24-avgust kuni soat 12:05 da Andijon tumani “Sanoat” MFY U.Yusupov ko‘chasida joylashgan trenajyor zalida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida 112 tizimi orqali Andijon viloyati FVBga xabar kelib tushgan. Xabarga asosan, soat 12:08 da Yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga yetib borgan va yong‘in soat 12:26 da batamom o‘chirilgan.
Yong‘in natijasida binoning tom qismi yonib zararlangan.
Viloyat FVB xabariga ko‘ra, hodisa oqibatida hech kim jarohatlanmagan.
Hozirda yong‘in sodir bo‘lish omillari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!