Ulug‘bek tumanidagi 50 sotix yer maydonini tadbirkorga 4 mln AQSh dollariga sotishga kelishib, oldindan avans sifatida 100 ming AQSh dollari, shuningdek, yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali ushbu obyektni noturar toifadan turar toifaga o‘tkazib berish hamda u yerda kottej tipidagi uy qurishi uchun ruxsatnoma olish, arxitektura va loyiha hujjatlarini rasmiylashtirish va boshqa tegishli ishlarni bajarib berish evaziga 200 ming AQSh  dollari  so‘rab, oldindan 100 ming AQSh dollari talab qilishgan.

Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ikki “uddaburon” 200 ming AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan ularga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28, 211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Tergov harakatlari doirasida ularning jinoiy sheriklarining shaxsiga aniqlik kiritish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani bildirilgan.


O‘zbekiston


														
														Barcha tadbirkorlarga mehmonxona qurish uchun 7 yil muddatgacha kreditlar ajratiladi

Barcha tadbirkorlarga mehmonxona qurish uchun 7 yil muddatgacha kreditlar ajratiladi

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan V ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora…
09:53 / 25.08.2025

														
														Mirziyoyev Zelenskiyga Ukraina mustaqillik kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi

Mirziyoyev Zelenskiyga Ukraina mustaqillik kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi

Bu haqda Volodimir Zelenskiy o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e’lon qildi.
09:33 / 25.08.2025

														
														25-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

25-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 20-22 daraja iliq, kunduzi 36-38 daraja issiq bo‘ladi
22:47 / 24.08.2025

														
														Turkiyada aldangan o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytarildi

Turkiyada aldangan o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytarildi

Bu haqda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
16:45 / 24.08.2025

														
														Andijondagi sport zalda yong‘in sodir bo‘ldi

Andijondagi sport zalda yong‘in sodir bo‘ldi

Viloyat FVB xabariga ko‘ra, hodisa oqibatida hech kim jarohatlanmagan.
16:03 / 24.08.2025

														
														Hafta boshida havo harorati ko‘tariladi

Hafta boshida havo harorati ko‘tariladi

“O‘zgidromet” 25-avgust kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
13:11 / 24.08.2025

														
														O‘zbekistonga 7 oyda 6,3 mln nafar turist tashrif buyurdi

O‘zbekistonga 7 oyda 6,3 mln nafar turist tashrif buyurdi

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 2,1 mln nafarga yoki 48,9 foizga oshgan.
12:15 / 24.08.2025

														
														Toshkentda ko‘chalardan biri vaqtincha yopiladi

Toshkentda ko‘chalardan biri vaqtincha yopiladi

Cheklov 2025-yil 24-avgustdan 31-avgustgacha amal qiladi.
09:28 / 24.08.2025

														
														24-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

24-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 20-22 daraja iliq, kunduzi 35-37 daraja issiq bo‘ladi
22:54 / 23.08.2025

Bu ham qiziq

Chilonzordagi kushxonadan qochib ketgan buqa otib o‘ldirildi

Chilonzordagi kushxonadan qochib ketgan buqa otib o‘ldirildi

Quturgan holatdagi hayvon bir nafar fuqaro va profilaktika inspektoriga jarohat yetkazgan
19:28 / 23.08.2025
Iordaniya Podshohi davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi

Iordaniya Podshohi davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi

Asosiy tadbirlar Samarqand shahrida o‘tkaziladi
18:28 / 24.08.2025
Belgiyaning nufuzli nashrlari “Avaza”da o‘tgan uch tomonlama konferensiya va undagi O‘zbekistonning roli haqida maqolalar chop etdi

Belgiyaning nufuzli nashrlari “Avaza”da o‘tgan uch tomonlama konferensiya va undagi O‘zbekistonning roli haqida maqolalar chop etdi

Nufuzli nashr muharririning so‘zlariga ko‘ra, uchta turkiy davlatning do‘stligi endi faqat mushtarak tarix va madaniy an’ana…
21:53 / 24.08.2025
O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi savdo aloqalari yildan-yilga ortib bormoqda

O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi savdo aloqalari yildan-yilga ortib bormoqda

Birgina joriy yilning o‘tgan 6 oyi mobaynida savdo aylanmasi 30 foizga oshdi
19:35 / 24.08.2025
Rossiya va Ukraina o‘zaro asirlar almashdi

Rossiya va Ukraina o‘zaro asirlar almashdi

Rossiya va Ukraina o‘rtasida 24-avgust kuni har bir tarafdan 146 nafar mahbus almashildi. Bu haqda The Moscow Times xabar be…
10:55 / 25.08.2025
24-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

24-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 20-22 daraja iliq, kunduzi 35-37 daraja issiq bo‘ladi
22:54 / 23.08.2025
2025-yil O‘zbekistonda sport inshootlarini qurish jadal suratlarda o‘smoqda

2025-yil O‘zbekistonda sport inshootlarini qurish jadal suratlarda o‘smoqda

Bu borada Olimpiya shaharchasida qurilgan obyektlar katta hissa qo‘shgan
18:55 / 24.08.2025
Gavayidagi Kilauea vulqoni yana harakatga keldi

Gavayidagi Kilauea vulqoni yana harakatga keldi

“AQShning Gavayi shtatidagi Kilauea vulqoni yana otilib chiqa boshladi”, – deb xabar beradi AQSh geologik xizmati (USGS).
17:40 / 24.08.2025
Donald Tramp Ukrainani mustaqillik kuni bilan tabrikladi

Donald Tramp Ukrainani mustaqillik kuni bilan tabrikladi

Zelenskiy ham o‘z navbatida Trampga Ukrainaga berayotgan yordami uchun tashakkur aytdi
22:10 / 24.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!